Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


KANANI QUVISH VA PORALANGAN YURAK



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə8/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

YETTINCHI BOB
KANANI QUVISH VA PORALANGAN YURAK

Tom diqqatini kitobga qaratmoqchi bo'lib qancha harakat qilsa hamki, xayob bir yerda turmay, tarqalib ketar edi. Nihoyat, u zerikkanidan og'ir bir esnab, kitobni yig'ishtirib qo'ydi. Uning nazarida katta tanaffus hech bo'lmaydigandek ko'rinar edi. Tevarak-atrof jimjit... Na tiq etgan bir ovoz, na nafas olgan tovush eshitilardi. Kishida yalqovlik tug'dirib, uyquni keltiradigan kunlaming ichida eng uyqu keltiradigan kun mana shu kun edi. Yigirma beshta maktab bolasining asalariga o'xshab g'o'ng'irlashib, darslarini takrorlashayotgan vaqtdagi tovushlari uning joniga orom bergandek va go'yo uni allalagandek bo'lardi.


Uzoqda, quyoshning yorqin shu'lasida, olisdan xuddi qip-qizil bo'lib ko'ringan va ko'z ilg'amas sarob bilan qurshalgan Kardif tog'larining nozik, yashil etaklari ko'zga chalinar edi; osmonda, juda balandlikda, bir necha qush yalqovlanib uchib yurishardi. Bir-ikkita uxlab yotgan sigirlarni hisobga olmaganda, o'sha qushlardan boshqa jon egasi ko'rinmas edi.
Tomning jon-dili bilan istagan hozirgi orzusi -ozodlikka chiqib olish, yoki hech bo'lmasa, bunday qayg'uli ravishda cho'zilgan vaqtni o'tkazish uchun birorta qiziqroq mashg'ulot topib olish edi. Qo'lini cho'ntagiga solishi bilanoq, uning chehrasida shodlik alomatlari paydo bo'ldi. U sekin-asta cho'ntagidan yashirin ravishda qutichani chiqarib, uning ichidagi kanani oldi-da, partaning uzun, tekis taxtasi ustiga qo'ydi. Kana, aftidaii, shu dainda juda shod va mammm bo'lgan bo'lsa ham, lekin uning bu shodligi vaqtinchalik bir narsa edi, chunki u turgan yeridan qo'zg'alib ketishi bilanoq Tom uni qo'lidagi to'g'nog'ich bilan orqaga burib, boshqa yoqqa qarab yurishga majbur qildi.
Tomning yonida lining eski qadrdon do'sti o'tirar va u hani Toindan kamroq zerikmagan edi. Tomning oldida yurgan bu kanani ko'riahi bilan u ham juda shodlanib ketdi. Bu qadrdon do'stining oti Jo Garper edi. Bu ikki bola u haftadan bu haftagacha bir-birovidan hech bir ajralmas, bayram kunlari bo'lganida esa bir-biriga qarshi ikki qo'shinning boshida turib uruah ochar edi.
Jo ham nimchasining yoqasi ostidan bir to'g'nog'ichni olib, kanani u yoqdan-bu yoqqa haydash uchun o'z o'rtog'iga yordam bera boshladi. Bora-bora ikkovlari ham bu ishga juda qiziqib ketdilar.
Nihoyat, Tom: « r ikkalamiz ham bir-birimizga xalaqit berayotirmiz va bu mashg'ulotimizdan ikkovhniz ham mamnun bo'lohnas ekanmiz», - dedi. U partaning ustiga Jo Garperning qora toshtaxtasini qo'yib, uning o'rtasidan yuqoridan-pastgacha chizib tushdi.

  • Mana, - dedi u, - shunday shart qilamiz: kana aening tomoningda yurgan vaqtda, sen uni istagan yeringga quvlab yubora olasan, men tegmayman, basharti mening tomonimga o'tib qolsa, yana qaytib sening tomoningga o'tguncha unga tegmaysan. Xo'pmi?

  • Xo'p bo'ladi. Qani, boshla bo'hnasa!

Kana tezlikda Tomning oldidan qochib ketdi va ekvatorni kesib o'tdi. Jo uning ketidan ko'p ovora bo'lib yurdi, keyin kana yana Tomning oldiga qaytib ketdi va bu borish-kelishlar juda ko'p takrorlandi. Bolalardan biri kanani u yoqdan-bu yoqqa quvlab yurar ekan, ikkinchisi ham juda qiziqib uni kuzatib turar edi. Ikkovlari ham taxta ustiga engashib olganlari holda butun vujudlari bilan shunga berilganliklaridan,
ularning ko'zlariga boshqa hech narsa ko'rinmas edi. Keyinroq borib, aftidan, butun omad uzil-kesil Jo qo'liga o'tdi. Bolalardan ham ko'proq hayajon va tashvishga tushgan kana goho u yoqqa, goho bu yoqqa o'rmalar, lekin har safar Tomning yutib chiqishi kutilib, uning qo'li qichib turgan paytda Jo darhol kanani to'g'nog'ich bilan turtardi-da, o'z tomoniga burib yuborar edi. Nihoyat, Tom bunday ahvolga chidayolmadi, qo'lini cho'zib to'g'nog'ichi bilan kananing yo'lini to'sdi. Buni ko'rgan Joning jahli chiqib:

  • Tom, tegma unga! - deb baqirdi.

  • Jo, men uni birozgina quvlamoqchiman!

  • Bu noinsoflik bo'ladi, ser, tinch qo'ying endi uni!

  • Ko'p g'ingshiyverma, birozgina o'ynayman-da!

  • Senga aytaman, kanani tinch qo'y, deyman!

  • Tinch qo'ymayman!

  • Sen unga tegolmaysan, u mening tomonimda.

  • Xo'sh, Jo Garper, kananing o'zi kimniki?

  • Kimniki bo'lsa bo'laversin... Hozir u mening tomonimda dernak sen unga tega olmaysan!

  • Nega tegolmayman! Kana meniki, shuning uchun nimani xohlasam, shuni qilaman!

Shu vaqt Tomning yelkasiga yo'g'on bir musht tegdi. Undan keyin Jo ham xuddi shunday bir musht yedi. Shu ravishda muallim ikki minut davomida har ikkovining nimchalaridagi changlarni astoydil qoqib qo'ydi va maktab binosi bolalarning qiy-chuvlari bilan to'ldi. Bolalar o'yinga qattiq berilib ketganliklaridan maktabda birdan jimjitlik hukm surganini ham sezmay qolgan edilar, chunki muallim oyoq uchi bilan yurib ularning oldiga borgan va tepalariga kehb turgan edi. Muallim ularning o'yinlarini anchagacha kuzatgandan keyingina savalashga kirishdi.
Nihoyat, soat o'n ikkini urib, katta tanaffus bo'lganida Tom Bekki Techer yoniga chopqillab bordi-da, uning qulog'iga shivirlab:
- Qalpog'ingni kiyib, uyga ketayotgan kishi bo'l, burchakka yetgandan keyin boshqalarga yo'l ber-da, o'zing tor ko'chaga burilib bu yoqqa qaytib kel. Men ham boshqa ko'cha bilan borib, tezdan shu yerga qaytib kelaman, - dedi.
Shunday qilib, Tom bir to'da maktab bolalari bilan, Bekki ikkinchi bir to'da bolalar bilan maktabdan chiqdilar. Birpasdan keyin ular bir ko'kalamzor oldida uchrashib, ikkovlari birga maktabga qaytib kelganlarida, maktabda hech kim yo'q edi. Ular qora taxtani oldilariga qo'yib, yonma-yon o'tirdilar. Tom Bekkining qo'liga bir tosh qalam tutqizdi-da, uning qo'lini o'z qo'li bilan yurgizib, yana bitta g'alati uy surati ishladi. Salda zerikib ular o'zaro so'zlasha boshladilar. Tom o'zini cheksiz baxtiyor his qildi.
- Sen kalamushlarni yoqtirasanmi? - deb so'radi u.
- Pufey-y... men ularni juda yomon ko'raman!
Ularning tiriklarini men ham yomon ko'raman. Men olgan kalamushlar to'g'risida so'zlayapman. Bo'yinlaridan ip bog'lab olib, ularni boshingdan oshirib aylantirib yursang bo'ladi.
-Yo'q, men kalamushlarni umuman yomon ko'raman. Mening yaxshi ko'rgan bir narsam bor, u ham bo'lsa, rezinka chaynab yurish.
- Ha, chindan-a! Afsuski, menda hozir rezinka yo'q.
- Chindanmi? Menda ozroq bor. Senga beray, biroz chaynab, keyin nienga qaytib ber.
Bu ish ular uchun juda ko'ngilli edi, ular ortiq darajada mamnuniyat bilan oyoqlarini o'ynatib, navbat bilan uni chaynashib o'tirdilar.

  • Sen ot o'yiniga borganmisan?

  • Ha, borgan edim, agar men aqlli qiz bo'lib yursam, otam yana olib bormoqchi bo'ldi.

  • Men ot o'yinida uch-to'rt marta bo'ldim, ko'p bo'ldim! U yer cherkovdan ko'ra ko'ngilliroq: unda hammavaqt yangi narsalarni ko'rsatib turadilar. Men katta bo'lganimda, ot o'yiniga kirib masxaraboz bo'laman.

  • Chindanmi? Juda yaxshi bo'ladi-da! Ular hammasi juda yaxshi, rango-rang...

  • Ha, ular o'yinga juda ham usta, shuning uchun pulni ham juda ko'p topadilar... Benning aytishicha, har kuni bir dollardan pul topar emishlar. Menga qara, Bekki, seni unashganlarmi?

  • Bu nima deganing?

  • Shuni ham bilmaysanmi, erga tegish uchun biror kishiga unashib qo'yganlarmi demoqchiman.

-Yo'q.

  • Sen shuni xohlar edingmi?

  • Bilmadim, qanday bo'ladi bu o'zi?

  • Qanday bo'lar edi! Sen bir bolani yaxshi ko'rasan-da, men hech vaqt shu boladan boshqa kishiga tegmayman, deysan. Keyin uni o'pasan. Vassalom. Buni har kim ham qila oladi-ku.

  • O'pasan deysanmi? O'pishning nima keragi bor?

  • Nima keragi bor, chunki... chunki u yaxshi bo'ladi... Hamma ham shunday qiladi.

  • Hamma-a?

  • Ha, bir-birlarini sevgan kishilarning hammasi ham shunday qiladilar. Mening taxtaga yozib senga ko'rsatgan so'zlarim esingdami?

  • Ha, esimda...

  • Xo'sh, o'sha nima edi?

  • Aytmayman.

  • Balki, men aytsam bo'lar?

  • Ha, sen aytsang bo'ladi... faqat hozir emas, boshqa vaqtda.

  • Yo'q, hozir aytaman.

  • Yo'q, hozir emas, yaxshisi ertaga.

  • Yo'q, yo'q, Bekki, hozir. Sekingina qulog'ingga aytaman.

Tom Bekki ning ikkilanib turganligini ko'rib, uiiing indamay turishini rozilik alomatiga yo'ydi, belidan quchoqladi va og'zini uning qulog'iga qo'yib, o'sha so'zlarni takrorladi. Keyiii qizga qarab:
- Endi sen ham menga shunday deb ayt, - dedi.
Qiz ancha vaqtgacha yo'q,. yo'q, deb turdi-da, keyiii Tomga qarab:

  • Bo'hnasa sen teskari qarab tur, faqat sen buni hech kimga og'zingdan chiqarmaysan-a, durustmi, Tom? Hech kim bilmasin. Hecli kimga aytmaysanmi?

  • Yo'q, yo'q, bech kimga aytmayman, xotirjam bo'l. Qani, Bekki, aytasanmi endi?

Tom teskari qarab turdi, Bekki esa uyalib:
- Men... sizni... sevaman! - dedi.Shundan keyin o'rnidan irg'ib turdi-da, Tomdan qochib, stol va kursilar atrofida yugura boshladi. Tom esa uning orqasidan quvlab yurdi. Oxiri, qiz burchakka borib qisilib, yuzini oq fartug'i bilan bekitib oldi. Tom qizning yelkasidan ushlab, unga gap uqdira boshladi.
- Qani, Bekki, endi hamma ish tamom bo'ldi, faqat o'pishishgina qoldi. Buning hech xavfli yeri yo'q, anchayin bir narsa. Qani, Bekki, bir o'pay!
U qizihng ko'ylagidan va qo'hdan ushlab, o'ziga torta boshladi.
Qiz sekin-asta bo'shashib, qo'llarini pastga tushirdi. Tom borib uning xuddi lablaridan o'pib oldi-da:
- Ana, Bekki, hamma ish tamom. Endi sen mendan boshqa hech kimni yaxshi ko'rmasliging va mendan boshqa hech kimga hech vaqt erga tegmasliging kerak. Hech vaqt, durustmi, shunday, deb va'da berasanmi?
- Ha, Tom, men endi sendan boshqa hech kimni yaxshi ko'rmayman va sendan boshqa hech kimga erga tegmayman. Sen ham shunday qil, mendan boshqaga
uylanma!

  • Albatta shunday, so'z shu! Maktabga borishda va maktabdan qaytishda ham hamuiavaqt mening yonimda yur, agar yonverimizda kattalardan hech kina bo'lmasa - o'yinda ham meni tanlab ol, men ham seni tanlab olaman. Bir-birlariga so'z berishib, va'dalashgan kuyov bilan kelin hammavaqt shunday qiladilar.

  • Juda soz! Men buni hech eshitgan emas edim.

  • Bu juda ham yaxshi ish-da! Biz Emmi Lorens bilan ham...

Bekki Techerning yarqirab, katta ochilib qaragan ko'zlari Tomga o'z so'zidan yanglishganini bildirib turar edi.
- Ey, Tom! Unday bo'lsa, sening birinchi so'z berishgan qizing faqat mengina emas ekan-da? – dedi qiz va shu onda yig'lab yubordi.

  • Yig'lama, Bekki, men endi uni yaxshi ko'i'mayman.

  • Yo'q, sen o'shani yaxshi ko'rasan. Tom, sen uni juda yaxshi ko'rasan, buni o'zing ham yaxshi bilasan-ku.

Tom uni quchoqlab olmoqchi bo'lgan edi, lekin qiz uni itarib tashladi-da, yuzini devorga o'girib yig'lab yubordi. Tom unga yaxshi so'zlar aytib yupata boshladi va uni quchoqlash uchun yana bir harakat qilgan edi, qiz uni yana itarib tashladi. Shundan keyin Tom ham undan xafa bo'lib, uni yolg'iz qoldirib o'zi chiqib ketdi. U ko'chaga chiqdi-da, tashvishlanib, gavdasining og'irligini u oyog'idan bu oyog'iga tashlab, biroz turdi, u Bekki qilgan ishiga pushaymon bo'lar, deb dam-badam eshikka qarab qo'yar edi. Biroq Bekki kelmadi, Tom juda toqatsizlana boshladi. Haqiqatda butun ayb yolg'iz o'zida emasdi, dafatan yarashish uchun bo'yin egib o'zini-o'zi majbur etish uning uchun juda og'ir edi, shunday bo'lsa ham u biroz hovridan tushib, qaytib kirdi.
Bekki, burchakda yuzini devorga o'girib, hanuz yig'lab turar edi. Tomning yuragi achishib ketdi. U qizning oldiga yaqin borib, gapni iiimadau bosbiashni bibiiay, biroz hayron bo'lib turdi.
- Bekki, - dedi u sekingina, - men sendan boshqa hech kimni ham tanimayman.
Hech javob bo'lmadi. Faqat piqillab yig'Iash eshi-tilardi.
- Bekki... (uzr so'rash ohangida) Bekki! Biror so'z desang-chi?!
Yana qaytadan piqillab yig'ilash eshitildi. Keyin Tom o'zining eng qimmatli narsasi - qozon qopg'og'ining mis soqqasini olib qizga ko'rsatar ekaii:
- Bekki, jonim, yig'lama... Agar istasang, men senga mana shu naraani berayin! - dedi.
Qiz unga qarab qo'lini bir siltab yuborgan edi, bola-ning qo'lidagi soqqasi yerga tushib dumalab ketdi.
Shundan keyhi Tom tashqariga chiqdi-da, shu kuni maktabga qaytib kelmaslik uchun boshi oqqan tomonga qarab ketmoqchi bo'ldi. Bekki birdan qandaydir yomon bir narsadan shubhalangandek bo'lib qoldi. U eshikka tomon yugurib bordi, lekin Tom ko'rinmadi. U Tomni o'yin maydonchasi tevaragidan topib olarman, degan umidda hovlining atrofini ham aylanib chiqdi, biroq Tom u yerda ham yo'q edi. Shundan so'ng qiz uni yo'qlab chaqira boshladi: - Tom, Tom, qayt!
Tomdan darak yo'q edi. Butun tevarak-atrof suv sepgandek jimjit va hech kim ko'rinmas edi. U o'tirib, yaiia qaytadan yig'lay boshladi: hozir uni vijdon azobi qiynar edi. Shu orada inaktab bolalai'i ham yig'ilib kela boshladilar; endi kishini zeriktiradigan, bir necha soatlab davom etadigan tushdan keying! darslai' vaqtida alamingni yashirib, jim o'tirishing lozim edi. Bu begona bolalai' ichida uning kn'nglini ko’taradigan kiahilari yo'q edi, shuning uchun ham u ko'nglidagi g'am-g'ussalarini bech kim bilan o'rtoqlasha olmadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə