Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə2/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

IKKINCH1 BOB
USTA SUVOQCHI

Yakshanbaning ertasi ham kelib yetdi, yozgi tabiat esa - yangi, qaynoq hayot bilan bezandi. Hammaning qalbida ashula jaranglay boshladi. Hamma quvnoq, har kimda qanot paydo bo'lgan.


Oq akatsiya daraxtlari gullarga burkangan, havoda atir hidi burqsiydi. Shahar chetidagi Kardif tog'i ko'm-ko'k ko'katlar bilan qoplangan.
Bu tog' xuddi shunday bir masofada ediki, go'yo uzoqdan bir narsani va'da etgandek, mag'rur va jilvagar, g'alvasiz hamda xayolga cho'mgan bir dunyo singari ko'zga chalinar edi.
Tom bir chelak ohak bilan uzun dastalik bir cho'tkani ko'tarib ko'chaga chiqdi. U devorga bir qarab qo'yar ekan, o'sha ondayoq tevarak-atrofni qorong'ilik bosib, uning dilini chuqur xafachilik o'rab oldi. O'ttiz yard3 keng devor, balandligi to'qqiz fut! Shu damda hayot uning uchun ma'nosiz bir narsa, keraksiz bir yuk bo'lib ko'rindi. Og'ir bir entikib, cho'tkani chelakka botirib oldida, yuqorigi taxtaga uzunasiga bir surkadi, yana bir surkadi, yana bir. Shundan keyin to'xtab qaradi: uning oqlagan devori, oqlanmagan kattakon, uzun devorga nisbatan juda ham oz edi. U xafa bo'lib, gul tuvakka kehb o'tirdi. Jim qo'liga chelak ko'targani holda sakrab-sakrab, «Buffalo qizlari» ashulasini aytib, darvozadan yugurib chiqib qoldi. Shahar qudug'iga borib suv olib kelishni Tom har doim yomon ko'radi. Biroq, hozir bu ishni jon-u dili bilan qilishga tayyor edi. U quduq yoniga suvga borgan vaqtlarini xotirlay boshladi. U yerga juda ko'p kishilar yig'ilishadi: negrlar, mulatlar,4 oqlar, o'g'il bolalar qizlar o'z navbatlarini kutib, dam olib o'tiradilar, bir-birlari bilan urishib ketadilar, qo'g'irchoqlarini ayirboshlash to'g'risida savdolashadilar, to'rg'aydek chuldirashib ashulalar aytadilar. O'z uyi bilan quduqning orasi yuz ellik qadam kelar-kelmas yer bo'lsa hamki, Jim suvga borganida aqalli bir soatsiz qaytib kelmas, shunda ham uning orqasidan birov axtarib borishi lozim edi.
- Menga qara Jim, agar xo'p desang, sen bu yerda bir pas devorni oqlab tur, sening o'rningga men suvga borib kelayin, nima deysan?
Jim boshini chayqab qo'ydi.
- Yo'q, Tom boyvachcha, oyim meni suvga yuborayotganida: «To'g'ri bor, hech kim bilan yo'lda so'zlashma», deb tayinlab qolgan. U menga «Tom
3 Yard - mgiizcha so'z bo'lib, uzunlik o'lchovi demakdir; u 0,91 metrga baravar.
'Mulatlar — negrlar bilan oqlardan tug'ilgan odamlar.

boyvachcha seni devor oqlagani chaqirar, men buni yaxshi bilainan, sen uning so'ziga quloq solmay, o'z ishingga bor», deb qayta-qayta tayinlagan. U yana: «Tomning devor oqlayotganini o'zim borib ko'rib kelaman» nam dedi.



  • Bo'lmag'ur gap! Qo'yaver, u har doim ham sbunday, og'ziga kelganini so'zlay beradi. Chelakni menga ber, men bir zumdayoq borib kelaman, u bilmay ham qoladi.

  • Qo'ysang-chi, men undan qo'rqaman, juda ham qo'rqaman, bilib qolgudek bo'lsa, kallamni uzib tashlaydi, Xudo ursin, uzib tashlaydi!

  • Kim? O'shami? U hech vaqt hech kimga qo'lini ham tegiza olmaydi, uning qo'lidagi angishvonasi bilan boshingga urishini aytmaysanmi? Shu ham kaltak yeyish bo'ldimi, bunga kim e'tibor qilardi? To'g'ri, u og'ziga kelgan vahimali so'zlarni so'zlab qo'rqitaverdi, lekin uning goho yig'lashini nazarga olmaganda, aytgan so'zlari kishini sira ham achintirmaydi-ku! Jim, men senga marmar soqqa beraman. Senga o'zimning oq bo'r soqqamni ham beraman.

Jim ikkilana boshladi.

  • Oq soqqamni deyapman, Jim bilasanmi, juda yaxshi oq soqqam bor-ku, o'shani beraman!

  • Bu aytganing to'g'ri, Tom boyvachcha, u o'zi yaxshi narsa-ya, lekin shunday bo'lsa ham, men oyimdan juda qo'rqaman.

Jim uning shunday vasvasalari ta'siriga berilib, chelagini yerga qo'ymoqchi va qo'liga bo'r soqqani olmoqchi bo'lgau ham ediki, biroq shu ondayoq chelagini qo'liga mahkam ushlab, shaldiratib, yugurganicha chopib ketdi. Shu orada Tom g'ayrat bilan devorni oqlashga kirishdi, Polli xola bo'lsa tuflisini qo'liga ushlab, tantana bilan urush maydonidan o'tib borar edi.
Tomning g'ayrati uzoqqa bormadi. U bu kunni qanday xursandchilik bilan o'tkazmoqchi bo'lganini esiga tushirib, yana xafa bo'ldi. Bugun bolalarning hammasi
ko'chalarda o'ynab yuradilar. Ular albatta qiziq-qiziq o'yinlar o'ylab qo'yganlar, ular hadeb Tomning sbunchalik og'ir niehaat ostida qolganidan kuladilar. Bu fikrning o'ziyoq uni xuddi olovdek yondirib, tutoqtirib yubordi. U bor matohini chiqarib, ko'zdan kechira boshladi. Ular singan qo'g'irchoqlar, marmar toshdan isblangan soqqalar, xullas, shunga o'xshagan arzimagan narsalar ediki, bularning hammasini yig'ishtirib kelganda, yarim soat ozodlikka ham yetmas edi. U arzimagan narsalarning hammasini cho'ntagiga joylab oldi-da, o'rtoqlarini aldash fikridan qaytdi. Shunday og'ir va umidsiz minutda birdan uning qalbida bir ilhom qaynab toshdi, miyasiga juda yaxshi, yorqin bir fikr keldi. U cho'tkasini qo'liga olib, tinchgina ishga tushdi. Uzoqdan Ben Rodjers ko'rindi. Uning masxara qilib kulishidan Tom hammadan ham ortiqroq qo'rqar edi. Ben to'g'ri yurib kelmay, dam irg'ishlab, dam sakrab kelar, uning bunday harakati - ko'nglining shodligi va shu kuni o'zi uchun ancha xursandchilikning alomati edi. U ohna yeb kelar hamda vaqti-vaqti bilan uzun, ohangdor hushtak chalib, bu hushtak orasida past ovoz bilan «din-don-don, din-don-don» deb qo'yar, bu bilan u paroxod tovushini anglatmoqchi bo'lar edi. U yaqinlashar ekan, qadamlarini sekinlatib, ko'chaning o'rtasida to'xtadi-da, juda sekinlik va ehtiyotlik bilan burila boshladi; u mazkur harakatini butun kuchi bilan qilganligi sezihb turar, chunki u o'zini suv ichida to'qqiz fut chuqqurlikka botib turgan «Ulug' Missuri» kemasiga o'xshatmoqchi bo'lar edi. U o'zini, ayni zamonda ham kema, ham undagi kapitan, ham signal berib turuvchi matrosdek his qilar, o'z palubasida turib, o'ziga-o'zi buyruq berar va uni bajarar edi.
- Mashina to'xtatilsin, ser! Dm-dilini, din-dilin-din!
U sekin-asta yo'lning o'rtasidan chiqib, chetga yaqinlashib kelar edi.
- Orqaga! Dilin-diJin-din!
U go'yo boshlig'i oldida turgandek, qaddini rostlab, qo'llarini yoniga mahkam bosib turdi.
- Orqaga tisarib yurgiz! Chapga bur! Chish-chish- chish!
Uning o'ng qo'li katta-katta doiralar chizib ko'rsatar, chunki u, go'yo aylanasi qirq fut keladigan g'ildirakdek bo'lib ko'rinardi.
- Chap yonboshi bilan yurgiz! O'ngga bur! Dilin-din- din! Chish-chish-chish!
Endi u chap qo'h bilan doiralar chizdi.

  • To'xta, o'ngga bur! Dilin-din-din! To'xta, chapga bur! Sekinroq hayda! To'g'riga, o'nga yurgiz! Arqonni tashla! To'xta! Tez bo'l! Din-dilin-din! Hoy qirg'oqqa qarab yurgiz! Chau! Chau! Chau! Nega to'xtab turibsan? Arqonni tort! Arqonning halqasini mana shu qoziqqa il! Arqonni to-o-rt! Qo'yib yubor! Mashina to'xtadi, ser! Dilin-din-din!

  • Sht! Sht! Sht! - U go'yo bu bilan jo'mraklardan chiqib kelayotgan sovugan bug'ning chirtillashiga taqhd qilar edi.

Tom paroxodga hech bir e'tibor bermay devorni oqlashda davom etdi. Ben hayron bo'hb unga biroz tikilib qarab turdi-da keyin:
- Ha, ha, tuzoqqa tushding-ku, - deb qo'ydi.
Uning bu so'ziga javob bo'hnadi. Tom, go'yo chinakam rassomlardek, o'zining so'nggi marta surtgan ohagi rangidan zavqlanib turdi; keyin qo'lidagi cho'tkasini sekingina yana bir yurgizib chiqqandan so'ng, biroz orqaga chekinib, o'zining qilgan ishiga tikilib qarab qo'ydi. Ben o'z kemasini yaqinroq olib kehb, uning bilan yonma-yon turdi. Uning qo'lidagi olmasini ko'rib Tomning og'zidan so'lakayi oqa boshlagan bo'lsa hamki, u zo'r berib ishlay berdi. Nihoyat, Ben so'z ochib:

  • Do'stim, kampir seni ishga solib qo'ydimi? Iloj yo'q, ishlash kerak, - dedi.

  • Ey, sen Benmisan? Men sening kelganingni payqamay qolibman.

  • Menga qara, hoy, men cho'milishga ketayotirman! Sening ham cho'milging kelayotgandir-a? Lekin sen bu yerda ishlashing kerak, shunday emasmi? Albatta shunday-da!

Tom unga qaradida:

  • Sen ish deb nimani aytyapsan? - dedi.

  • Axir, bu ish emasmi?

Tom qaytadan oqlash ishiga tutinar ekan, beparvolik bilan:

  • Balki shundaydir, balki bunday emasdir, harholda bu ish, Tom Soyerning ko'nglidagidek ish, - dedi.

  • Qo'ysangchi behuda gapni, harholda sen shu qilayotgan ishingni yoqtiraman deb ayta olmaysanku?

Tomning qo'lidagi cho'tka devor yuzida to'xtovsiz yurib turar edi.
- Yoqtirmaysan deysanmi? Nega yoqtirmayin, bolalarga bunday devor oqlash ishi har kun nasib bo'lavermaydi-ku?
Ish boshqacha tus oldi. Ben olma yeyishdan to'xtadi. Tom qo'lidagi cho'tkasini yengillik bilan yurgizar va damba-dam orqaga tislanib borib, maroq bilan qilgan ishini kuzatar, chala yerlarini topgandek cho'tkani yana u yer, bu yerga tegizib qo'yar va o'zining qilgan ishini yana qayta-qayta ko'zdan o'tkazar edi. Ben esa uning har bir harakatini kuzatar, borgan sari uning qiliqlariga berilib, ko'zini uzmay qiziqib qarab turar edi.
Nihoyat u Tomga:
- Menga qara, Tom cho'tkangni ber, men ham biroz oqlab ko'ray! - dedi.
Torn biroz o'ylanib turgandan keyin, go'yo rozi bo'lgandek bo'ldi, biroq keyin o'zining bu fikridan qaytib:
- Yo'q, yo'q, Ben, bu ish qo'lingdan kelmaydi, deb o'ylayman. O'zing bilasan-ku, mening Polli xolam aytganini qildiradigan xotin. Bu devor ko'cha tomonga qaraydi, hovli ichida bo'lganida hani boshqa gap edi. Bu ko'cha tomon, shuning uchun buni juda hafsala bilan oqlash kerak. Mening fikrimcha, bir ming, batto ikki ming bolaning ichidan bam buni tuzukkina qilib oqlay oladigan topibnas, deb o'ylayman.
- Qo'ysang-chi? Nabotki shuni hecb kim qilolmasa! Qani, menga ber-chi, ozgina urinib ko'ray. Agar men sening o'rningda bo'lsam, darrov berar edim. Nima deding, Tom?
- Ben, men senga jonim bilan berar edim-u, Polb xolam bor-da... Ana, Jim bam shu isbni qibnoqchi bo'lgan edi, xolam unga ruxsat bermadi. Sid ham so'radi, unga ham
yo'l qo'ymadi. Endi shu ishni birovning qo'liga ishonib topshirib qo'yish mening uchun qanday qiyin, o'zing tushanasan-ku! Sen bu ishni qilsang-da, biror yerini yomon qilib qo'ysang...

  • Bekor gap! Men sendek ishlashga tirishaman. Kel, beraqol endi, bir ishlab ko'ray-chi! Menga qara, agar xo'p desang, senga olmaning bir bo'lagini beraman.

  • Ha, xo'p kel! Yo'q, yo'q. Ben, qo'y, shu gapni aytma, men juda qo'rqainan...

  • Men senga hamma olmamni beraman. Qo'limda qolgan olmamning hammasini...

Tom istar-istamas, lekin ichidan sevinib, qo'lidagi cho'tkani unga berdi. Avval «Ulug' Missuri» paroxodi bo'lgan bola quyoshda kuyib, terlab, mehnat qilib turar ekan, Tom soyadagi gultuvak ustida oyoqlarini o'ynatib, olmani kavshab, tomosha qilar, bundan boshqa landavurlarni qo'lga tushirish uchun tuzoq qo'yib o'tirar edi. Bunday qurbonlar esa juda ko'p edi: bolalar devor yoniga kelib turishar, ular biroz tomosha qilib ketmoqchi bo'lib kelganlari hplda, shu yerda turib qolib, devor oqlasbga kirishar edilar. Ben devor oqlay berib juda charchagan vaqtda, Tom ishning ikkinchi navbatini Billi Fisher degan bolaga bir qog'oz varaqqa sotdi. Fisher charchagandan keyin, uning o'rniga Jonni Miller kehb, buning uchun bir o'lik kalamush va uning dumidan bog'lab osiltirib yurish uchun bir ip ham berdi. Shu tartibda har bir soatda bu ishning havaskorlari o'z-o'zidan kelib, almashinib turdilar. Kun tush payti bo'lganida, ertalab hech narsasi yo'q bechora Tom, turli zebi-ziynat narsalarga ega bo'hb, boyib ketdi. Yuqorida aytilgan boyliklardan tashqari unda endi: o'n ikkita marmar soqqa, bir hushtak, ko'zga tutib qarash uchun ko'k shishaning sinig'i, g'altakdan ishlangan zambarak, hech bir qulfni ocha olmaydigan bitta kalit, bir parcha bo'r, bir grafin qopqog'i, qalayi soldatcha, ikkita itbaliq, oltita shaqildoq, bir ko'zi yo'q mushuk bola, eshikning mis dastasi, bir itning bo'yin bog'i,- faqat itning o'zi yo'q edi, shuningdek, bir pichoq dastasi, to'rtta apelsin po'stlog'i va eski deraza romi bor edi. U ko'pchilik o'rtasida hech bir ish qilmasdan, vaqtini juda xursandchilik bilan o'tkazdi, devor esa ohak bilan ustma-ust uch karra oqlandi! Agar uning ohagi yetadigan bo'lsa, u shahardagi hanima bolalarning barcha narsalarini shilib olishi aniq edi.
Tom o'z-o'ziga: «Bu hayot deganlarini u qadar ma'nosiz va arzimaydigan narsa deb bo'lmaydi», derdi. Odainlarning hulqi va atvoriga qarab buyuk qonuniyatni ochganini o'zi ham bihnay qoldi: masalan, biror odam yoki biror bola biror narsaning egasi bo'lmoqni orzu qilsa, u odam bu narsaga mumkin qadar qiyinhk bilan erishsin.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə