Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə2/17
tarix26.08.2018
ölçüsü3,2 Mb.
#64802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

I.ISHCHI DASTUR


  • Kirish

  • O‘zbekistonning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi tufayli halqimizning asriy orzusi ushaldi, o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi yaratadigan bo‘ldi. Tarixan qisqa davrda jamiyatimiz ijtimoiy – siyosiy hayotining barcha sohalarida keskin burilish yasaldi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator islohatlar o‘tkazildi. Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, halqimiz ma'naviyatini asrash va yanada yaksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta'siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini har tomonlama va chuqur tadqiq etish, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak avlodga haqiqiy tariximizni o‘qitish orqali ularni yuksak ma'naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

  • - insonning tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi faoliyatini hamda kishilarning ma’naviy turmushiga oid barcha jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat;

  • - Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham bajaradi;

  • - Madaniyatshunoslik tinglovchilarni turli tarixiy davrlar madaniyatlari va sotsial guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi to‘g‘risidagi bilimlar bilan boyitadi. Tarixiy va gumanitar bilimlarni tartibga keltiradi, ijtimoiy turmush voqeliklarini yagona mazmun asosida anglashga yordam beradi. Ko‘plab betakror va mustaqil madaniyatlardan tashkil topgan jahon sivilizatsiyasining birligi va xilma-xilligini ko‘rsatadi;

  • - Madaniyatshunoslik fanining yana bir muhim vazifalaridan biri – bu kishilarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir. Madaniyatshunoslik yangi ma’lumotlar berish bilan birga, yoshlarda madaniyat voqeliklari bilan munosabatda bo‘lish malakasini hosil qiladi.

  • - Madaniyatshunoslik talabalarda jahon madaniyati va uning tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zbekiston madaniyatini rivojlanish tarixi, xususiyatlari, o‘zaro aloqadorligi, muammolari va istiqbollari to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan birga, ayni paytda, milliy madaniyatga va o‘zga millatlar madaniyatlariga, qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalashda, madaniyat yodgorliklariga ijobiy munosabatda bo‘lishida, ma’naviy jihatdan rivojlanishiga ko‘maklashadi.



  • Madaniyatshunoslik fanining maqsadi va vazifalari

  • Madaniyatshunoslik faninin o‘qitish talaba yoshlar jahon va vatan madaniyati, tarixi bilan bog‘liq boy materiallarni mustaqil tahlil etish tafakkur mustaqilligi, tarixiy ong, asl ziyolilikni shakllanishi, mustaqilligi, tarixiy ong, asl ziyolilikni shakllanishi, millatimiz mentalitenining yuksalishga yo‘naltirilganligini tadqiq qiladi.

  • Bu fanning asosiy vazifasi turli tarixiy davrlar madaniyatlari va sotsial guruhlarning urf - odatlari turmush tarzi to‘g‘risidagi bilimlar bilan boyitadi. Madaniyatshunoslik talabalarga jahon madaniyati va uning tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zbekiston madaniyatini rivojlanish tarixi xususiyatlari, o‘zaro aloqadorligi muammolari va istiqbollari to‘g‘risida bilim ko‘nikma va malakalarni berish bilan ayni paytda milliy madaniyatiga va o‘zga millatlar madaniyatiga qadriyatlariga ularni xurmat ruhida tarbiyalashga ijodiy munosabatda bo‘lishlarida ma'naviy jihatdan riv

  • Madaniyatshunoslik fani bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar



  • Madaniyatshunoslik o‘quv fanini o‘rganish jarayonida amalga oshirildigan masalalar doirasida talaba:

  • -talaba umuminsoniy va milliy qadryatlar to'g'risida chuqur ilmiy nazariy bilim malaka va ko'nikmalarini egallashi lozim

  • -talabalardan jahon madaniyatining ajralmas qismi bo'lgan O'zbekiston xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan ulkan xissasini bilishi, undan faxrlanish ko'nikmasi va tuyg'usini o'z ongida mujassamlashtirishlari ajdodlar merosini saqlash o'rganish malakalariga ega bo'lishi kerak;

  • - ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘lishi, ularning ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanish xis – tuyg‘usiga ega bo‘lishi zarur;

  • - O‘zbekistonda davlat mustaqiligining qo‘lga kiritilishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, yangilanish va modernizatsiya jarayonlari haqida to‘laqonli bilimga ega bo‘lishi kerak;

  • -Madaniyatshunoslik fani bo'yicha tizimli bilimlarga ega bo'lishi, fan haqida umumiy tushuncha, tasavvur va bilimga ega bo'lishi va zamonaviy ilmiy asoslarda ularda hayotiy va kasbiy faoliyatida foydalana olishi zarur.



  • Madaniyotshunoslik fanining o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatidan ketma-ketligi.

  • Madaniyatshunoslik fani – falsafa, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, siyosatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, etika va estetika, ma’naviyat va ma’rifat asoslari. O‘zbekiston tarixi kabi fanlar bilan uzviy aloqada o‘rganiladi.



  • Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

  • O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta'lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma'ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul'timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.

  • “Madaniyatshunoslik” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

  • Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

  • Tizimli yondoshuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

  • Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

  • Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

  • Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

  • Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qarati.

  • Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni o'ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.

  • Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

  • O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta'lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

  • O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

  • O‘qitish vositalari: o‘qitishning an'anaviy shakllari (darslik, ma'ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

  • Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

  • Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

  • Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

  • Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

  • “Madaniyatshunoslik” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “yexcel” elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.



    1. t/r

    1. Mavzular nomi

    1. Jami

    2. soat

    1. Ma'ruza

    1. Amaliy mashg‘ulot

    1. TMI

    1. Jami

    1. 1

    1. Madaniyatshunoslik fanining predmeti va vazifalari.Madaniy taraqqiyotning qonuniyatlari

    1. 4

    1. 2

    1. 2

    1. 6

    1. 10

    1. 2

    1. Qadimgi davr madaniyati.

    1. 8

    1. 4

    1. 4

    1. -

    1. 8

    1. 3

    1. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati

    1. 4

    1. 2

    1. 2

    1. 4

    1. 8

    1. 4

    1. Dunyoviy va diniy mdaniyat

    1. 4

    1. 2

    1. 2

    1. 6

    1. 10

    1. 5

    1. Temur temuriylar davri madaniyati(XIV asrning ikkinchi yarmi-XV asr)

    1. 4

    1. 2

    1. 2

    1. -

    1. 4

    1. 6

    1. XVI-XIXasr birinchi yarmida mintaqa xalqlari madaniyati.

    1. 4

    1. 2

    1. 2

    1. 4

    1. 8

    1. 7

    1. Mustaqillik va madaniy taraqqiyot

    1. 4

    1. 2

    1. 2

    1. 6

    1. 8

    1. 8

    1. Texnogen madaniyat

    1. 4

    1. 2

    1. 2

    1. -

    1. 8



    1. Jami

    1. 36

    1. 18

    1. 18

    1. 26

    1. 62



  • Madaniyatshunoslik” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:

  • Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

  • Asosiy qismda (ma'ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak.

  • Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘ngti yutuqlari e'tiborga olinishi tavsiya etiladi

  • Ma'ruza mashg‘ulotlari

  • Madaniyatshunoslik fanining predmeti va vazifalari Madaniy taraqiyotning qonuniyatlari

  • Shaxs va jamiyat hayotida madaniy taraqqiyot masalalarini o‘rga-nishning zarurligi, kursning maqsadi, tadqiqot predmeti va vazifasi. Madaniyatshunoslik kursining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o‘rni, o‘ziga xosligi va amaliy ahamiyati.

  • Madaniyatshunoslik tarixida "Madaniyat" tushunchasining talqini. "Madaniyat" tushunchasining kelib chiqishi va uning ma'no tizimi. qadimgi va o‘rta asrlar fanida "Madaniyat" tushunchasining ta'rifi. Yangi davr falsafasida "Madaniyat" tushunchasi. "Madaniyat" tushunchasini ta'riflashga gnoseologik, akseologik, onotologik va semiotik jihatdan yondashish. Hozirigi zamon ilmi nazarida "Madaniyat"ning talqini. Madaniyat ijtimoiy hodisa sifatida. Moddiy va ma'naviy madaniyat. Ma'naviy madaniyatn ing tarkibiy tuzilishi. ojlanishlarida ko‘maklashadi.

  • Qo'llaniladigan ta'lim texnalogiyalari: diologik yondashuv muammoli ta'lim, aqliy hujum, T-sxemasi, o'z-o'zini nazorat.

  • Milliy madaniyatlarning rivojlanishining nazariy masalalari (4 soat)

  • Jahon madaniyati bosqichlari (4 soat)

  • Adabiyotlar A1,A2,A3,A4,

  • Qadimgi davr madaniyati. Qadimgi Sharq madaniyatining tarixiy va davriy chegaralari. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi rivojidagi umumiylik va o‘ziga xos hususiyatlar, ularning jahon madaniyati tarixidagi o‘rni. Qadimgi Sharq madaniyatida an'analarning o‘rni va ahamiyati. Qadimgi Sharq dunyoqarashining o‘ziga xosligi. Madaniyatning eng qadimgi o‘chog‘i - qadimgi Messopotamiya jamiyatlari madaniyati. Yozma ilmiy va san'atga oid yodgorliklar (mixxat, zikkurat, matematika va astronomiya, "Gilgamish" haqidagi doston). Jahon madaniyatida Messopotamiya madaniyatining o‘rni va ahamiyati.

  • Qadimgi Misr madaniyatining shakllanish davri. Misr madaniyatida din, unga e'tiqodning belgilovchi o‘rni. Misrliklarning narigi dunyodagi hayot haqida tasavvurlari. Qadimgi Misr yozuvi, fani va san'ati: ehromlar, ibodatxonalar, rassomchilik, tibbiyot, ieroglif bitiklar, adabiy asarlar. Jahon madaniyati rivojlanishida qadimgi Misr madaniyatining o‘rni.

  • Qadimgi Hindiston madaniyati. Qadimgi xindlarda diniy dunyoqarash va ta'limotning o‘ziga xosligi. Braxmanizm-jamoani tabaqalashtirish. Birinchi jahon dini - Buddizmning shakllanishi. Moxinjo-Daro va Xarappa sivilizatsiyasi. Hind falsafasi va fanining hususiyatlari. San'at va adabiy asarlar (zinapoyasimon tosh ibodatxona, tasviriy san'at va xaykaltaroshlik, "Vedalar", "Mahobhorat", "Ramayana", "Panchatantra", dramaturgiya). Hindiston sivilizatsiyasining "oshkoraligi" va boshqa xalklar madaniyatlariga ta'siri.

  • Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi vujudga kelishining shart-sharoitlari va o‘ziga xos xususiyatlari. Xitoy madaniy dunyosining biqiqligi. Konfutsiychilik, daosizm, moizm va legizm kabi falsafiy ta'limotlarining paydo bulishi. Xitoy madaniyatining ijtimoiy-ahloqiy mazmuni. Yozuv, adabiyot, san'at yodgorliklari. Buyuk Xitoy devori. Buyuk ipak yo‘li. Xitoy madaniyatining qo‘shni xalqlarga ta'siri.

  • Qadimgi madaniyatni cho‘qqisi bo‘lmish Antik madaniyatning jahon madaniyatidagi o‘rni. qadimgi Yunon sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari. Antik madaniyatda yangi shakldagi (ilmiy mantiq) fikrlashning vujudga kelishida siyosiy tuzumdagi demokratik jarayonning ta'siri. Antik davr falsafasi va dinining qadimgi Sharqqa nisbatan o‘ziga xosligi. Yunon afsonalari, Yunon madaniyatining plastik (nafis) xususiyatlari. Tasviriy san'at, me'morchilik, teatr, sportning antik madaniyatdagi o‘rni.

  • Qadimgi Lotin madaniyati. Qadimgi rimliklarni dunyoni idrok etish xususiyatlari. Respublika va Imperiya davri madaniyati. Tamoshalar va diniy e'tiqodlar. Qadimgi rimliklarning harbiy san'ati. Rim huquqi. Rimliklarning muhandislik inshootlari. Xaykaltaroshlik, me'morlik. Ellinistik madaniyatning Qadimgi Lotin madaniyatga ta'siri. Sharqdagi ellinistik markazlar. Antik madaniyat inqirozi va xristianlikni vujudga kelishi.

  • Qo'llaniladigan ta'lim texnalogiyalari: diologik yondashuv muammoli ta'lim, aqliy hujum, T-sxemasi, o'z-o'zini nazorat.

  • Adabiyotlar A1,A2,A3,A4,

  • Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa tuzumi. Tosh davri yodgorliklari. Markaziy Osiyo madaniyati shakllanishining tabiiy-iqlimiy va etnik shart-sharoitlari. Markaziy Osiyo madaniyati tarkibida turli xil madaniy jarayonlarning vujudga kelishi. (Ziroatkor va kuchmanchi chorvador xalkdar). Milodsan avvalgi III-II ming yilliklarda madaniy jarayonlarni o‘z davriga xos shakllanishi. Bronza davrida qadimgi dehkrnchilik va chorvador kuchmanchilar madaniyatining aloxida hududlarda ajralib rivojlanishi. Ilk davr shahar madaniyatining vujudga kelishi. Ol-tintepa. Sopollitepa. qadimgi qabilalar madaniy aloqalarning yunatishlari, madaniy hayotni afsona va rivoyatlarda ifodalanishi. Diniy etiqodlar, Zardushtiylik va "Avesto".

  • Ellin madaniyatining Sharqqa kirib kelishi. Yunon-Baqtriya podsholigi madaniy yodgorliklari. Eski va Yangi NISO. Monumental me'morchilik. Parfiya davlatining qo‘shni mamlakatlar bilan madaniy aloqalari.

  • Qushonlar davrida Baqtriya madaniyati. Buddizm yodgorliklari. Amaliy san'at. “Buyuk ipak yo‘li" - g‘arb va Sharq xalqlari o‘rtasida madaniy ko‘prik. Qadimgi Xorazm madaniyati. Me'morchilik va tasviriy san'at. Xalq og‘zaki ijodi va yozuvning paydo bo‘lishi.

  • Qo'llaniladigan ta'lim texnalogiyalari: diologik yondashuv muammoli ta'lim, aqliy hujum, T-sxemasi, o'z-o'zini nazorat.

  • Markaziy Osie xalklarining V-VIII asrlardagi madaniy va iktisodiy xaeti (2 soat)

  • Adabiyotlar A1,A2,A3,A4,



  • Dunyoviy va diniy madaniyat. Markaziy Osiyo Rennessansi va uni davrlashtirish muammolari. IX-XI asrlarda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda yuz bergan o‘zgarishlar. Xalifalik tasarrufida bo‘lgan Movarunnaxrda Islom madaniyatining shakllanishi. Bovdod va boshqa madaniyat markazlari bilan Movarunnaxr shaharlarining aloqalari. Ma'mun akademiyasi. Markazlashgan davlatlar-somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va xorazm-shohlar davrida shaharlarning madaniy markazga aylanishi. Markaziy Osiyo san'atida arab xalifaligi va mahalliy madaniy oqimlarning o‘zaro sintezi-jarayonining kuchayishi. Tabiiy, falsafiy-axloqiy va diniy-tasavvufiy fanlarning taraqqiy qilishi. Al-Xorazmiy, Farobiy, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy, Maxmud Koshgariy, Yusuf Xos Xojib, Ismoil Buxoriy, Iso Termiziy, Boyazid Bistomiy, Mansur Xalloj, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro kabi allomalarning qarashlari va ularning jahon ilm-fanida tutgan o‘rni. Me'morchilik va tasviriy san'atdagi uslubiy o‘zgarishlar: Madrasa, masjid, maqbara xonaqoxlar, karvonsaroy, rabot, tim kabi maishiy savdo hamda muhofaza qurilishlari va ularning uslublari. Gumbazli-qubbali usulning yaratilishi, me'morchilikda geometrik uyg‘unlik va matematik mutanosiblik qonuniyatlarining amal qilishi. Monumental tasviriy san'atning rivojlanishida yogoch va ganch o‘imakorligi. Geometrik, o‘simliksimon va epigrafik-arabcha bitiklarning naqshiy dekor sifatida qo‘llanilishi IX-XII asrlar me'moriy yodgorliklari. Buxorodagi samoniylar maqbarasi. Timdagi Arab Ota maqbarasi, Karmana shahri yaqinidagi Raboti Malik, Termizdagi Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Samarqanddagi Shoxi Zinda ansambli. Amaliy san'atning kulolchilik, to‘quvchilik singari shakllarini rivojlanishi.

  • Qo'llaniladigan ta'lim texnalogiyalari: diologik yondashuv muammoli ta'lim, aqliy hujum, T-sxemasi, o'z-o'zini nazorat.

  • Yevropa xalqlari madaniyati (4 soat)

  • Adabiyotlar A1,A2,A3,A4,

  • Yüklə 3,2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə