Маълумотнома



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   505
buxgalteriya hisobi

Tаyanch ibоrаlаr:

 

хo‘jalik hisobi,



 

hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar, natura tabiiy o‘lchovi, 

mehnat o‘lchovi, pul o‘lchovi, operativ (operativ – texnika yoki tezkor hisob) hisob, statistik hisob, 

buxgalteriya  hisobi,  moliyaviy  hisob,    boshqaruv    hisobi,  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlaridan 

foydalanuvchilar,  buxgalteriya  hisobi  subyektlari  va  obyektlari,  buxgalteriya  hisobining  asosiy 

tamoyillari, hisob yuritish siyosati. 

1.1. Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha va unga qo‘yiladigan talablar 

Bozor  sharoitida  buxgalteriya  hisobi  iqtisodiy  fanlardan  biri  bo‘lib,  uning  nazariyasi 

buxgalteriya  hisobini  tashkil  etish  texnikasi,  predmeti  va  usulini  o‘rgatadi.  Bu  fan  xalq  xo‘jaligi 

tarmoqlarida  buxgalteriya  hisobini  yuritish  usullarini  o‘rganib,  umumlashtirib,  uning  ilg‘or 

usullarini joriy etish bilan shug‘ullanadi.  Hisob  – kitob ta’minot mahsulot ishlab chiqarish,  sotish 

jarayoni va taqsimot jarayonida boshqarish, tashkil qilish va rahbarlik qilish uchun zarur. 

«Buxgalteriya  hisobi»  o‘zining  ko‘p  yillik  tarixiga  ega.  Hisob  kishilik  jamiyatining  barcha 

ijtimoiy – iqtisodiy bosqichlarida mavjud bo‘lgan. Lekin u o‘zining mazmuni, mohiyati, ahamiyati, 

vazifalari,  texnikasi,  shakllari  bilan  turli  bosqichlarda  bir  –  biridan  farq  qilgan  bo‘lib,  o‘sha 

bosqichning ishlab chiqarish usuli bilan belgilangan va shu bosqichning xususiyatidan kelib o‘sha 

bosqichga  xizmat  qilgan.  Har  bir  taraqqiyot  bosqichida  moddiy  ne’matlar  ishlab  chiqarish 

jarayonida mehnat qurollari, mehnat buyumlarini va jarayonlarini hisobga olishda hisob – kitobdan 

foydalanilgan.  

Tovar  ayirboshlash  davrida  hisobga  bo‘lgan  talab  yanada  kuchaydi.  Chunki  tovar 

almashtirishda  umumiy  ekvivalent  bo‘lishini  talab  qilardi.  Bu  jarayonda  har  bir  ishlab  chiqarilgan 

tovarga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini bilish talab qilinardi. Bu vazifani faqat hisob – 

kitob qilish yo‘li bajarilardi. Shu tariqa jamiyat taraqqiyotida hisobning roli oshib, uning vazifalari 

kengayib takomillashib borgan. Jamiyatda hisob asosan qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi.  

-

 

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatida ro‘y berayotgan jarayonlarni kuzatib 



borish; 

-

 



kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash; 

-

 



xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd qilish; 


 

10 


-

 

maxsus hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik operasiyalarini umumlashtirish va guruhlash; 



-

 

xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  xo‘jalik  jarayoni  va  operasiyalari  ustidan  nazorat  olib 



borish va unga ta’sir etish.  

Ushbu  hisob  funksiyalari  xo‘jalik  yurituvchi subyektlar va  butun  xalq xo‘jaligining  iqtisodiy 

jihatdan asoslangan joriy va istiqbol rejalarini tuzish, ularning bajarilishini nazorat qilishda muhim 

ahamiyat kasb etadi.  

Xullas,  hisob  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  jarayonini  miqdoriy  aks  ettirish  va  unga 

sifat jihatdan tavsifnoma berishdan iboratdir. 

Bu tizim buxgalteriya hisobining asosi bo‘lib qoldi. «Buxgalteriya» nomi ancha keyin,  ya’ni 

18–asrda  kirib  keldi.  Bu  so‘z  nemis  tilidan  «bux»  -  kitob,  «galter»-ushlash  so‘zlaridan  kelib 

chiqqan. Pacholining  ikkinchi  dunyoga mashhur  bo‘lgan  «Hisobot  va  yozuv haqidagi  traktati»  da  

ikkinchi  o‘rinda  «ikkilamchi  yozuv»  yoki  ikki  yoqlama  yozuv  haqida  tushuncha  berilgan.  Hisob 

jarayoni dastlab juda sodda tashkil qilingan bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti bilan asta–sekin rivojlanib, 

takomillashib, amal qilish doirasi kengayib borgan. 

Hozirgi  kunda  buxgalteriya  hisobi  turli  tarkibiy  qismlarga  ajratilgan  holda  maxsus  fanlar 

sifatida barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitiladi. Chunonchi, yaxlit buxgalteriya 

hisobini  o‘rgatishga  mo‘ljallangan  maxsus  fanlar  bo‘lib  «Buxgalteriya  hisobi  nazariyasi», 

«Moliyaviy  hisob»,  «Boshqaruv  hisobi»,  «Byudjet  hisobi»,  «Banklarda  buxgalteriya  hisobi», 

«Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» kabi fanlar hisoblanadi. 

Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar. 

  Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  faoliyatida  ro‘y  beradigan  xo‘jalik  muomalalarini  hisobga 

olish, xo‘jalik mablag‘larining miqdorini, bajarilgan ishlarning hajmini va boshqa ko‘rsatkichlarni 

faqatgina  kuzatish  orqali  aniqlab  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarda  bu 

jarayon, xodisa va xo‘jalik muomalalarini hisobga olish uchun miqdoriy ifodalash va sifat jihatdan 

tavsifnoma berish kerak. Shu maqsadda hisobda natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. 



Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari, funksiyalari va uning oldiga qo‘yiladigan 

talablar 

 

Boshqa  fanlar  qatori  buxgalteriya  hisobining  ham  o‘z  maqsadi  va  vazifalari  mavjud. 



Buxgalteriya  hisobining  maqsadi  «Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida»  gi  qonunda  ta’kidlanganidek 

foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya aaxboroti bilan 

ta’minlashdir.  Har  qanday  boshqaruv  tizimi  axborot  bilan  ta’minlash  tizimiga  ehtiyoj  sezadi. 

Axborotlarni yig‘ish, umumlashtirish va qayta ishlash vositalaridan biri buxgalteriya hisobidir. 

Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat: 

-

 



buxgalteriya  hisobi  schyotlarida  aktivlarni  holati  va  harakati,  mulkiy  huquqlar  va 

majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish




 

11 


-

 

samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; 



-

 

moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish. 



Buxgalteriya hisobining qo‘yidagi asosiy funksiyalari mavjud. 

-

 



rejali; 

-

 



nazorat; 

-

 



axborot; 

-

 



tahliliy funksiya; 

-

 



hisob. 

Rejali  funksiya

  rejalashtirilayotgan  ishlab  chiqarish  uchun  pul  va  moddiy  mablag‘larga 

ehtiyojni  hisoblash  tahliliy  daromad  (foyda),  mahsulot  (ish,  xizmat)lar  tannarxini  rejalashtirish  va 

maqsadga erishishni samarali yo‘llarini izlashdan iborat. 



Nazorat  funksiyasi

  –  ishlab  chiqarish  va  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarni  haqiqatda  bajarilishni 

biznes – rejaga hatti harakatlarni qanchalik muvofiqligini aniqlash jarayonidir. 

Axborot  funksiyasi

  –  korxona  rahbari,  tashqi  investorlar  va  foydalanuvchilarni  moliyaviy 

axborotga  asoslanadigan  samarali  axborot  tizimi  bilan  ta’minlashdan  iborat.  Bu  axborotlar  ichida 

mehnat  va  uning  unumdorligi,  fondlarning  miqdoriy  va  sifat  jihatdan  o‘sishi,  korxonaning  ishlab 

chiqarish  quvvatlaridan  foydalanish  darajasi,  daromadlilik  va  to‘lovga  qobillik,  ishlab  chiqarish 

xarajatlari va ishlab chiqarish dasturini bajarilishi kabilar asosiylaridir. 



Tahliliy funksiya

 korxonaning moliyaviy – iqtisodiy holatini, uni yaxshilash maqsadida qaror 

qabul  qilish  uchun  ilgari    qabul  qilingan  strategiya  va  taktikasini  baholash  va  tahlil  qilish 

jarayonidir.  Tahlil    asosida  korxonada  boy  berilgan  imkoniyatlarni  hisoblab  chiqiladi  va  bundan 

keyingi mo‘ljallangan maqsadlarga erishish strategiya va  taktikasi ishlab chiqiladi. 

Buxgalteriya  hisobining 



hisob    funksiyasi

  korxona  xo‘jalik  faoliyatining  hujjatlar  asosidagi 

yalpi uzluksiz, o‘zaro bog‘langan ifodasidir. 

Hisobning  yuqoridagi  vazifa  va  funksiyalarini  muvaffaqiyatli  bajarilishida  uning  oldiga  bir 

qancha talablar qo‘yiladi. Bu talablarga reja ko‘rsatkichlarini hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash 

mumkinligi,  ularning  aniqligi  va  to‘g‘riligi,  to‘laligi  va  o‘z  vaqtida  bajarilishi,  ravshan  va 

hammabopligi, rejaliligi va arzonligi kabi talablari kiradi. 

Reja  ko‘rsatkichlarini  hisob  ko‘rsatkichlari  bilan  taqqoslash  mumkinligi

  shartnomadagi  reja 

topshiriqlarining bajarilishini  tekshirishga imkon beradi.  Chunki,  bu  ma’lumotlar  bir xil  bo‘lmasa, 

ularni solishtirish imkoni bo‘lmaydi. Masalan,  rejadagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (navi, turi, 

bahosi,  miqdori,  vaqti  va  shu  kabi)  hisobdagi  xuddi  shu  moddalari  bo‘lmasa,  bu  moddalarni  bir 

biriga umuman taqqoslash, ularning farqlarini sabablarini aniqlab bo‘lmaydi. 



Hisob  ma’lumotlarining  aniqligi  va  to‘g‘riligiga

  sodir  bo‘ladigan  xo‘jalik  muomalalari 

qanday bo‘lsa shundayligiga aks ettiriladi. Hisob ma’lumotlarining to‘g‘ri ko‘rsatilishi buxgalteriya 



 

12 


hisobi  to‘g‘risidagi  qonun  bilan  muhofaza  qilinadi.  («Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘rsida»gi  qonun  6  - 

modda). 


Hisob ma’lumotlarining to‘laligi va o‘z vaqtida bajarilishi

 hisob xo‘jalik jarayonining hamma 

tomonini egallashi va  bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi kerak. Ma’lumotlar qat’iy o‘rnatilgan 

muddatda berilishi kerak. Qachonki hisob o‘z vaqtida va to‘liq olib borilsagina, xo‘jalik yurituvchi 

subyekt faoliyatiga to‘g‘ri rahbarlik qilish,  kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, yashirin zahiralarni 

qidirib topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 



Hisobning  ravshan  va  hammabopligi

.  Hisob  ma’lumotlari  faqat  hisob  xodimlarigagina 

tushunarli bo‘lib qolmay, balki butun mehnatkash ommaga tushunarli bo‘lishi kerak. Buning uchun 

hisob ko‘rsatkichlari sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Ravshan va hammabop tarzda olib borilgan 

hisob  subyektni  ta’sis  etuvchisi  va  qatnashuvchilarini  ishlab  chiqarishni  boshqarishga  keng  jalb 

qiladi. 


Hisobning  rejaligi  va  arzonligi

.  Hisobni  rejaligi  olib  borish  va  arzonga  tushirish  uchun  hisob 

apparatini qisqartirish, hisob ishlarini to‘la avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, zamonaviy hisob 

shakllari  va  buxgalterning  avtomatlashtirilgan  ish  joylarini  qo‘llash,  hisob  xodimlarining  sonini 

kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirib, markazlashgan ish joylarini tashkil etish kerak. 

1.2. 


Xo‘jalik hisobining turlari

 

Xo‘jalik  faoliyati  juda  murakkab  ko‘p  qirralidir.  Bunday  sharoitda  xo‘jalik  yurituvchi 



subyektlarda va butun xalq xo‘jaligida ro‘y beradigan turlicha xo‘jalik faoliyatlari va muomalalarini 

qamrab  oladigan,  halq  xo‘jaligiga  rahbarlik  va  uni  boshqarish  uchun  zarur  ma’lumotlar  bilan 

ta’minlay oladigan hisobning yagona tizimi talab qilinadi. Hisobning bu tizimiga operativ texnika 

hisobi, buxgalteriya hisobi va statistik hisoblar kiradi. Bu uchala hisob turi birgalikda 



halq xo‘jaligi 

hisobi

 deb ataladi. Bu uchta hisobning har biri o‘z aniq obyekti, vazifalari va xususiyatlariga ega. 



Operativ  (operativ  –  texnika  yoki  tezkor  hisob

)  hisob  ma’lum  xo‘jalik  jarayoni  va 

operasiyalari  haqidagi  ma’lumotlarni  ular  yuz  bergan  joyning  o‘zida  kechiktirmay  tezda  yetkazib 

berish, joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir. Xo‘jalik operasiyalarini amalga oshirishda bu hisob 

yordamida  reja  ko‘rsatkichlari  haqiqatda  erishilgan  ko‘rsatkichlar  bilan  son  va  sifat  jihatdan 

solishtiriladi. 

Operativ(tezkor)  hisobning  xususiyatlaridan  biri  shundaki,  uning  yordamida  xo‘jalikning 

hamma tomoni emas, balki ba’zi bir ko‘rsatkichlarigina nazorat qilib boriladi.  Ikkinchi xususiyati 

esa – bu hisob ma’lumotlari xo‘jalik faoliyati va operasiyalarini kuzatish natijasida olinadi. Ularni 

maxsus hujjatlarda qayd qilish shart emas. Ular og‘zaki, telefon, faks yoki telegraf orqali  berilishi 

ham mumkin. Operativ hisob yordamida mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, mehnatga 

haq  to‘lash  fondining  kundalik  sarfi,  mol  yetkazib  beruvchilar  bilan  tuzilgan  shartnoma 

shartlarining  bajarilishi,  ishchi  va  xizmatchilarning  ishga  o‘z  vaqtida  kelishlari  to‘lov  muddatlari 



 

13 


bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi va boshqa shu kabi ma’lumotlar olinadi. Xo‘jalikda, asosan 

operativ rejalashtirish va operativ rahbarlik qilishda operativ(tezkor) hisobdan foydalaniladi. 



Statistik hisob

–ommaviy ijtimoiy xodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimidir. 

Statistika ijtimoiy hayotda ro‘y beradigan ommaviy va ayrim tipik hodisalarni miqdor va sifat 

jihatidan aks ettiradi. U faqat xo‘jalik jarayonlarinigina emas, balki jamiyat hayotidagi madaniy va 

siyosiy hodisalarni o‘rganish, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ham o‘z ichiga oladi. 

Statistik  hisob  tegishli  usullardan,  masalan,  statistik  kuzatish,  statistik  yig‘ish,  statistik 

guruhlash,  o‘rta  miqdorni  olish  va  boshqalardan  foydalanib,  jamiyat  xo‘jalik  faoliyati 

rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini  aniqlaydi. Statistik  hisob  ishlab chiqaruvchi  kuchlar, ishlab 

chiqarish  munosabatlari  va  jamiyat  hayotidagi  siyosiy  va  madaniy  jarayon  rivojlanishining 

miqdoriy  ko‘rsatkichlarini  beradi.  Shuning  uchun  ham  xalq  xo‘jalik  hisobi  tizimi  statistik  hisob 

talablariga mos holda umumiy metodologiya asosida yuritiladi. 

Statistikada  buxgalteriya  va  operativ–texnika  hisobi  ma’lumotlaridan  foydalaniladi.  Statistik 

hisobning  asosiy  manbai  hisobot  ma’lumotlari  hisoblanadi.  Statistika  hisobotining  maxsus 

shakllarida  mehnat  hajmi  (miqdori)  va  sifati,  ishlab  chiqarishda  sarflangan  mehnat  va  uning 

unumdorligi,  ish  haqi,  subyektlarda  ishlovchi  xodimlarning  soni,  ishlab  chiqarilgan  mahsulotning 

tannarxi va shu kabi ma’lumotlar aks ettiriladi. Statistik hisobning boshqa turlari kabi xalq xo‘jaligi 

hisobi  tizimida  muhim  o‘rin  tutadi.  Undan  hisobning  boshqa  turlari  singari  xalq  xo‘jaligi 

rejalarining  bajarilishi  to‘g‘risida  ma’lumot  olish,  rejani  tuzish,  ichki  zaxiralarni  aniqlab  ularni 

ishlab chiqarishga joriy etishda keng foydalaniladi. 

Buxgalteriya  hisobi

  –bu  xo‘jalikda  bo‘lib  o‘tadigan  hodisa,  voqea,  jarayonlar  va  xo‘jalik 

muomalalarini miqdor va sifat jihatdan hisobga olib borish tizimidir. 

Buxgalteriya  hisobi

  –  bu  kundalik  va  umumiy  ma’lumotlar  olish  maqsadida  xo‘jalik 

yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan 

iboratdir.  

Buxgalteriya  hisobining  xalq  xo‘jaligidagi  muhim  ahamiyatini  e’tirof  etgan  holda  uning 

qo‘yidagi  xususiyatlarini  ta’kidlash  mumkin.  Buxgalteriya  hisobi,  birinchidan,  xo‘jalik  yurituvchi 

subyekt  mablag‘larining  joylashuvi  va ularning tashkil  topish  manbalarining o‘zgarishlariga sabab 

bo‘luvchi barcha xo‘jalik jarayoni va muomalalarini yoppasiga qayd qiladi; ikkinchidan, bu jarayon 

va  o‘zgarishlar  ikki  yoqlama  yozish  usuli  bilan  muntazam,  uzluksiz  va  o‘zaro  bog‘langan  holda 

qayd  qilinadi;  uchinchidan,  yozuv  faqat  hujjatlargagina  asoslanadi;  to‘rtinchidan,  hamma  xo‘jalik 

operasiyalari buxgalteriya hisobida pul ifodasida aks ettiriladi. 

Buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlaridan

 

foydalanuvchilarning

  quyidagi  ikki  asosiy    guruhi 

mavjud: 


-

 

Tashqi foydalanuvchilar; 




 

14 


-

 

Ichki foydalanuvchilar. 



Ichki foydalanuvchilari, ya’ni korxonaning boshqaruv xodimlari ishlab chiqarish va moliyaviy 

xarakterdagi turli qarorlarni qabul qiladi. Hisobot  

asosida  subyektning  keyingi  yilgi  moliyaviy  rejasi  tuziladi,  mahsulot  sotishni  ko‘paytirish 

yoki  kamaytirish, sotiladigan tovarlar narxlari,  korxona resurslarini investisiya qilish  yo‘nalishlari 

kreditlarni jalb qilishning maqsadga muvofiqligi kabi qarorlar qabul qilinadi. 

       Moliyaviy  va  boshqaruv  hisobi  moliyaviy  ma’lumotlaridan  foydalanuvchilar  turli    guruhining 

mavjudligi, buxgalteriya hisobining yagona tizim sifatida ikki bo‘linishga olib keldi: 

1.

 



Moliyaviy hisob; 

2.

 



Boshqaruv hisobi. 

Moliyaviy hisob

 – Korxona faoliyati to‘g‘risida buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan tashqi va 

ichki foydalanuvchilar uchun umumlashgan holda ma’lumot beradigan hisob turi. 


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə