Mavzu: Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi



Yüklə 35,72 Kb.
səhifə1/2
tarix24.01.2023
ölçüsü35,72 Kb.
#99099
  1   2
Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi


MAVZU: Osiyocha ishlab chiqarish usullari 
va ularning parchalanishi


Xitoy osiyocha ishlab chiqarish usulidan foydalanadigan qadimgi davlatlardan biridir va ushbu rivojlanish usulining oqi- batlari sotsializm qurishdagi "katta sakrash" va "madaniy inqilob" kabi jarayonlarda o'z aksini topdi.
Osiyocha usulning asosiy belgisi - yer davlat mulki ekanligidir va bu holat Xitoyning butun tarixida o'zgarmasdan qolgandi. Dav- latning yeri dehqonlar o'rtasida yerdan foydalanish tamoyilidan kelib chiqib taqsimlanar edi.
Avvaliga bu tizim "quduqli dalalar" tizimi edi. Uning bunday nomlanishiga sabab dalalarni joylashuv sxemasi "quduq" iero- glifini eslatar edi. 8 ta oiladan iborat jamoa a'zolari chekkalar- da joylashgan o'z dalalariga ishlov berishdan tashqari markazda joylashgan umumiy maydonga ishlov berishlari kerak edi. Uning hosili hukmdorga topshirilardi. Har bir dala 100 mu48 (6 ga) may­donga ega edi. Eramizdan avvalgi 4 asrdagi faylasuf Men-Szi "... yerga ishlov berishning bunday usuli ideal tizim hisoblagandi"- deb ta'kidlagan.
Yerga ishlov berishning tenglashtirilgan tamoyili va o'zining dalasi bilan "katta dala"ga ham jamoa bo'lib ishlov berish ko'p as­rlar davomida saqlanib qoldi, lekin asta-sekin davlat yerlarida ja­moa bo'lib ishlash soliq-renta va majburiy mehnat bilan almashib
bordi. Yerdan tenglashtirilgan foydalanish saqlanib qoldi, lekin yer endi oila tarkibidan kelib chiqib taqsimlanardi. Har bir erkak- ka 80-100 mu (6,4-6 ga) hosildor yerdan, ayollar yoki o'smirlarga kamroq berilishi mumkin edi. Dehqon mehnatga layoqat yoshi- dan oshgandan so'ng undan yer olib qo'yilardi. Undan tashqari, oilaga 20 mu bog'-poliz yerlari biriktirilar edi. Ko'pincha unda tut daraxtlari ekilardi.
Dehqonga ushbu kafolatlangan yer uchun u davlat foydasiga uch narsani amalga oshirishi zarur edi. Birinchidan, don hosili- dan bir qismini davlatga topshirishi. Ikkinchidan, soliqni ipak yoki boshqa matolar bilan to'lash. Chunki, xitoy qishlog'idagi dehqon yarim hunarmand hisoblanardi va ushbu hunarmandchilik mah­sulotlarining bir qismi hukumat ixtiyoriga o'tardi. Uchinchidan, dehqon yil davomida ma'lum bir davr (ko'pincha 20 kun) davlatga majburiy mehnat qilib berishi kerak edi: turli binolar, sug'orish inshootlari qurishi, yuk tashishi va boshqalar.Davlat dehqonchilik va to'qimachilikni rag'batlantirar edi. Savdogarlar esa diskrimi- natsiya qilinardi. E.a. 4 asrda kim ko'p don va ipak ishlab chiqarsa majburiy mehnatdan ozod etilishi, savdodan foyda oluvchilar esa qul bo'lishlari qonunchilik bilan belgilab qo'yilgan edi.
Davlat dehqonlar faoliyatini qat'iy nazorat qilar edi, u gu- ruch yoki tariq ekishligi, ipak yoki boshqa matolar to'qishini an- iqlab berardi. Tabiiyki, buning uchun juda katta byurokratik ap- parat zarur edi. Amaldorlar soliq sifatida dehqonlardan olingan don yoki boshqa mahsulotlarni ish haqi sifatida olardilar. Undan tashqari ular yer uchastkali olardilar, har bir darajadagi amaldorga belgilangan hajmda yer berilardi. Davlat xizmatidan ketayotganda amaldor ushbu yerni topshirib ketardi.
Amaldorlar albatta aristokrat oilalar vakillari bo'lishi shart emas edi. Xitoyda imtihonlar tizimi joriy qilingan bo'lib, ularni topshir- gan holda ma'lum bir lavozimni egallash mumkin edi. Imtihon topshiruvchi falsafa, she'riyatdan chuqur bilimlarga ega bo'lishi kerak edi, o'z xizmat vazifasiga oid bilimlar ham bo'lishi kerak edi. Xitoyda yuqori darajadagi bilimlarga ega bo'lganlar alohida hurmatga ega edilar. Imtihonlarga oddiy xalq ham qo'yilardi. Bu markaziy hukumatning qudratini oshishiga imkon berardi: im­perator quyi qatlamlardan boshqaruvga qo'yilgan insonlarning sodiqligiga shubha qilmas edi.
Davlat sanoatda ham yetakchilik qilardi. Metallurgiya, ipak to'qish, farfor, qurol-yarog' korxonalari davlatning qo'lida edi. Davlat korxonalarida, kiyim-kechak va poyabzal, zeb-ziynat, qurol-yarog' va aslahalar, qog'oz va boshqalar ishlab chiqarilardi. Ushbu korxonalarni davlatning uch inspeksiyasi boshqarib, ularga ko'p sonli devonxonalar bo'ysunardi. Bir qator tovarlar - metall rudasi, tuz, ko'mir, choy - davlat monopoliyasida edi.
Ushbu davlat korxonalarining ishchilari manbasi bo'lib shahar hunarmandlari chiqishardi, ular ham 20 kun davomida majburiy mehnat qilishar edi. Davlat majburiy mehnat qilayotganlarga ovqat bermas edi, ularga ovqat oila a'zolari tomonidan ta'minlanar edi. Hunarmandlar o'z mahsulotlarini g'aznaga topshirishardi va g'aznadan olgan mablag' hisobiga kun ko'rishardi.
Ish kuchining ikkinchi manbasi - davlat qullaridir. Hukumatga qarshi chiqilganda aybdorlar o'lim jazosiga mahkum qilinardilar, ularning oila a'zolari esa qul qilinardi. Davlat qullarining farzand- lari ham qul hisoblanardi.
Osiyocha ishlab chiqarish usulining yana bir belgisi - sharqo- na istibdoddir. Imperator Sin Shi-xuandi (e.a. 3 asr) hukmronligi bunga yaqqol misol hisoblanadi. Bu imperator barcha tarixiy asar- lar, falsafiy va ilmiy kitoblarni to'plab yoqib yubortirgan, faqat­gina ushbu imperatorni maqtagan kitoblar qolgan. Taqiqlangan adabiyotlarni saqlaganlar o'limga mahkum qilinar edilar, tarixiy asarlarni talqin etib, avvalgi tuzumni maqtaganlar esa barcha qarindoshlari bilan birga qatl etilardi. O'sha davrning 460 yirik olimlari tiriklayin yerga ko'mib tashlangan edi. Sin-Shi o'z hay- otiga qo'rqqani uchun bir saroydan ikkinchisiga ko'chib yurar edi (uning hukmdorligi davrida 700 ta saroy qurilgan edi).
Sharqona istibdodning belgilovchi omil alohida hukmdorlarn- ing shavqatsizligi emas, balki hayotning barcha tomonlarini dav­lat nazoratida bo'lishidir. Davlat dehqon nima yetishtirishini hal etardi.
Osiyocha ishlab chiqarishning xitoycha talqinining asosiy bel- gilari shulardan iborat. Tabiiyki, vaqt o'tgan sari ushbu tizim emi- rila boshlandi. Yerga egalik qilishning davlat usulidan tashqari ye­rga xususiy egalik qilish va ijara munosabatlari shakllandi.
Agar amaldor o'z lavozimidan kelib chiqib xizmat davriga yer olgan bo'lsa, imperator o'z ixtiyoriga ko'ra yerni taqsimlashi mumkin. Bunday xususiy yerlarni, albatta, imperatorning qarin- 196
doshlari yoki yaqinlari olishlari mumkin edi. Bo'sh yotgan yoki o'zlashtirilmagan yerlarni o'zlashtirgan dehqonlar yer egalariga aylanishardi.
Undan tashqari, dehqonlarni ijrachilikka o'tkazish jarayoni davom etardi, natijada dehqonlar o'z yer uchastkalarini ijarachisi- ga aylandi.
Xitoyda xususiy yer egaligining rivojlanishi yirik xo'jaliklarni tashkil etilishiga olib kelmadi. Yer egasi o'z ekin maydonlariga ega emasdilar. Unga tegishli hudud mayda dehqon uchastkalari- dan iborat bo'lib, daromadi esa natural ijara to'lovlaridan iborat edi.
XIX asrning birinchi yarmida Xitoyda har bir qishloq aholisiga 2 mu (0,125 ga) yer to'g'ri kelardi. Bu agrar aholini ko'payib keti - shi dehqonlarni ommaviy ravishda qashshoqlanishiga olib kelib, juda katta "mehmonlar" guruhini yaratdi. "Mehmonlar" - bu o'z xo'jaligidan mahrum bo'lgan, yirik yer egalaridan ijaraga olishga majbur bo'lgan va buning evaziga yarim hosilni beruvchi dehqon- lardir.
Shunday bo'lsa ham, davlat eng yirik yer egasi edi. 1912 yilda davlat yerlarida xo'jalik yurituvchi dehqonlar 49%, yarimijarachilar
23%, ijarachilar - 28%ni tashkil etardi.

Dehqonchilik uchun ideal variant bo'lib qadimdan amal qil­ib kelayotgan yerga davlat mulkchiligi va tenglashtirilgan yerda foydalanish xizmat qiladi. XIX asr o'rtasida "taypi qo'zg'oloni" natijasida inqilobchilar Xitoyda hukumatni qo'liga o'tdi. Yangi hukumat tomonidan "yer tizimi" joriy etilib, unga binoan yerga ishlov berish davlatning qat'iy nazorati ostida bo'lishi va yerni oila a'zolari soniga nisbatan taqsimlanishi kerak edi. Davlat qaerda tut daraxtlarini ekish, xo'jalikda qancha cho'chqa va tovuq bo'lishi kerakligini belgilab berishi kerak edi.
Xitoyda Yaponiyadagi kabi mamlakatni tashqi dunyodan chegaralash siyosati olib borilmagan edi. Lekin davlat tovar-pul munosabatlarini rivojlanishini sun'iy ravishda cheklar edi. Bu soliqlarni natural shaklda bo'lishida, savdogarlarga kun bermas- likda namoyon bo'lar edi. Aynan shunday siyosat aholi tomonidan qo'llab-quvvatlanardi. Tabiiyki, bu taraqqiyotni sekinlashtirardi va Xitoy tashqaridan kapitalizm kirib kelishiga qarshilik qila olmay qoldi.
XIX asrda uch "qora dori urush"lari davrida kapitalizni tashqari- dan kirib kelishi drammatik xarakterga ega bo'ldi, bunda Xitoy importining 46%ni qora dori tashkil etdi, mamlakat esa tipik ya- rimmustamlakaga aylandi. U imperialistik davlatlar o'rtasida ta'sir sohalari bo'yicha bo'lib olingan edi. Chet elliklar endi xitoy sudi oldida javob bermas edi, ularning qo'lida flot, qo'shinlar, politsiya bor edi. Xitoy hukumati endi real hokimiyatga ega emas edi. Bun- ing asosiy sababi - taypi qo'zg'olonini bostirish uchun hukumat chet elliklardan yordam so'raganligidadir, natijada hukumat chet elliklar oldida qarzdor bo'lib qoldi, qarzlardan qutilish uchun esa hatto soliqlarni to'plash ham chet elliklar qo'liga topshirilgan edi. O'sha davrda Xitoyni rasmiy ravishda manchjurlar sulolasi huku­mati boshqarar edi, xitoyliklar esa manchjurlarni varvarlar (vah- shiylar) deb hisoblar edi. Shu sababdan xalqning inqilobiy kurashi mustamlakachilarga va hukumatga qarshi yo'naltirilgan edi.
Xitoyga olib kiritilayotgan tovarlarga ularning narxini 5%dan oshmagan holda boj undirihsga ruxsat berilgan edi, arzon fabrika mahsulotlarini importi esa paydo bo'lib kelayotgan xitoy sanoa- tini yo'qqa chiqarardi. Ma'lumki, mustamlakachilar hech qachon mustamlakalarda sanoatni rivojlantirishga intilmas edilar, lekin o'sha davrda Xitoyda mavjud sanoatda mustamlakachilar yetakchi pozitsiyalarni egallagan edilar. Chet elliklar qo'lida tashqi savdo, temir yo'l, ko'mir sanoatining yarmi, tekstil sanoatining 40% mu- jassamlashgan edi.
Bu davrda xitoy burjuaziyasi uch qismga bo'lingan edi. Eng imtiyozli holatda kompradorlar49 edi. Chet elliklarga doim milliy agentlar orqali faoliyat yuritish qulaydir.
Ikkinchi, Xitoy uchun xos bo'lgan burjuaziyaning qismi - byurokratik kapitaldir. Ushbu termin asosan "hukumat bilan uzviy bog'langan komprador kapitali" ma'nosini anglatadi. Byurokratik kapital iqtisodiyotda davlatning ustuvorlikka egaligining nati­jasidir. Chet elliklar hukmronligi sharoitida davlat hokimiyati par- chalanayotgan vaqtda davlatning mol-mulki asta-sekin yuqori lavozimlardagi odamlar qo'liga o'ta boshladi. Bu esa byurokratik kapital edi.

Uchinchi qism - chet el kapitali bilan bog'liq bo'lmagan milliy burjuaziyadir. Chet elliklar va kompradorlar tomonidan siquvga olingan burjuaziyaning bu qismi Xitoyda inqilobiy kuchlarni tash­kil etardi.
Chet elliklarning hukmronligi natijasida sanoat noratsional joy- lashtirilgan edi. Sanoatning % qismi shimoli-sharqiy qirg'oqbo'yi rayonlarida joylashgan edi. Faqatgina Shanxayning o'zida yengil sanoatning yarmi joylashgan edi. Xitoyning ko'pgina rayonlarida sanoat umuman yo'q edi. Aholi ehtiyojlari, huddi avvalgidek, hu- narmandchilik va uy xo'jaligi mahsulotlari yordamida qondirilar edi.




  1. Yüklə 35,72 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə