Madaniy taraqqiyot muammolari


 Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix25.05.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#87876
1   2   3   4   5   6   7   8
4. Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi. 
O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov davlat rahbari sifatida o’z faoliyatini 
boshlagan dastlabki davrda, Ittifoqning sport sohasidagi markazlashgan siyosatidan holi ravishda, 
o’zbek sportini mustaqil va jadal rivojlantirish harakatlari boshlandi.
1990 yil 24 mart kuni Oliy Kengashning birinchi sessiyasida Islom Karimov 
"Bundan
buyon 
barcha rejalarimizda madaniyat, ma‟rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar 
qatoridan joy olishi lozim" 
(Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada
 
chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatani shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining aso-siy mezonidir. 19 j. -T.: 
O’zbekiston, 2011. B. 96-97.), deb ta‘kidlagan edi.
Albatga, bu davr tarixini o’rganish uchun o’tgan davrga ham nazar tashlab, haqqoniy baho 
berish kerak bo’ladi. O’rta Osiyo hududida jismoniy tarbiya va sport qadimdan rivojlanib kelgan 
va ular asosan aholining turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan. Dastlabki jismoniy harakatlarga 
tayyorgarlik o’zini, oilasini, Vatanini himoya qilish bilan bog’liq bo’lib, ulardan harbiy mudofaa 
maqsadida foydalanilgan. Mahalliy aholi orasida hozirgi ko’rinishdagi sport turlari uchramasa-da, 
milliy bayram va to’y-tomoshalarda erkaklar o’rtasida o’ziga xos musobaqalar tashkil etilgan. 
Xalq milliy o’yinlari (ko’pkari, uloq, chovgon, dorbozlik, kurash) bugungi kunga asl holicha yetib 
keldi.
Aholining salomatligini yaxshilash, o’quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy 
barkamolligini ta‘minlash, iqtidorli sportchilarning mahoratini davr talabi va xalqaro andozalar 
asosida takomillashtirib borish, shuningdek, ziyolilarning ish qobiliyati va mehnat unumdorligini 
oshirish, eng muhimi, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, sog’lom avlodni tarbiyalashga 
alohida e‘tibor berildi.
Respublikada sport sohasini rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlarning bosh maqsadi aholi 
barcha qatlamlarining jismoniy tarbiyaga qiziqishini oshirish va zarur shart-sharoitlar yaratish, deb 
belgilandi. Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki, u inson 
salomatligini mustahkamlash, yosh avlodning jismoniy barkamolligi hamda sport mahoratini 
oshirishning muhim omili hisoblanadi. Uning tarixiy xususiyati esa ta‘lim-tarbiya va ijtimoiy 
turmushdagi afzalliklarni yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi muhim jarayon ekanligida. 
1-bosqichda, 1991-2001 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan 
tegishli qonunlar, Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Ularda 
jismoniy tarbiya va sportning huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy asoslari belgilanib, sport turlarini 
rivojlantirish chora-tadbirlari ko’rsatib berildi. Chunonchi, jismoniy tarbiya va sportni 
boshqarishning tashkiliy asoslari takomillashtirildi. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi hamda 
sport turlari bo’yicha federatsiyalar tashkil etildi, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, ommaviy 
sport, milliy sport turlari va o’yinlari rivojlantirildi. Respublikamizda MDHga a‘zo davlatlar 
ichida birinchilardan bo’lib, 1992 yil 14 yanvarda O’zbekiston Respublikasining Jismoniy tarbiya 
va sport to’g’risidagi Qonuni qabul qilindi. 1999 yil 27 mayda Vazirlar Mahkamasining 
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 
Qarori qabul qilindi. Unda joylarda aholi salomatligini yaxshilash maqsadida sport-
sog’lomlashtirish klublari tashkil etish, ularning faoliyatiga sportning ommaviy, milliy turlari va 
xalq o’yinlarini keng joriy etish belgilandi.
Shu yillarda ommaviy sport turlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor berila boshlandi. 
Xususan, 1992 yildan milliy kurash bo’yicha jahon chempionatlari, 1994 yildan tennis bo’yicha 
Prezident kubogi xalqaro turniri, 1996 yildan Toshkent Open xalqaro ayollar turniri, shuningdek, 
Farg’ona, Samarqand, Guliston, Buxoro, Qarshi shaharlarida Chelenjer, Fyuchers va Satellit kabi 
xalqaro turnirlar o’tkazila boshlandi. Bundan tashqari, boks bo’yicha Osiyo chempionati (1996) 
va kurash, boks, sharq yakkakurashlari bo’yicha rasmiy musobaqalar, xalqaro turnirlar Toshkent, 
Buxoro, Qarshi, Termiz va boshqa shaharlarda o’tkazildi, ularda dunyo mamlakatlarining nufuzli 
sportchilari ishtirok etdi. Bu, o’z navbatida, ushbu sport turlariga bo’lgan qiziquvchilar sonining 
oshishi, ommaviyligining o’sishiga sabab bo’ldi.


O’zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro sport hamjamiyatiga a‘zo bo’lib kirish 
maqsadida 1992 yil 21 yanvarda Milliy Olimpiya qo’mitasi (MOQ)ni tashkil etdi. Xalqaro 
Olimpiya qo’mitasi (XOQ) xartiyasi asosida va jahon sport harakatining ilg’or tajribalariga 
tayangan holda MOQ Nizomi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Olimpiya o’yinlarida mustaqil ravishda qatnashish oson bo’lmadi. 1992 yili Barselonada 
(Ispaniya) o’tkazilgan Olimpiya o’yinlarida respublikamiz mustaqil bo’lganiga qaramasdan, hali 
XOQ tarkibiga rasmiy ravishda a‘zo bo’lmaganligi sababli Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi 
(MDH) terma jamoasi tarkibida ishtirok etishga majbur bo’ldi. Bu o’yinlarda yurtimiz vakillari 
sport tarixida ilk bor 17 kishidan iborat jamoa bilan qatnashdi. Kam sonli bo’lishiga qaramasdan, 
sportchilarimiz Vatanimizga 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini olib kelishga 
muvaffaq bo’ldilar (O.Chusovitina, R.Galiyeva sport gimnastikasi, M.Shmonina yengil atletika, 
A.Asraboyev miltiqdan o’q otish, S.Sirpov og’ir atletika, V.Zaxarevich qilichbozlik).
1993 yilda XOQning 101-sessiyasida O’zbekiston XOQ a‘zosi sifatida tan olinib, xalqaro 
sport hamjamiyatining to’laqonli subyektiga aylandi. Bu mamlakatimizga o’z jamoa va 
sportchilari bilan barcha xalqaro musobaqalarda, Olimpiya va Osiyo o’yinlarida mustaqil ravishda 
qatnasha olish imkonini berdi. Bu sport olamida eng muhim va olamshumul voqea bo’ldi.
1993 yildan buyon O’zbekiston MOQ tarkibida tashkil etilgan Olimpiya Akademiyasi 
olimpiya harakati, g’oyalari, jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda amaliyotini o’rganish va 
ularni targ’ibot qilishga xizmat qilmoqda.
O’zbekistonning xalqaro sport tarixidagi eng muhim voqea 1994 yil fevralida XVII qishki 
Olimpiya o’yinlarida respublikamiz sportchilari mustaqil ravishda birinchi marotaba 
qatnashishlari bilan boshlandi. Unda chang’ida akrobatik sakrash bo’yicha hamyurtimiz 
L.Cheryazova yana bir bor o’z mahoratini namoyish etdi va oltin medal sohibi bo’lib, O’zbekiston 
bayrog’ini baland ko’tarish va respublika madhiyasining yangrashiga erishdi.
1994 yil 2-15 oktabrda Yaponiyaning Xirosima shahrida XII Osiyo o’yinlari bo’lib o’tdi. 
Unda ilk bor O’zbekiston sportchilari ham ishtirok etdi, futbol bo’yicha mamlakatimiz terma 
jamoasi final uchrashuvida xigoylik futbolchilar ustidan g’olib keldi. Respublikamiz sportchilari 
ushbu o’yinlarda jami 40 ta medalni (10 ta oltin, 11 ta kumush, 19 ta bronza) qo’lga kiritdi.
1995 yil 3-8 sentabrda Toshkentda Markaziy Osiyo respublikalarining o’yinlari o’tkazildi. 
Tantanali ochilish marosimida XOQ Prezidenti X.A.Samaranch tabrik so’zi bilan qatnashdi.
1994-2001 yillarda Respublika Prezident kubogi uchun tennis bo’yicha xalqaro turnirlar, 
boks bo’yicha Osiyo chempionati (1996 yil sentabr), kurash, boks, sharq yakkakurashlari bo’yicha 
rasmiy musobaqalar bo’lib o’tdi. Ayniqsa, tennis bo’yicha Prezident kubogi xalqaro turnirida 
Marat Safin, Yevgeniy Kafelnikov, Tim Xenman, Karlos Moya kabi taniqli tennis yulduzlarining 
ishtirok etishi ushbu musobaqa nufuzini yanada oshirdi. Xalqaro tennis federatsiyasi bu turnirni 
Yilning eng a‘lo turniri, deb e‘tirof etdi.
Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod 
tennis majmuasi barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002-yillarda O‘zbekiston 
Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o’tkazildi. 1999-yilning iyul oyida 
Londonda o’tgan tennis bo’yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda To‘laganova 
„Uimbldon turnirida g’olib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan nusxasini qo’lga kiritdi.
Mamlakatimizning xalqaro sport tashkilotlari bilan amaliy aloqalarida O’zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning hissasi katta bo’ldi. XOQ Prezidenti 
X.A.Samaranch O’zbekistonning olimpiya harakatiga qo’shayotgan ulkan hissasini yuqori 
baholab, Xalqaro Olimpiya Ko’mitasining bosh shtabi Lozannada (Shveysariya) Islom Karimovga 
Olimpiya oltin ordenini tantanali ravishda topshirdi.
1996 yil avgustda Toshkentda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz 
sport tarixi, Olimpiya harakati, sportchilar erishgan yutuqlar o’z ifodasini topdi. XOQning 
Prezidentimiz Islom Karimovga topshirgan "Olimpiya oltin ordeni", Osiyo Olimpiya kengashining 
"Oltin ordeni", beshta qita ramzi bo’lgan oltin zanjir va kumush plastina, Xalqaro havaskorlar 
kurash federatsiyasining "Oltin marjoni" hamda ko’plab sportchilarning g’oliblik nishonlari 
muzey eksponatlari qatoridan o’rin oldi.


1996 yilda XXVI yozgi Olimpiya o’yinlarida (Atlanta, AQSH) O’zbekiston sportchilari 
mustaqil jamoa sifatida ilk bor qatnashdi. Unda 76 nafar sportchi ishtirok egib, 13 sport turi 
bo’yicha bellashuvlarda qatnashdilar. O’zbekiston medallar soni bo’yicha 197 mamlakat ichida 
58-o’rinni egalladi. A.Bagdasarov dzyudo bo’yicha kumush medalga, K.To’laganov boks 
bo’yicha bronza medaliga sazovor bo’ldi. Boshqa sport turlarida ham sportchilarimiz yaxshi 
natijalarga erishib, kuchli o’nlikdan joy olishga muvaffaq bo’lishdi. Ushbu Olimpiya o’yinlarida 
g’oliblikni qo’lga kiritgan sportchi va murabbiylar O’zbekiston Prezidenti Farmoniga ko’ra orden 
va medallar bilan taqdirlandi.
1998 yil XIII Osiyo o’yinlarida (Bangkok) respublikamiz sportchilari 21 tur bo’yicha 
bellashishdi, umumiy hisobda 10 o’rinni egalladilar. V.Shin boshchiligidagi bokschilar jamoasi 
a‘zolari: M.Abdullayev, S.Mixaylov, R.Chagayev Osiyo o’yinlari chempioni bo’lishdi. Suv sporti 
turlarida jamoalarimiz 2-3-o’rinlarni egalladi. Yengil atletikachilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 12 
ta bronza medalini qo’lga kiritishdi.
1999 yil Toshkentda boks bo’yicha Osiyo chempionati bo’lib o’tdi. Unda D.Yo’ldoshev, 
A.Rahimov, T.Turgunov, S.Mixaylov, R.Chagayev, R.Saidovlar oltin medalga sazovor bo’lishdi. 
Shu yil Xyustonda boks bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tdi. O’.Haydarov va 
M.Abdullayevlar jahon chempioni unvoniga sazovor bo’ldilar.
Mustaqillik yillarida L.Cheryazova (fristayl), A.Taymazov (erkin kurash), O.Chusovitina 
(sport gimnastikasi), A.Bagdasarov (dzyudo), R.Qosimjonov (shaxmat), A.Ryaxov (baydarkada 
suzish) kabi ko’plab sportchilar jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib, davlatimiz 
sporti sharafini dunyoga tarannum etdilar.
Sidney (Avstraliya) shahrida XXVII Olimpiya o’yinlari 2000 yil 15 sentabrdan 1 
oktabrgacha davom etdi. Unda O’zbekistondan 77 nafar sportchi sportning 13 turi bo’yicha 
qatnashdi. Umumiy medallar soni bo’yicha O’zbekiston 41-o’rinni, Osiyo mintaqasidagi davlatlar 
orasida esa 7-o’rinni egalladi. Boks bo’yicha sportchilar g’oyat qattiq kurash olib borishdi. 
Muhammadqodir Abdullayevga oltin medal, erkin kurashchi Artur Taymazovga kumush medal 
nasib etdi. Bokschilar Sergey Mixaylov va Rustam Saidov bronza medallari sohibi bo’ldilar.
1998 yili "Alpomish" dostonining 1000 yilligiga bag’ishlab Termizda "Alpomish o’yinlari" 
respublika festivali bo’lib o’tdi. 2000 yildagi festival Farg’ona shahrida, uchinchi festival esa Guliston 
shahrida 2002 yilda tashkil etildi. Xalq milliy o’yinlari respublika musobaqalari va "Alpomish 
o’yinlari" dasturlaridan kurash, poyga, ko’pkari (uloq), "Bo’ron", arqon tortish, bilak kuchini sinash, 
"Mindi", "Qirqtosh" (qizlar o’yini) kabi harakatli o’yinlar o’rin oldi.
Ushbu milliy o’yinlar festivallarini o’tkazishdan maqsad qadimiy an‘ana va urf-
odatlarimizni asrash, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan milliy tadbirlarni tiklash, kelajak avlod 
uchun ularni asl holida yetkazib berishdan iborat.
1998-yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog’ining eng baland Everest 
cho’qqisiga chiqib, O‘zbekiston dovrug’ini dunyoga taratdilar.
1999-yilda Germaniyada yoshlar o’rtasida bo’lib o’tgan karate bo’yicha xalqaro turnirda 200 
mamlakatdan 900 nafar sportchilar qatnashdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston komandasi faxrli 
uchinchi o’rinni egalladi.
2002 yil 24 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi 
bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risidagi Farmoni e‘lon qilindi. Bolalar 
jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish borasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga 
oshirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy kamolotga intiltirish, vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash, qishloq joylarda sportning moddiy-texnik bazasini shakllantirish, zamonaviy sport 
majmualarini barpo etish, tibbiyot muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borish 
jamg’armaning asosiy vazifasi deb belgilandi
Mustaqillik yillarida respublikamizning barcha viloyat, shahar va tumanlarida sportni 
ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida sport inshootlari qurilishi jadallashdi. Respublikada 
bugungi kunda 51198 ta sport inshootlari ommaviy sport hamda bolalar sporti rivojlanishiga 
xizmat qilmoqda. 
O’quvchi va talaba yoshlarning Umid nihollari, Barkamol avlod, Universiada sport 
musobaqalarini uch bosqichda o’tkazish an‘ana tusini oldi.


2000 yilda Namanganda birinchi universiada sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Dastlabki 
"Barkamol avlod" sport musobaqasining final qismi 2001 yilda Jizzax shahrida, 2003 yilda 
Andijonda, 2005 yilda Toshkent viloyatida, 2008 yilda Nukus, 2011 yilda Surxondaryo, 2014 yilda 
Namanganda o’tkazilib, bo’lajak kasb-hunar egalarining jismoniy barkamolligi sinovdan 
o’tkazildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublika miqyosidagi 14577 ta jismoniy jamoalarda 5,5 
mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullangan bo’lsa, 2012 yilga kelib jismoniy jamoalar 
soni 16 425 ta, shug’ullanuvchilar soni 7,2 mln. nafarga yetdi
Mustaqillik yillarida Prezident va hukumat tomonidan xotin-qizlar salomatligi, ularning 
ijtimoiy-moddiy jihatdan ta‘minlanishi va doimiy ravishda tibbiy xizmat ko’rsatishni yaxshi 
yo’lga qo’yish kabi masalalar borasida olib borilayotgan ibratli tadbirlar ham e‘tiborga molik.
Bugungi kunda ijtimoiy turmush va madaniy hayotda ayollarning o’rni beqiyos va katta 
ahamiyat kasb etmoqda. Har yili xotin-qizlarning 8 Mart bayramiga bag’ishlab vazirlik va 
tashkilotlar o’rtasida ayollar sporti o’n kunligini o’tkazish yaxshi an‘anaga aylandi. Mazkur 
musobaqalarda stol tennisi, badmingon, shaxmat, shashka, badiiy gimnastika va yengil atletika 
bo’yicha 1 milliondan oshiq xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda.
Oksana Chusovitina (sport gimnastikasi), Iroda To’laganova, Oqgul Omonmurodova 
(tennis), Saida Burxonxo’jayeva (stol tennisi), Zarina Muhitdinova, Ulyana Trofimova, 
Zamiraxon Sanaqulova (badiiy gimnastika), Yekaterina Xilko (tramplin), Yulduz Hamroqulova 
(shaxmat), Go’zal Xubbiyeva, Svetlana Radzivillar (yengil atletika) jahon sporti yulduzlariga 
aylanishdi. Sport maktablari va turli jamoalarda mahalliy millat qizlarining ishtiroki kengayib 
bormoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi xotin-qizlar soni 1996 yilda 1180 
kishini tashkil qilgan bo’lsa, 2012 yilga kelib ularning soni 3 237 169 ga yetdi.
2002 yil 29-sentabr – 14-oktabr kunlari Pusanda (Koreya) o’tkazilgan XIV Osiyo o’yinlarida 
sportchilarimiz katta g’alabaga erishganlarini alohida ta‘kidlash zarur. Ular sportning 24 turi 
bo’yicha muvaffaqiyat bilan qatnashib, 15 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza medallarini qo’lga 
kiritib, qirqdan ortiq mamlakatlar orasida faxrli beshinchi o’rinni egalladilar. Bu Osiyo o’yinlarida 
ko’rsatilgan eng yaxshi natija bo’ldi.
2004-yil 18-iyun – 13-iyulda Liviya poytaxti Tripoli shahrida bo’lib o’tgan shaxmat 
bo’yicha jahon chempionatida 56 mamlakatdan 128 nafar shaxmatchi qatnashdi. Ular orasida 
hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov ham bor edi. Rustam Qosimjonov barcha 
da‘vogarlar ustidan g alaba qozonib, jahon chempioni degan yuksak unvonni qo’lga kiritdi. Bu 
g’alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch va g’urur iftixor bag’ishladi.
2004 yil 4-26-avgust kunlari Afinada (Gretsiya) o’tkazilgan XXVIII Olimpiya o’yinlarida 
mamlakatimiz sportchilari munosib ishtirok etib, A.Doktorashvili oltin (yunon-rum kurashi), 
A.Taymazov oltin (erkin kurash), M.Ibragimov bronza (erkin kurash), B.Sultonov kumush (boks), 
O’.Haydarov bronza (boks) medallariga sazovor bo’lishdi.
2006 yil 1-15-dekabrda mamlakatimiz terma jamoasi Doxada (Qatar) XV Osiyo o’yinlarida 
qatnashib, umumjamoa hisobida 7-o’rinni egalladi.
2008 yil 8-24-avgust kunlari Pekinda o’tkazilgan XXIX yozgi Olimpiya o’yinlarida 205 
davlatdan 10500 sportchi qatnashdi. Mamlakatimiz sharafini 15 sport turi bo’yicha 58 nafar 
sportchi himoya qilib, umumjamoa hisobida 40-o’rinni egalladilar. Artur Taymazov ikki karra 
Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo’lib, oltin medalni qo’lga kiritdi. Uning jamoadoshi 
Soslan Tigiyev kumush, Rishod Sobirov bronza (dzyudo), Anton Fokin bronza (sport 
gimnastikasi), Yekaterina Xilko bronza (trampolin) medali sohiblari bo’ldilar.
2010 yil 12-27-noyabrda Guanjouda (Xitoy) o’tkazilgan XXI Osiyo o’yinlarida ham 
sportchilarimiz muvaffaqiyatli qatnashib, umumjamoa hisobida 8-o’rinni egalladi, jami 56 ta (11 
ta oltin, 22 ta kumush va 23 ta bronza) medal qo’lga kiritildi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami Ravshan Ermatov o’zbek 
futbolining shuhratini jahonga tanitish, xalqaro maydonda uning nufuzini yuksaltirishda ibrat va 
namuna ko’rsatmoqda. 2010 yil JARda va 2014 yil Braziliyada bo’lib o’tgan futbol bo’yicha jahon 
chempionatida vatandoshimiz Ravshan Ermatov o’ta mas‘uliyatli uchrashuvlarga hakamlik qilib, 


O’zbekiston davlatini butun dunyoga mashxur qildi. FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘zbekiston 
milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirish ishiga qo’shgan munosib hissasi uchun 
O‘zbekiston iftixori faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
2012 yilning iyul oyida Buyuk Britaniyaning London shahrida XXX-yozgi Olimpiada 
o‘yinlari bo’lib o’tdi. Unda erkin kurashchi Artur Taymazov uch karra Olimpiya chempioni 
unvoniga sazovor bo’ldi.
2013 yili o’zbek shaxmatining yosh vakillari Bahora Abdusattorova 14 yoshgacha bo’lgan 
jahon chempionatida ikkinchi o’rinni, 5 yoshli Islombek Sindarov va 8 yoshli Nodirbek 
Abdusatgorov Osiyo chempionlari bo’lishdi.
2017 yil ayniqsa o’zbek milliy kurashi tarixida yorqin sahifa bo’ldi. Sentabr oyida 
Turkmanistonda bo’lib o’tgan Osiyo olimpiya kengashi Bosh assambleyasi yig’ilishida ushbu 
milliy sport turini Osiyo o’yinlari dasturiga kiritish haqida qaror qabul qilindi. 2018 yil 
Indoneziyada bo’lib o’tgan 18-Osiyo o’yinlarida qit‘amiz sportchilari o’zbek milliy kurashi 
bo’yicha ham o’zaro bellashdilar. Endi jahon sport maydonlarida “halol”, “g’irrom”, “chala”, 
“yonbosh” degan so’zlar jaranglab, o’zbek nomini, O’zbekiston nomini dunyoga tarannum 
etmoqda.
2018 yil yanvarda XXRda bo’lib o’tgan futbol bo’yicha 23 yoshgacha bo’lgan yoshlar 
o’rtasida Osiyo chempionatida O’zbekiston yoshlar terma jamoasi g’olib bo’ldi.
2019 yilda 16 martda poytaxtimizda Humo muz sporti saroyi, shuningdek, Toshkent 
viloyatida Amirsoy zamonaviy dam olish maskani ishga tushirildi.
2021-yil Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo’lib o’tgan yozgi olimpiya o’yinlarida 
o’zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin (U.Rashidov (tekvondo), A.Jo’rayev (shtanga), B.Jalolov 
(boks) va 2 ta bronza (D.Bobonov (dzyudo), B.Abduraxmonov (kurash) madalini qo’lga kiritdilar. 
O’zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida jahonda 32, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi 
davlatlari orasida uchinchi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o’rinni egallashga 
muvaffaq bo’lishdi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekistonda jismoniy madaniyag va sport 
ishlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun yetarli 
darajada huquqiy-meyoriy hujjatlar ishlab chiqilib, ular asosida sportni rivojlantirish, xalqaro 
musobaqalarda qatnashish bilan birga, milliy sport turlarini targ’ib qilish faollashdi. Yuqorida 
aytib o’tilgan qaror va farmonlarning amalda bajarilishi natijasida sport davlat siyosatining muhim 
yo’nalishi ekanligini, uning tobora yuksalib borayotgan o’rnini yurtimizda sog’lom turmush 
tarzini targ’ib qilish, insonlarning yoshi, jinsi, millatidan qat‘i nazar, sportga jalb etish, sportdagi 
erishilgan yutuqlar milliy g’ururning oshishiga xizmat qilayotganini ko’rishimiz mumkin.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə