Magistral gazquvurning texnologik loyihasi Reja: Gaz taqsimlash tizimining tasnifi va vazifalari



Yüklə 257,98 Kb.
səhifə1/7
tarix27.12.2023
ölçüsü257,98 Kb.
#161781
  1   2   3   4   5   6   7
Magistral gaz quvurining texnologik loyihalash


Magistral gazquvurning texnologik loyihasi
Reja:
1.Gaz taqsimlash tizimining tasnifi va vazifalari
2.Gazoregulyator punktlarining va gaz taqsimlash stansiyalarining sxemasi va asbob-uskunalari
3.Gaz taqsimlash stansiyasini avtomatlashtirish
Kirish
Neft va gaz insoniyat tomonidan iste’mol qilinadigan asosiy yoqilg‘ilardan biri hisoblanadi. Neft nisbatan juda uzoq muddat davomida qazib olinadi va foydalanib kelinmoqda, lekin neft konlarini jadal sanoat miqyosida ishlatish ХIХ–asrning oxirida ХХ–asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Neft qazib olish hajmi va o‘sish ko‘rsatgichi bo‘yicha hozirgi vaqtda Rossiya davlati dunyoda birinchi o‘ringa chiqqan.
Olimlar neftni qazib olishning zamonaviy texnikalarini va texnologiyasini yaratish bo‘yicha o‘lkan hissalarini qo‘shganligi bugun-gi kunda Rossiya, Qazog‘iston va boshqa davlatlarda shu jumladan respublikamizda ham neft va gazni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi taraqqiyotdan ko‘rinib turibdi.
XX asrning oxirida neft va gazga hamda uning iste’moliga bo‘lgan talabning keskin oshganligini tavsiflash mumkin. Hozirgi vaqtda energiya iste’molining 70% dan ko‘p qismi neft va gaz hisobiga qoplanadi. Dunyoda neftni va gaz zahiralarining chegaralan-ganligini hisobga oladigan bo‘lsak, energetikadagi muammolarni hal qilish atom va termoyadro asoslari bilan bog‘liqdir *.
Shu bilan birgalikda neft va gazdan xom-ashyo sifatida neftkimyo sanoatida keng foydalanilmoqda (buni Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi misolida ko‘rish mumkin), undan sun’iy oqsillarni, formatsevtik preparatlarni, plastmassa va boshqalarni olish mumkin.
Neft qazib olish hajmini kengaytirish uchun yangi konlarni ishlatishga kiritish zarurdir. Bugungi kunda og‘ir neft mahsulotlariga bo‘lgan talab juda yuqoridir. Shuning uchun og‘ir neftlarni qazib olish va uning tarkibidagi bitumni ajratib olish uchun ko‘pgina ishlarni amalga oshirish zarur hisoblanadi. Agar oddiy neftning qovushqoq-ligi 5-10 mPa·s. dan oshmasa, og‘ir neftning qovushqoqligi 0,05-1 Pa·s.ga teng bo‘lganda, bitumning qovushqoqligi 10°C da 103 Pa·s. ni tashkil qiladi.

Yüklə 257,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə