Mexanizmlarni keltirilgan kuch vа mоmеnt Reja Harakatlanuvchi kuchlar yoki momentlar



Yüklə 82,05 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü82,05 Kb.
#162243
  1   2   3
amaliyot 4


Mexanizmlarni keltirilgan kuch vа mоmеnt
Reja


  1. Harakatlanuvchi kuchlar yoki momentlar.

  2. Kuchlarni keltirish

Mexanizm harakatlanganda uning kinematik juftliklarida bo’g’inlarning o’zaro ta’sir kuchlari vujudga keladi. Bu kuchlar mexanizmga nisbatan ichki kuchlardir. Kinematik juftliklarning o’zaro ta’sir kuchlari bilan yuklanganligi mexanizmning muhim dinamik xususiyatdir. Kinematik juftliklardagi kuchlarni bilish mexanizm bo’g’inlarining mustahkamligini, bikrligini, titrashga, yeyilishga chidamliligini hisoblash, podshipniklarning xizmat muddatini hisoblash uchun va mexanizmni loyihalashda bajariladigan sho’nga o’xshash boshqa hisoblarni amalga oshirish uchun zarur. Ichki kuchlarni shuningdek bir qancha masalalarda mexanizmga tashqaridan qo’yilgan kuchlar va juft kuchlar (momentlar)ni aniqlash uni kuchga hisoblashning mazmunini tashkil etadi.


Mexanizmni kuchlar ta’sirida tekshirishda o’nga ta’sir etuvchi hamma tashqi kuchlarning qiymatlari va yo’nalishlari aniqlangan bo’lishi yoki ularning son qiymatini aniqlash usullari ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Umuman mexanizmga ta’sir etuvchi kuchlarga qo’yidagilar kiradi:

  1. Harakatlanuvchi kuchlar yoki momentlar. Mexanizmi harakatga kirituvchi, uni biror ish bajarishga majbur etuvchi kuch yoki moment biror energiya manbai yoki tashqi ta’siridan vujudga keladi.

  2. Foydali qarshilik kuchlari. Mexanizm harakatlanish jarayonida loyihada nazarda tutilgan barcha qarshilik kuchlarini yengishi kerak bo’ladi. Odatda bu kuchlar mexanizmning ish bajaruvchi bo’g’iniga qo’yiladi.

  3. Zararli qarshilik kuchlari. Bu kuchlar mexanizm harakatiga to’sqinlik qilib, uning foydali ish koeffitsientini kamaytirish sabab bo’ladi.

  4. Og’irlik kuchlari. Bu kuchlar doimo yer markaziga yo’nalgan bo’ladi.

  5. Inertsiya kuchlari va momentlari. O’zgaruvchan chiziqli yoki burchak tezlik bilan harakatlanayotgan bo’g’inlarda mos ravishda inertsiya kuchi va inertsiya kuchining momenti hosil bo’ladi.

Inertsiya kuchi - bo’g’in massasining shu bo’g’in og’irlik markazining tezlanishiga ko’paytmasiga teng va kuch vektori tezlanish vektoriga karama-qarshi yo’nalgan
(5.1)
Inertsiya kuchining momenti - bo’g’inning og’irlik markazidan o’tgan o’qka nisbatan olingan inertsiya momentini shu bo’g’in burchak tezlanishiga ko’paytmasiga teng va inertsiya kuchi momenti bo’g’inning burchak tezlanishiga teskari yo’nalgan.
(5.2)

Yüklə 82,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə