Litosfera. Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi



Yüklə 8,6 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü8,6 Kb.
#165981
  1   2
Litosfera . O`zbekiston hududiy tuzilishi misolida . Sanoatlashtirish , innovatsiya va infratuzilma


Mavzu : Litosfera . O`zbekiston hududiy tuzilishi misolida . Sanoatlashtirish , innovatsiya va infratuzilma .
Reja :
  • Litosfera.
  • Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi
  •  Saonatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma

Litosfera (grekcha: λίθος - tosh, σφαίρα - oʻram; — tosh oʻram) — yerning qattiq holatdagi tosh oʻramining qalinligi okean tubida 5–7 km, quruqlikda 30–40 km va togʻli oʻlkalarda 70–80 km gacha boradi, u choʻkindi, metamorfik va magmatik togʻ jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida, asosan, choʻkindi togʻ jinslari tarqalgan boʻlib, ularning qalinligi 20 km gacha, okean tublarida esa bir necha yuz metrga yetadi. Ular tarkibi boʻyicha chaqiq, kimyoviy va organik cho'kindilardan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Cho'kindilarning ostida 10–40 km qalinlikdagi granit qobigʻi joylashgan boʻladi, okean tubida ular uchramaydi. Granit va okean cho'kindilari qobigʻi ostida bazal’t qobigʻi joylashgandir. Uning qalinligi oke­an tubida 5–7 km va quruqlikda 20–30 km ga boradi.
Yer litosferasining tektonik taxtasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-bobi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga bagʻishlangan. Konstitutsiyaga koʻra, "Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat" (68-modda). Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi maʼmuriy-hududiy boʻlinishi mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishi, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriyhududiy tizimidagi yuqori boʻgʻindir va eng yirik boʻlinma sifatida alohida oʻrin tutadi. Hududiy tizimning qolgan boʻgʻinlari — tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul viloyatning tarkibiy qismlari, ichki boʻgʻinlaridir. Qishloq joylaridagi iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiymadaniy hayotga tumanlar orqali bevosita rahbarlik amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika boʻysunuvidagi, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tuman boʻysunuvidagi shaharlarga boʻlinadi. Respublika boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming kishidan ortiq yirik iqtisodiy, madaniy, maʼmuriy markaz boʻlgan shahar (Toshkent shahri) kiradi. Viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga sanoat korxonalari, kommunal xoʻjaligi, davlat uyjoy fondi, rivojlangan ijtimoiymadaniy muassasalari, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari mavjud boʻlgan hamsa aholisi 7 ming kishidan kam boʻlmagan va uning 2/3 qismini ishchi, xizmatchilar, ularning oila aʼzolari tashkil etgan shaharchalar, aholi punktlari kiradi. Qishloq, ovul, shaharcha — respublika maʼmuriy-hududiy tizimidagi eng quyi boʻgʻinlar.
Barqaror rivojlanishning to‘qqizinchi maqsadi “Saonatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma, mustahkam infratuzilmani yaratish, keng qamrovli barqaror industrializatsiya va innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishga ko‘maklashish”(keyingi o‘rinlarda SDG 9 deb yuritiladi). SDG 9 barqaror infratuzilmani barpo etish, barqaror sanoatlashtirish va innovatsiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
SDG 9 quyidagi maqsad va vazifalarni o‘z ichiga oladi:
9.1. Iqtisodiy rivojlanish va odamlar farovonligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sifatli, ishonchli, barqaror va chidamli infratuzilmani, shu jumladan, hududiy va transchegaraviy infratuzilmani rivojlantirish, bunda barcha uchun arzon va teng huquqli foydalanishni ta’minlash.
9.2. Umumqamrovli va barqaror sanoatlashuvga ko‘maklashish va ishlov beruvchi tarmoqlarning oldinlab rivojlanishi, resurs tejovchi i ekologik xavfsiz texnologiyalarni keng qo‘llash orqali mavjud korxonalarni modernizasiyalash hamda yangilarini tashkil etish yo‘li bilan 2030 yilgacha sanoat ishlab chiqarishining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 40 foizga yetkazish.
9.3. Mayda sanoat korxonalari va kichik korxonalarning moliyaviy xizmatlardan, shu jumladan arzon kreditlardan, foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda ishlab chiqarish-sotish zanjirlarida qo‘shilgan qiymatni hosil qilish va bozorlarga integratsiyalashuvni kuchaytirish.
Maqsad boshqa SDGlar bilan o‘zaro bog‘liqlikka ega. Sanoatlashtirish SDG 8 va SDG 11 bilan bog’liq bo’lsa-da, innovatsiyalar va yangi ko’nikmalarni rivojlantirish SDG 2, SDG 6, SDG 7 va SDG 11 ni amalga oshirishga yordam beradi. 2019-yilda dunyo ishchilarining 14 foizi ishlab chiqarish faoliyatida band bo‘lgan. Bu foiz 2000-yildan beri deyarli o‘zgarmadi. Ishlab chiqarishdagi bandlikning ulushi Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda eng yuqori (18 foiz), eng pasti esa Sahroi Kabirdan janubiy Afrikada (6 foiz) bo‘lgan. Millionlab odamlar narxi, qamrovi va boshqa sabablarga ko‘ra hali ham Internetga kira olmayapti. Hozirda dunyo aholisining atigi 53,4 foizi internet foydalanuvchisi ekanligi taxmin qilinmoqda. 2020-yil oxiriga kelib, global Internetdan foydalanishning atigi 57% va kam rivojlangan mamlakatlarda 23% amalga oshirilishi taxmin qilinmoqda.

Yüklə 8,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə