Magistral gazquvurning texnologik loyihasi Reja: Gaz taqsimlash tizimining tasnifi va vazifalari


Gaz taqsimlash tizimining tasnifi va vazifalari



Yüklə 257,98 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü257,98 Kb.
#161781
1   2   3   4   5   6   7
Magistral gaz quvurining texnologik loyihalash

1.Gaz taqsimlash tizimining tasnifi va vazifalari
Magistral gazquvur tabiiy yoki hamrox neft gazlarini gaz yoki neft konlaridan iste’molchilarga tashishga mo‘ljallangan qurilmalar majmuidir (shahar, poselka, sanoat korxonalari, elektrostansiya).
Magistral gazquvurlarning uzunligi bir necha o‘n kilometrdan bir necha ming kilometrga yetishi mumkin. Ularning diametri 150 dan 1000 mm gacha bo‘lishi muumkin. Gazquvur bo‘yicha gazlarning harakat qatlam bosimi yoki gazquvur bo‘yicha joylashtirilgan kompressor stansiyasi yordamida amalga oshiriladi. Magistral gazquvur murakkab qurilmalardan tashkil topgan va ular tarkibiga quyidagilar kiradi (1-rasm):

  • bosh qurilma;

  • po‘lat quvuruzatgich tarmoqlari bilan;

  • kompressor stansiyasi (KS) (28- rasm);

  • gaz taqsimlash stansiyasi (GRS) (29-rasm);

  • liniyali ta’mirlash uyi va falokat ta’mirlash punkti (ARP);

  • liniyali va statsionar aloqa qurilmasi;

  • katodli, protektorliva drenajli himoyalash qurilmasi;

  • qo‘shimcha qurilmalar.


1-rasm. Magistral gazquvurning sxemasi: 1-gaz to‘plash to‘ri (set); 2-gaz to‘plashning kon punkti; 3-bosh qurilmalar; 4-kompressor stansiyasi; 5-gaz taqsimlash stansiyasi; 6-yer osti inshooti; 7-magistral gazquvur; 8-magistral gazquvurlardan tarmoqlar; 9-liniyali armatura;
10-suv to‘sig‘i orqali o‘tish.

2-rasm. Kopressor stansiyasining texnologik sxemasi: 1-magistral gazquvur; 2-kran;
3-baypas liniyasi; 4-chang tutkich; 5-gaz haydash agregati; 6-puflash svechasi; 7-AVO gaz; 8-teskari klapan.

3-Gaz taqsimlash stansiyasining sxemasi: 1-kirish quvuruzatgichi; 2-filtr; 3-gaz isitkich; 4-nazorat klapani; 5-bosim regulyatori; 6-gaz sarflagichi (rasxodometr); 7-odorizator; 8-chiqish quvuruzatgichdi; 9-manometr; 10-baypas.
Bosh qurilmadan keyin tozalangan va quritilgan gaz magistral gazquvurga o‘tadi. Magistral gazquvur o‘zgarmas va o‘zgaruvchan diametrga ega bo‘lishi mumkin. Ular bir trassa bo‘yicha parallel yotqizilgan bir yoki bir-necha gazquvurlardan tashkil topishi mumkin. Gazning ishchi bosimiga qarab magistraal gazquvur past, o‘rtacha va yuqori bosimgacha (64 kg/sm2) bo‘lishi mumkin.
Trassa bo‘yicha gazquvurning ayrim joylarini to‘xtatish uchun har 20-25 km da to‘xtatish armaturasi (liniyali kran yoki lukidon) o‘rnatiladi. Undan tashqari to‘xtatish qurilmalari gazquvurlarning hamma tarmoqlariga ham o‘rnatiladi. Liniyali kran yaqiniga puflash (produvka) svechasi joylashadi. Gazquvur trassa bo‘yicha har 20-25 km da liniyali ta’mirlash uyi joylashadi.
Daryo botqoqlik, sun’iy qurilmalar, og‘ir iqlimiy sharoitlar mavjud bo‘lganda liniyali ta’mirlash uyi ko‘proq (zichroq) joylashtiriladi. Liniyali ta’mirlovchilar yaqin kompressor stansiyalar bilan telefon orqali aloqada bo‘ladi. Quvurlar metallarini korroziyadan himoyalash uchun katod yoki protektor himoyalashlar, tokdan himoyalash uchun esa elektrodrenaj himoyalash usuli qo‘llaniladi.
Gazlarning haydash xizmatini tashkil etish uchun gazquvur bo‘yicha selektor yoki yuqori chastotali aloqa qurilmasi o‘rnatiladi. 4-rasmda magistral gazquvur sxemasi berilgan. Odatda, gazquvur va uning tarmoqlari gaz taqsimlash stansiyalari bilan tugallanadi.

4-rasm. Magistral gazquvurning sxemasi: GSS-gaz to‘plash to‘ri; GKS-bosh kompressor stansiyasi; GRS-gaz taqsimlash stansiyasi; KS-oraliq kompressor stansiyasi; GX-yer osti gaz saqlash inshooti;

Yüklə 257,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə