11.2.Yirik industrial mamlakat - AQShning iqtisodiy
taraqqiyoti
Birinchi jahon urushidan oldin va urush davridagi iqtisodi-
yot. Birinchi jahon urushi boshida AQSh jahonning yirik indus-
trial mamlakati hisoblanib, unga jahon sanoat ishlab chiqarishin-
ing 35% to‘g‘ri kelardi. Rivojlangan qishloq xo‘jaligi, infratuzilma,
qulay tabiiy-iqtisodiy muhit, Janubiy Amerikaning bitmas-tugan-
mas bozorining yaqinligi, urush holatidagi Yevropaning uzoqligi
XX asr boshidayoq AQShga jahonda yetakchilikka erishishga im-
kon berdi.
Yevropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq AQSh Birinchi jahon
urushida deyarli qatnashmadi, 1917 yilning 6 apreliga qadar
121
neytral pozitsiyani ushlab turdi. AQSh armiyasi bevosita harbiy
harakatlarni 1918 yilning yozida boshladi, va Yevropa mamlakat-
lariga nisbatan kam talofatlar ko‘rdi (taxminan 120 ming kishi).
Birinchi jahon urushi oxiriga kelib AQSh o‘zining tashqi qarzini
yarmini qoplash imkoniyatiga ega edi, va yirik kreditorga aylanish
imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1918 yilda AQSh jahon oltin zaxirasining
yarmiga ega edi.
Inqirozli holatlar. Boshqa mamlakatlardagi kabi AQShda ham
iqtisodiyot tarmoqlari rivojida nomutanosibliklar sezila boshlan-
di. Bu hol xo‘jalik faoliyatiga davlatning faol aralashuviga sabab
bo‘ldi.
XIX asrning oxiridayoq Amerika hukumati monopoliyalarni
iqtisodiyotga salbiy ta’siri bilan kurash olib bora boshladi.
Urushdan keyingi davrda taraqqiyot. Prosperiti
1
. Urushdan
keyingi davrda ko‘pchilik mamlakatlarda inqirozli holatlar harbiy
talofatlar, konversion jarayonlar natijasida yuz berib ijtimoiy inq-
irozga olib keldi. Lekin bu hol AQSh uchun xos emasdi.
AQSh inqirozni juda qisqa muddatlarda engib 1923 yildayoq
iqtisodiyotni jonlanishi kuzatildi. 1929 yilning oxiriga qadar iqti-
sodiyotda
prosperiti
davri hisoblandi.
2
Taraqqiyotning asosi esa yangi tarmoqlarning (avtomobil,
elektrotexnik, kimyo, radiotexnika va boshq.) jadal rivojlanishi bi-
lan bog‘liq.
1929-1933 yy. Jahon inqirozi. 1929-1933 yy. Jahon inqirozi
AQShda boshlanib bu mamlakat iqtisodiyotining barcha jab-
halariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. 1929 yilning 25 oktyabrida Nyu-
York fond birjasida birja spekulyantlari tomonidan sun’iy narxlari
oshirilgan aksiyalar kursini keskin pasayib ketishi natijasida saro-
sima vujudga keldi.
Zarar 15 mlrd.doll. hajmida hisoblandi. “Qora juma” XX asr 20-
yy.dagi iqtisodiy o‘sishning yakunlanishini va chuqur iqtisodiy in-
qirozni boshlanishini anglatardi.
Buyuk Depressiya
deb nomlangan iqtisodiy inqiroz xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlarini qamrab oldi. To‘rt yil ichida
1
prosperiti (ingl, prosperity) - taraqqiyot
2
Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд.,
доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. -
С.240.
122
11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA
TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI
mamlakatda sanoat ishlab chiqarishi 46,2%ga qisqardi. Avtomo-
bilsozlik eng katta talofat ko‘rdi (ishlab chiqarish 80%ga qisqardi),
cho‘yan eritish 79%ga qisqardi, po‘lat eritish 76%ga, neft qazib
olish 78%, ko‘mir qazib olish 59%ga qisqardi.
F. Ruzveltning “Yangi kurs”i. Franklin Ruzveltni 1933 yilda pr-
ezidentlikka saylanishida “Yangi kurs” deb nomlangan samarali
aksilinqiroz dasturi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. “Yangi kurs”ni
avvalgi aksilinqiroz dasturlaridan prinsipial farqi shundaki Ruz-
velt bozordagi jarayonlarni mustaqil ravishda tartibga solinishini
rad etdi va davlatni xo‘jalik munosabatlariga faol aralashuvini tan
oldi.
“Yangi kurs” avvaldan o‘ylab chiqilgan islohotlar tizimi
bo‘lmasdan empirik xarakterga ega edi. Buni ushbu siyosat-
ning g‘oyasini ifodalovchi asosiy manba bo‘lgan Dj.Keynsning
“Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” kitobini 1936 yilda
chop etilganligi ham isbotlaydi. Islohotlar boshlanganiga ikki yil
bo‘lgandan keyingina aksilinqiroz siyosat tizimli xarakterga ega
bo‘la boshladi.
Ruzveltning birinchi islohotlari bank va moliya tizimini
sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan edi. 1933 yil martida mam-
lakatda barcha banklar faoliyati to‘xtatildi. Bu banknotalarni olt-
inga aylantirish va ularni chetga olib chiqib ketishga to‘siq bo‘ldi.
Mazmunan bu choralar dollarning oltin standart tizimiga salbiy
ta’sir ko‘rsatib milliy valyutani qadrsizlanishiga olib keldi. Ban-
knotalarni oltin bilan ta’minlash metodidan voz kechmagan hol-
da AQSh hukumati tashqi bozorlardan oltin sotib olishni amalga
oshirdi, natijada ichki bozorda uning narxi pasaydi va 1934 yil
yanvarida mamlakat valyutasini devalvatsiyasini 41% darajasida
amalga oshirishga erishildi.
“Yangi kurs” siyosatini qo‘llab hukumat mamlakatning eksport
imkoniyatlarini kengayishiga, milliy ishlab chiqaruvchilarning ho-
latini yaxshilanishiga erishdi, spekulyativ kapital faoliyati sohasini
toraytirdi, investitsion jarayonni jonlanishi uchun shart-sharoit
yaratdi. Sanoat ishlab chiqarishini jonlanishi ko‘pchilik muammo-
larni hal etilishiga asos bo‘ldi.
Ruzveltning aksilinqiroz agrar siyosati 1933 yil bahorida AQSh
Kongressi tomonidan qabul qilingan qishloq xo‘jaligini tartibga
solish to‘g‘risidagi qonun asosida amalga oshirildi. Agrar sektorni
Qishloq xo‘jaligini tartibga solish Ma’muriyati
boshqarardi. Ortiq-
123
cha ishlab chiqarish inqirozini engib o‘tish uchun o‘z xo‘jaliklarida
ishlab chiqarishni qisqartirayotgan fermerlarga mukofotlar va
kompensatsiyalar berish tizimi ishlab chiqildi.
“Yangi kurs” AQShni ijtimoiy yo‘naltirilgan davlatga aylanishini
boshlab berdi. Siyosatning ijtimoiy yo‘naltirilganligi islohotlarn-
ing ikkinchi bosqichidayoq ustuvor holatni egalladi. Stagnatsiya
sharoitida 1935 yil yozida mehnat munosabatlari to‘g‘risida Mil-
liy qonunni qabul qilinishiga erishildi. Bu qonun tarixga Vagner
qonuni sifatida kirdi (senator R.Vagner nomi bilan nomlangan).
Kasaba uyushmalari tuzilishi qonuniy deb tan olindi, ular ish beru-
vchilar oldida yollanma ishchilar manfaatlarini jamoa shartnoma-
larini tuzish orqali amalga oshirar edi.
1936 yilda Ijtimoiy ta’minot to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Unga binoan qarilik pensiyasi va ishsizlik, kasallik va nogironlik
nafaqalari joriy etildi. Ammo qonun savdo va xizmat sohalarida
band bo‘lganlarga ta’sir etmas edi.
Ikki yildan so‘ng AQShda
Adolatli mehnat sharoitlari to‘g‘risida
qonun
qabul qilindi. Unda mehnat haftasining uzunligi 44 soat
hajmda belgilandi, federal ahamiyatdagi korxonalarda ish haqin-
ing minimal va maksimal chegaralari belgilandi, bolalar mehnati
taqiqlandi.
Ruzvelt siyosatining asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini in-
qirozdan olib chiqishga yo‘naltirilgan edi. Shu bilan birga, xususiy
mulkka, ish kuchini sotish va sotib olishga asoslangan bozor mex-
anizmlari tiklandi. Shu sabadan mamlakatni sotsilizatsiyalashtirish
maqsad qilib qo‘yilmagan.
Umuman olganda davlat aralashuvi siyosati AQShga iqtisodi-
yotni inqirozli holatdan chiqarish imkonini berdi (ba’zi Yevropa
mamlakatlariga nisbatan sekinroq bo‘lsa ham). 1937 yilga kelib
AQSh bir necha iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 1929 yildagi poz-
itsiyaga chiqib oldi.
Dostları ilə paylaş: |