Undan tashqari, urush natijasida ishtirokchi mamlakatlar mod-
diy boyliklarini uchdan biri yakson bo‘ldi. Bu faqat harbiy texnika
bo‘lmasdan, sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalarida, infratuzilmada,
uy-joy fondidagi yo‘qotishlar edi.
Urush xo‘jalik faoliyatiga davlatni
aralashuvini kuchaytirib
kapitalizmni tartibga solish tizimini rivojlanishiga olib keldi. Har-
biy-siyosiy maqsadlarga qisqa muddatlarda erishish uchun qat’iy
davlat tartibga solinishini amalga oshirish zarur edi. Shu sabab-
dan urush yakuniga kelib deyarli barcha mamlakatlarda xo‘jalik
munosabatlarining
etatistik
tizimi shakllandi.
Birinchi jahon urushida ishtirok etuvchi mamlakatlarda iqti-
sodiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish tizimiga
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi:
● ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi;
● milliy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlar xususiyatlari;
● u yoki bu mamlakatni bevosita urushda ishtirok etish darajasi.
Barcha urushda qatnashgan mamlakatlarda xo‘jalik munosa-
batlarini etatizatsiya qilish jarayonlari kuchaydi.
Lekin bu jarayon urush tugagandan so‘ng orqaga qayta bosh-
ladi, ya’ni davlat tomonidan tartibga
solish tizimi qisqartirila
boshlandi.
Urushdan keyingi yillar. Jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida
urushdan keyingi yillardagi beqarorlik 1914-18 yy.dagi og‘ir talo-
fatlar natijasidir. Beqarorlik darajasiga quyidagi omillar ham ta’sir
ko‘rsatdi:
● ko‘rilgan talofatlar miqyosi;
● mamlakatni urushdagi g‘alabasi yoki mag‘lubligi;
● urush yillarida iqtisodiyotni harbiylashganligi va etatizatsi-
yalashganligi;
● Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning umumiy darajasi;
● shu bilan birga bir qator milliy xususiyatlar.
Barqarorlashtirish davri. 1924-29 yy.dagi davr rivojlangan
mamlakatlarda xo‘jalik munosabatlariga
davlat aralashuvini
qisqarib borishi bilan xarakterlanadi. Bu holni erkin bozor muno-
sabatlariga qaytish deb tushunish kerak emas.
Shuni ta’kidlash kerakki, etatizmni chekinishi to‘liq emas edi,
chunki 20-yy.da deyarli barcha mamlakatlarda iqtisodiyotni mo-
nopollashuvi, monopoliya va davlatni qo‘shilib ketishi, erkin iqti-
sodiy munosabatlarni buzilishi amalga oshdi.
120
11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA
TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI
Undan tashqari, “yangi” siyosiy tartibni o‘rnatgan
mukammal
bo‘lmagan Versal tizimi jahondagi va Yevropadagi muhim qara-
ma-qarshiliklarni hal eta olmadi. Harbiylashtirish tendensiyasi
kuchaydi, urushda mag‘lub bo‘lgan mamlakatlarni jahonni qayta
hududiy va iqtisodiy taqsimlashga undadi.
Bu oxir natijada eta-
tizmning kuchli elementlarini saqlanib qolinishiga siyosiy asoslar
yaratdi.
Buyuk inqiroz davri. 1929-1933 yy.dagi Buyuk inqiroz davrida
tinchlik sharoitida iqtisodiyotga davlatni aralashuvi darajasini ke-
skin o‘sishi yuz berdi. Etatizmni rivojlanishi barcha mamlakatlarga
xos edi. Davlat tomonidan tartibga solish tizimi rivojlanishini yan-
gi bosqichining farqlantiruvchi xususiyati shundaki, etatizatsiya
jarayoni nazariy asosga ega bo‘ldi – bu keynschilik nazariyasidir.
O‘sha davrda mashhur
doktrinalar
iqtisodiy
munosabatlarni
davlat tomonidan tartibga solish zaruratini taqazo etdi. Bu dok-
trinalar:
● Italiya korporativizmi
● Nemis milliy-sotsializmi
● Turli sotsialistik konsepsiyalar
Inqirozdan keyingi davr. Inqirozdan keyin bo‘lgan
nisbatan
qisqa muddat (1934-39 yy.) etatizmdan voz kechish namoyon
bo‘lgan davr emas edi. Buning asosiy sababi – o‘sha davrda bar-
cha iqtisodiyotlar boshidan kechirayotgan beqarorlik holatidir.
Undan tashqari Ikkinchi jahon urushiga tayyorgarlik bilan bog‘liq
ravishda iqtisodiyotni harbiylashtirish tendensiyasi iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga solishni chuqurlashuviga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: