1) ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish
orqali iqtisodiyotni barqaror-
lashtirish dasturi, unga 30 mlrd.doll. ajratilgan edi;
2)
investitsion dastur, xususiy investorlarga imtiyozli moli-
yalashtirish va maqsadli kapital qo‘yilmalarni nazarda tutardi.
Ushbu dasturga 140 mlrd.doll. ajratilgan edi;
3) budjet defitsitini qisqartirish dasturi. Ushbu dasturni amalga
oshirish uchun Klinton ma’muriyati bir vaqtning o‘zida hukumat
xarajatlarini qisqartirish va soliqlarni
oshirishni nazarda tutgan
edi. Hukumat dasturi 1993 yil budjeti bo‘yicha 150 ta aniq tak-
liflarni nazarda tutgan edi.
Ishlab chiqarish sohasiga kapital jalb etish maqsadida soliq
islohotlari bilan birgalikda zarurat
yuzaga kelganda bank kred-
itlari stavkalari keskin oshirilar edi. Bu kapitalni xalqaro miqyos-
da harakatiga ta’sir ko‘rsatdi, ko‘pgina mamlakatlardan Amerika
iqtisodiyotiga kapitalni intensiv oqimini rag‘batlantirdi,
bu esa
AQShga o‘z iqtisodiyotini modernizatsiyalash jarayonini “birovn-
ing hisobiga” moliyalashtirish imkonini berdi. Iqtisodiyot nazari-
yasida monetarizm yo‘nalishining asoschisi,
Amerika iqtisodchi-
si M.Fridmen dollarning yuqori kursi kapitalni oqib kirishiga va
AQSh iqtisodiyotini modernizatsiyalashga imkon berdi. Natijada
neokonservativ strategiya AQShga iqtisodiyotni
tarkibiy qayta
qurishni va texnologik qayta qurollantirishni asosan xorijiy kapital
qo‘yilmalar va mahsulot raqobatbardoshligini keskin pasaytirish
evaziga amalga oshirish imkonini berdi. Shundan so‘ng kredit si-
yosatining keyingi fazasi boshlandi – foiz stavkalarini pasaytirili-
shi. Natijada mamlakat iqtisodiyotini
modernizatsiyasini va iqti-
sodiy o‘sishni barqaror sur’atlarini ta’minladi.
Dostları ilə paylaş: