Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Urushdan keyingi davrda mehnat unumdorligi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)

Urushdan keyingi davrda mehnat unumdorligi 
dinamikasi
1

Yillar 
1948-1966 
1966-1973 
1973-1981 
1981-1987 
Mehnat unumdorligi 
o‘sishi sur’atlari, % 
3,2 
2,0 
0,7 
1,5 
Aholi jon boshiga real YaMMni 
o‘sish sur’atlari, % 
2,2 
2,0 
1,1 
1,8 
Jadval ma’lumotlarini ko‘rsatishicha, Ikkinchi jahon urushidan 
keyingi 20 yil davomida (1948-1966 yy.) mehnat unumdorligi 
yuqori sur’atlarda o‘sdi – yiliga o‘rtacha 3,2%. Ammo 1966-1973 
yy.da ushbu sur’atlar keskin pasayib ketdi. Undan keyin mehnat 
unumdorligi dinamikasida eng noqulay davr boshlandi (1973-
1981 yy.), undan so‘ng esa, 80-yy.da mehnat unumdorligini o‘sish 
sur’atlarida jonlanish yuz berdi. 
◄ “Reyganomikaga o‘tish”. 
1981 yil yanvarda R.Reygan AQSh prezidenti etib saylandi. U 
tomonidan o‘tkazilgan iqtisodiy siyosat, “reyganomika” nomini 
oldi, neokonservativ siyosatning shakli bo‘lib, 80-90 yy. davo-
mida barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo‘llanildi. 
Uning tarkibiga quyidagilar kirardi: ijtimoiy dasturlar va soliqlarni 
qisqartirish, qat’iy pul-kredit siyosati yordamida inflyasiya bilan 
kurashish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdan voz kechish. 
Federal hukumatning faoliyat sohasi, ayniqsa ijtimoiy sohada, 
qisqartirilgan bo‘lib 46 ta ijtimoiy dasturlardan 44 tasi shtatlar ix-
tiyoriga o‘tkazildi. 

Макконелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы, и политика. В 2 т. Т. 
1. -М., 1992. - С.38. 
136


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG 
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 
1986 yilda daromad solig‘i to‘g‘risida qonun qabul qilingan 
bo‘lib, unda fuqarolardan undiraladigan daromad solig‘i 50%dan 
28%gacha pasaytirildi, korporatsiyalar foydasidan olinadigan 
soliqlar 46%dan 34%gacha pasaytirildi. Ushbu qonunni qabul 
qilinishi investitsion faollikni rag‘batlantirdi. Mamlakatda, ITRning 
yangi bosqichi bilan bog‘liq ravishda, iqtisodiyotni chuqur tarkibiy 
o‘zgarishi amalga oshirildi, shaxsiy iste’mol real hajmini o‘sishi va 
boshqa mamlakatlarga davlat qarzini o‘sishi kuzatildi. 
XX asrning 80-yillarida jahon xo‘jaligida AQShning pozitsi-
yasi yanada mustahkamlandi: 1986 yilda rivojlangan mamlakatlar 
sanoat ishlab chiqarishining 34%i (1970 yilda 32%) va tashqi sav-
do aylanmasining 20%i (1970 yilda – 18%) AQSh hissasiga to‘g‘ri 
kelardi. 
80-yillarning oxirida AQSh iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari keskin 
ravishda pasaydi. Mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlarini pasayi-
shi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yaponiya va G‘arbiy Yevropadan 
orqada qolishi sabablari bo‘yicha ekspertlarning yagona fikri 
yo‘qdir. AQSh aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM bo‘yicha 
ham Yaponiya va deyarli barcha G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan 
orqada qolardi.


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə