Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)

12.3. Integratsiya jarayoni 
◄ Integratsiya. Yevropa Ittifoqi. 
Ikkinchi jahon urushi yakunida, 1944 yilda, Yevropada yevropa 
iqtisodiy integratsiyasi g‘oyasi amalga oshirila boshlandi. Birinchi 
urinish sifatida Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg hukumatlar-
ining 1948 yil 1 yanvardan bojxona ittifoqini tuzish to‘g‘risidagi 
qarori namoyon bo‘ladi, keyinchalik ushbu ittifoqni 
Benilyuks 
deb 
atashadi. Tomonlar keyinchalik 1921 yildan beri mavjud Belgiya-
Lyuksemburg iqtisodiy ittifoq tipidagi ittifoqqa aylantirish xohishini 
bildirdilar. 1949-1950 yy.da sanoat mahsulotlari importi cheklovlari 
olib tashlandi, 50-yy.ning o‘rtalariga kelib Benilyuks doirasida ish 
kuchi va kapital erkin harakatlana boshladi. Benilyuks tajribasi mu-
vaffaqiyatli bo‘lib chiqdi. 
148


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG 
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 
1948 yil martida Fransiya va Italiya 
Fransital 
bojxona ittifoqini 
tashkil etishdi. O‘sha davrda Germaniya og‘ir sanoati ustidan xalqa-
ro nazorat yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilgan AQSh va Buyuk 
Britaniya xalqaro ma’muriyatni tashkil etib, uning tarkibiga faqat-
gina AQSh va Buyuk Britaniya vakillari emas, balki Fransiya, GFR va 
Benilyuks mamlakatlari vakillari ham kiritildi. XX asrning ikkinchi 
yarmida G‘arbiy Yevropadagi davlatlararo aloqalar xalqaro iqtisodiy 
integratsiyaga aylana boshladi. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya 
– bu mamlakatlarni xo‘jalik-siyosiy 
jarayonini o‘zaro chuqur va barqaror aloqalari va milliy xo‘jaliklar 
o‘rtasida mehnat taqsimoti, ularning takror ishlab chiqarish tuzil-
malarining o‘zaro faoliyatini rivojlantirish asosida birlashtirishdir. 
Rasman 1993 yil 1 noyabrga qadar G‘arbiy Yevropa mamlakat-
larida Yevropa Ittifoqi yetakchi integratsion birlashma hisoblangan, 
u 1967 yilda avvallari mustaqil bo‘lgan uch mintaqaviy tashkilot-
larni qo‘shilishi natijasida vujudga kelgan: 
1) Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (YKPB). 1951 yil 18 
aprelda Fransiya, GFR, Italiya va Benilyuks mamlakatlari 1952 yil 25 
iyuldan ushbu tashkilotni tuzilishi to‘g‘risida Parij kelishuvini imzo-
lashdi. 
2) Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YIH). 1957 yil 25 martda Fran-
siya, GFR, Italiya va Benilyuks mamlakatlari 1958 yil 1 yanvardan 
YIH va atom energiyasi bo‘yicha Yevropa Hamjamiyati (Yevroatom) 
tashkilotini tuzilishi to‘g‘risida Rim kelishuvini imzolashdi. 1973 yil-
dan Buyuk Britaniya, Irlandiya, Daniya, 1981 yildan – Gretsiya, 1986 
yildan – Portugaliya va Ispaniya, 1995 yildan – Shvetsiya, Avstriya, 
Finlyandiya YIH tarkibiga kirishdi. 
3) Yevropa erkin savdo assotsiyasiyasi (YESA). 1960 yil 4 yan-
varda Yevropaning quyidagi yetti davlati tomonidan Stokgolm kon-
vetsiyasi imzolandi: Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, 
Avstriya, Shveysariya va Portugaliya. 1991 yil oktyabrida YI va YESA 
Yevropa iqtisodiy makoni 
(YIM) ni tuzish bo‘yicha kelishuv imzolas-
hdi: unga Arktikadan O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan 19 mamlakat 
kirdi. YESA – YI malakatlarining asosiy savdo hamkoridir (unga YI 
eksportining – 27 %, importining 35% to‘g‘ri kelardi). 
1973 yilning 23 yanvarida Norvegiya hamjamiyat tarkibidan 
chiqdi, buning sababi 1972 yil 26 noyabrda ushbu mamlakatda 
o‘tkazilgan referendum natijasi edi. 
G‘arbiy Yevropa integratsiyasi rivojlanishini to‘rt bosqichga 
bo‘lib o‘rganish mumkin. 
149



Birinchi bosqich (50-yillarning oxiri - 70-yillarning o‘rtalari). Bu 
davr YIH davlatlari hayotida “oltin asr” hisoblanadi. Unda bojxona 
ittifoqi belgilangan muddatidan oldin tashkil etildi, yagona agrar 
bozori yaratildi. YIHga uchta yangi davlat - Buyuk Britaniya, Daniya 
va Irlandiya a’zo bo‘lib kirdi. YIH yoki “Umumiy bozor”ni tashkil 
qilishning maqsadlari quyidagilardan iborat edi: 
– ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdoda asta-sekin 
barcha to‘siqlarni olib tashlash; 
– uchinchi davlatlar bilan savdoda bir xil boj tariflarini 
o‘rnatish; 
– “insonlar, ishchi kuchi, kapital va xizmatlar” ning erkin harakat-
lanishiga qo‘yilgan to‘siqlarni olib tashlash; 
– transport va qishloq xo‘jaligi sohasida umumiy siyosat ishlab 
chiqish va amalga oshirish; 
valyuta ittifoqi tuzish
– soliq tizimini unifikatsiya qilish; 
– qonunchilikni yaqinlashtirish; 
– iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish tamoyillarini ishlab chiq-
ish. 
Bularni amalga oshirish maqsadida boshqaruv strukturasi ma-
jmui - YIH Vazirlar Kengashi, Yevropa Hamjamiyati komissiyasi
Yevropa Kengashi, Yevropa Sudi, Yevropa parlamenti tashkil qil-
indi. 
YIHning birinchi galdagi vazifasi sifatida a’zo davlatlar o‘rtasida 
tovarlar, kapital, xizmatlar va ishchi kuchining umumiy bozorini 
tashkil qilish vazifasini qo‘yildi. Buning uchun Bojxona ittifoqi tuz-
ildi. Aynan Bojxona itgifoki YIHning asosi hisoblanadi. Bojxona it-
tifoqi doirasida quyidagilar amalga oshirildi: 
– ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdoda to‘siqlar olib 
tashlandi; 
– uchinchi davlatlarga nisbatan bir xil bojxona tariflari 
o‘rnatildi; 
– kapital, kreditlar, pul ko‘chirmalarining erkin harakatlanishiga 
sharoit yaratildi; 
– ishchi kuchi migratsiyasi erkinligi va turar joy tanlash erkinligi 
ta’minlandi. 
Bu choralar YIHga a’zo davlatlari o‘rtasida sanoat integratsiyas-
ining tezlashishiga imkon berdi. Ayni bir paytda a’zo davlatlarda 
kompensatsion yig‘imlar va qishloq xo‘jaligi fondi orqali moli-
yalashtirish yordamida, umumiy proteksionizm siyosatini qo‘llash 
150



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə