M va ko‘ndalang kuchlar- q



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə1/4
tarix01.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#115030
  1   2   3   4
1 - 2 - ma\'ruza-1


1 – 2 - ma’ruza
Egilish. Umumiy tushunchalar. Balka tayancchlarining turlari. Tayanch reaksiyalarini aniqlash. Balkalardagi zo’riqish kuchlarini aniqlash. Eguvchi moment va kesuvchi kuch. Egilishdagi kuchlanishlar. Sof egilish va normal kuchlanishni aniqlash. Tekis shakillarning qarshilik momenti. Balkalarning mustaxkamligini normal va urinma kuchlanishlarga nisbatan tekshirish.
Reja:
1.Tayanchlar va to‘sinlarning tayanch reaksiyalari.
2. Ko‘ndalang kuch va eguvchi moment.
3. Taqsimlangan yuk jadalligi, ko‘ndalang kuch va eguvchi moment orasidagi differensial bog‘liqliklar.
4. Ko‘ndalang kuchlar va eguvchi momentlar epyuralarini yasash.
Tayanch iborlari: tayanch, tayanch reaksiyasi, balka, balkaning tayanch reaksiyasi, bog‘lanish, bog‘lanish reaksiyasi, bog‘lanishdan ozod qilingan tizim, ko‘ndalang kuch, eguvchi moment, ichki zo‘rikish kuchlari, kesish usuli, ko‘ndalang kuch va eguvchi moment ishorasi, tekis yoyilgan kuch intensivligi, tekis yoyilgan kuch, tekis yoyilmagan kuch, tekis yoyilgan kuch teng ta'sir etuvchisi, ko‘ndalang kuch epyurasi, eguvchi moment epyurasi, eguvchi moment o‘lchov birligi.
Egilish deb bo‘ylama o‘qqa perpendikulyar yuklar yoki shu o‘q orqali o‘tuvchi kuchlar jufti ta'sirida balkaning deformatsiyalanishiga aytiladi.(1-rasm)
i kki uchi tayanchlarda yotadigan va egilishga ishlaydigan g‘o‘lacha (brus) to‘sin (balka) deb ataladi.
To‘singa tashqi kuchlar va tayanchlarning reaksiyalari ta'sir etadi. bu kuchlar ta'sirida to‘sin egiladi va uning o‘qi qiyshayadi. egilgan to‘sinlarning ko‘ndalang kesimlarida eguvchi momentlar- m va ko‘ndalang kuchlar- Q vujudga keladi. shuning uchun xam balka kesimining xar bir nuqtasiga normal va urinma kuchlanishlar ta'sir qiladi. to‘sinning egilishi og‘irliklar ta'sir qiladigan tekislikda yuz beradi. bu tekislikka kuch tekisligi deb ataladi.
Agar kuch tekisligi to‘sin ko‘ndalang kesimining asosiy markaziy inersiya o‘qlaridan biri orqali utsa, bunday egilishga to‘g‘ri yoki yassi egilish deb ataladi. kesimlarda faqat bir ichki zo‘riqish - eguvchi moment vujudga kelgan xoldagi egilish sof egilish deb ataladi. kesimlarda eguvchi moment bilan barcha ko‘ndalang kuchlar xam mavjud bo‘lsa, egilishga odatda tekis (yassi) ko‘ndalang egilishi deb ataladi.

  1. Tayanchlar va to‘sinlarning tayanch reaksiyalari.

Balka tayanchlarining asoiy uch xili fark kilinadi:
a) sharnirli-qo‘zg‘almas tayanch (2- rasm,a) balka uchlarining burilishiga yo‘l qo‘yadi va uning istalgan yo‘nalishida ilgarilanma xarakat qilishiga to‘sqinlik qiladi; xosil bo‘ladigan reaksiya R vertikal va gorizontal tekisliklarda ta'sir qiladigan ikki o‘zaro ortogonal tashkil etuvchilar Rb va Hb ga bo‘linadi;

b) sharnirli-qo‘zg‘aluvchan tayanch (2-rasm,b) to‘sin uchlarining burilishiga va tayanch sirt bo‘yicha ilgarilanma xarakatlanishiga yo‘l qo‘yadi. vujudga keladigan reaksiya Rc shu sirtiga tik yo‘naladi.
v) qattiq-qisilgan tayanch yoki qisib mahkamlangan tayanch (2-rasm,v) balka uchlarining burilishiga va istalgan yo‘nalishda ilgarilanma xarakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. tayanchda to‘liq reaksiya R vujudga keladi, u vertikal Rb va gorizontal Hb tashkil etuvchilarga xamda balkaning burilishiga yo‘l qo‘ymaydigan reaktiv moment mb ga ajratiladi.
Reaksiyalari statika tenglamalridan aniqlanadigan to‘sinlar statik aniqlanadigan to‘sinlar deb ataladi. bunday to‘sinlarning ikki xili bor:

  1. Bir uchi qattiq qisilgan, ikkinchi uchi erkin bo‘lgan balkalar (3-rasm,a);

  2. Bir uchi sharnirli-qo‘zg‘almas, ikkinchi uchi sharnirli qo‘zg‘aluvchan tayanchli balka (3-rasm,b).




balka tayanchlari orasidagi masofaga quloch(prolyot) deb ataladi. bunday balkalar odatda bir prolyotli yoki ikki tayanchli balkalar deb ataladi.
balkaning tayanchdan chiqib turadigan uchlari (qismi)ga konsollar deb ataldi;3-rasm,v da konsolli bir kulochli (prolyotli) balka kursatilgan.
bir tekislikda yotgan kuchlar ta'siridaga to‘sinning tayanch reaksiyalarini aniqlash uchun statikada uchta muvozanat tenglamasi mavjud:


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə