Madaniy taraqqiyot muammolari



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix25.05.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#87876
1   2   3   4   5   6   7   8
«Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori,
Abdulla
Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid CHo’lpon, Usmon Nosir 
kabi yuzlab ma‟rifatparvar, fidoyi insonlarning o’z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, 
el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar 
xotirasidan aslo o’chmaydi» 
(Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat-yengilmas kuch. -T.:
 
Ma‟naviyat, 
2008.).
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Samarqandning Registon 
maydoni, Ulugbek madrasasi, Go’ri Amir me‘moriy majmuasi, Buxoro va G’ijduvondagi 
Ulug’bek madrasalari, Shahrisabzdagi Dorudtilovat me‘moriy majmuasida keng ko’lamli 
ta‘mirlash ishlari olib borildi. Madaniyat yodgorliklarini saqlash, ta‘mirlash, konservatsiyalash, 
ilmiy tadqiqot va loyiha smeta xarajatlarini tayyorlash ishlari takomillashtirildi.
Istiqlolga erishganimizdan so’ng milliy qadriyatlarimizni tiklash, ko’p asrlik madaniy 
merosimizni hozirgi va kelgusi avlodlarga yetkazish masalasi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu 
borada Madaniyat vazirligi, 1998-yil 3-iyulda tashkil etilgan Usto maxsus-ijodiy ishlab chiqarish 
birlashmasi e‘tiborga molik ishlarni amalga oshirdi.
Ma‘lumki, xalq ma‘naviyati zamiridagi insoniylik, baynalmilallik kabi azaliy fazilatlar 
milliy bayramlarda o’z aksini topadi. Yaxshi an‘anaga aylangan Gul bayrami har yili avgust 
oyining oxirida Namangan shahrining Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida o’tkazib 
kelinadi. Ushbu bayram gulga, go’zallikka oshufta bo’lgan turli millat vakillarini yaqinlashtirishga 
xizmat qilmoqda. Bu bayramga, nafaqat, O’zbekiston, balki qo’shni respublikalar, hatto chet 
ellardan ham mehmonlar tashrif buyurib, go’zallikdan bahramand bo’lmoqdalar.
Asrlar davomida shakllangan, an‘anaga aylangan Alla qo’shiqning qadimiy turidir. 
Qo’shiqchilik san‘atining bu yo’nalishiga alohida e‘tibor berilmoqda. Xususan, Marg’ilon shahri 
madaniyat va istirohat bog’ida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 5 yilligi, Sohibqiron 
Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag’ishlab Alla qo’shig’i ijrochilarining an‘anaviy 
respublika ko’rik-tanlovi o’tkazildi.
Mustaqillik yillarida milliy sport turi – o’zbek kurashiga munosabat tubdan o’zgardi. 1992 
yildan boshlab ommaviy ravishda Buxoroda Bahouddin Naqshband, Xorazmda Pahlavon 
Mahmud, Shahrisabzda Amir Temur, Termizda al Hakim at-Termiziy xotirasiga, shuningdek, 
Alpomish dostoni yaratilganligining 1000 yilligiga bag’ishlangan musobaqalar bo’lib o’tdi.
1992 yil may oyida Toshkent shahrida kurash bo’yicha 1-jahon chempionati o’tkazildi.


1998 yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tuzildi. 2000 yilda esa Turkiyaning Anqara shahrida 2-
jahon chempionati bo’lib o’tdi. 2003 yil 24 yanvarda Osiyo Olimpiya kengashining Quvaytda 
bo’lib o’tgan XXII Bosh assambleyasida o’zbek kurashi Osiyo o’yinlari dasturiga kiritildi. O’zbek 
kurashi jahonga yuz tutishi bilan yanada baynalmilal xususiyat kasb etdi. Endilikda gilamda 
Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga a‘zo bo’lgan davlatlarning ko’plab vakillarini ko’rish mumkin. 
Dunyo davlatlari kurash arenalarida o’zbekcha chala, dakki, tanbeh, g’irrom, yonbosh, halol kabi 
atamalar baralla yangramoqda.
Mamlakatimizda milliy qadriyatlar, urf-odat, an‘ana va turli marosimlarni tartibga solish, 
shuningdek, keng xalq ommasini ularga jalb etishni yaxshilash borasida qator ijobiy ishlar amalga 
oshirildi. Bu borada Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
to’g’risidagi (2001 yil 30 avgust), Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish to’g’risidagi (2009 yil 13 oktabr) Qonunlarni alohida ta‘kidlash lozim.
Keyingi yillarda xalqaro hamjamiyat nomoddiy madaniy meros yodgorliklarini tinchlik va 
xavfsizlikni ta‘minlash, millatlar va davlatlararo hamkorlikni yanada yaxshilash omili sifatida 
baholamoqda. O’zbekistonda ushbu jihatlarga alohida ahamiyat berilib, 2007 yil 12 dekabr kuni 
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to’g’risidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2003 yil 
17 oktabr) ratifikatsiya qilish haqida Qonun qabul qilindi.
Ta‘kidlash lozimki, mazkur Qonun qabul qilingandan so’ng nomoddiy madaniy merosni 
muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va ulardan foydalanish ishlari yanada kuchaydi. Bu borada 
10 yilga mo’ljallangan dastur ishlab chiqildi. Dasturning qabul qilinishi YUNESKO tashkiloti 
tomonidan alohida e‘tirof etildi.
2011 yil 11 noyabrda YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bilan nomoddiy 
madaniy meros bo’yicha xalqaro axborot va hamkorlik markazi, Respublika xalq ijodiyoti va 
madaniy-ma‘rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi o’rtasida Nomoddiy madaniy meros obyektlarini 
inventarizatsiya qilish loyihasi bo’yicha shartnoma imzolandi. Unga binoan Jizzax viloyati (Jizzax 
shahri, Zomin, Forish, Baxmal, G’allaorol tumanlari), Samarqand viloyati (Samarqand shahri, 
Samarqand, Urgut, Bulung’ur tumanlari), Qashqadaryo viloyati (Qarshi, Kitob shaharlari, 
Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Nishon tumanlari), Surxondaryo viloyati (Sho’rchi shahri, Sho’rchi, 
Qiziriq, Boysun tumanlari)da kompleks ilmiy ekspeditsiya o’tkazilib, uning natijasida 30 soatlik 
video, 1,5 soatlik videointervyu, 240 turdagi an‘anaviy musiqali audioyozuvlar, 4000 dan ortiq 
foto materiallar to’plandi.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va ulardan 
samarali foydalanish davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi. Bu narsa, 
shubhasiz, o’zbek xalqi milliy o’zligini anglash, madaniy merosga to’g’ri munosabatda bo’lish, 
pirovard natijada, jamiyatda yuksak sog’lom ma‘naviy muhitni shakllantirish bilan bog’liq edi. 
Shuning uchun ham bu borada respublikaning barcha hududlarida katta hajmdagi tadbirlar 
o’tkazila boshlandi. 2013 yilda respublika bo’ylab Boy meros va boqiy qadriyat shiori ostida 
haftaliklar o’tkazildi. Surxondaryo viloyatida O’zbekiston umumiy uyimiz deb nomlangan 
Respublika do’stlik va madaniyat festivali uyushtirildi. O’zbekiston Badiiy akademiyasi 
ko’rgazmalar zalida Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston shiori 
ostida ko’rgazma tashkil etildi.
Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta 
tiklandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi 
tahrirda Davlat tili to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining 
ma‘naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan 
ta‘minlanishi belgilab qo’yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va 
boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob kitobi, 
statistika va moliya ishlari o’zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma‘muriy-hududiy 
birliklari, maydonlari, ko’chalari, geografik o’rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va 
o’zbek tilida yozib qo’yildi. Natijada o’zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqil 
davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda 
istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o’z o’rniga qo’yildi.


1993-yil sentabrda O’zbekiston Respublikasining Lotin yozuviga asoslangan o’zbek 
alifbosini joriy etish to’g’risida Qonuni, 1995-yil may oyida esa O’zbekiston Respublikasining 
Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risidagi Qonunga o’zgartirishlar 
kiritish haqida Qonuni qabul qilindi. Bu qonunlar o’zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini 
yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini to’la 
joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilmoqda.
2019 yil 21 oktabr kuni poytaxtimizda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ishtirokida O’zbek 
tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi. 
Shu kuni O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari 
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5850) e‘lon qilindi. Farmonga 
ko’ra Vazirlar Mahkamasi huzurida 9 ta mutaxassisdan iborat Davlat tilini rivojlantirish 
departamenti tashkil etildi.
2017 yil 18 aprelda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’i hududida Adiblar 
xiyobonini barpo etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-2894) 
e‘lon qilindi. 
2017 yil 6 noyabrda Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi munosabati bilan Jizzax 
shahrida ushbu davlat arbobi haykalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
2017 yil 9 avgust kuni O’zbekiston ijodkorlarini qo’llab-quvvatlash Ilhom jamoat fondini 
tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3184) e‘lon qilindi. 
Yoshlar orasida, umuman jamiyat a‘zolarida kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib etish 
maqsadida 2017 yil 13 sentabrda Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini 
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha 
kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-
3271) qabul qilindi. 
Xullas, mustaqillikning ilk kunlaridan urf-odat, milliy qadriyatlar, marosimlar, umuman, 
madaniy merosni tiklash yo’lida ijtimoiy madaniy vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirila 
boshladi. Sovet mustabid tuzumi davrida toptalgan qadriyatlar tiklana bordi. Bu pirovard natijada 
mamlakat va jamiyat ma‘naviy qiyofasini o’zgartirdi, xalqimizda milliy o’zlikni anglash 
jarayonini yanada chuqurlashtirdi. 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə