Psixologning rivojlantiruvchi va korreksion ishlari



Yüklə 11,72 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü11,72 Kb.
#183850
psixologning rivojlantiruvchi va kor


Aim.uz

Psixologning rivojlantiruvchi va korreksion ishlari.

Psixologik xizmatning ushbu yo’nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jaryonida faol o’ishtirok etishni taqozo qiladi. Xalq ta’limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan holda, mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo’lib, yosh davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotga tatbiq etish, o’qituvchilar jamoasiga bolalar, o’quvchilar va talabalar ta’lim va tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylini o’sish darajasiga qarab o’qituvchilarga korreksion ishlarni amalga oshirishda ko’rsatmalar berish. Psixologik xizmatning ushbu yo’nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa-bu bolalar, o’quvchilar, talabalar o’sishida kechikish, ularda xulqning buzilishi, ta’limda o’zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o’rganish hisoblanadi.


Psixolog bolalar, o’quvchilar, talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ularni psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo’naltiradi, ijtimoiy o’sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik xususiyatlar muhitida kamolatga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.
Amaliy psixolog bolalar, o’quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotdagi, xulq - atvor muamalasidagi nuqsonlar va hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg’ulotlar buzilishni kamaytirish o’tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o’stirish maqsadida treninglar olib boradi.
Korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o’tkaziladi va butun mas’uliyat uning zimmasiga tushadi.
Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va qilinadi:
a) amaliy psixologning maxsus ishi,
b) mashg’uloti ayrim bolalar, o’quvchilar, talabalar guruhiga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yo’naltirilgan bo’ladi,
v) ota-onalar pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg’ulotlar olib borish nazarda tutiladi.
Rivojlantiruvchi psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatiga yo’nalganligi, etnopsixologik va etno madaniyatga xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
Psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi.
1. Diagnostika uchun ma’lumotlarni olish. Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlari ba’zi belgilarining ko’rinishlarini o’rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan ma’lumotlar yordamchi xarakterga ega bo’lib xulq - atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funksiyalari, taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalaniladi. M, darsda o’quvchi diqqatining barqaror emasligi, diqqatini bir joyga to’plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg’ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Lekin xulq - atvorning ko’rsatilgan belgilari bola xulq-atvori ehtiyojlari va motivlari iyerarxiyasining /bosqichma-bosqich/ o’zgarishi natijasi bo’lishi mumkin. Bunda o’qituvchi shaxs normal holati ko’rinishlaridan biriga yoki miya yetishmovchiligining funksional belgilariga duch keladi. Ikkala holatda ham u yoki bu o’quvchi o’zlashtirishi va intizomning pasayishi tashqaridan sezilsa-da, psixodiagnostik tadqiqotlarda o’rganilayotgan o’zgarishlar manbaalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bo’lishi, psixologik holat belgilari ham o’rganiladi.
Psixodiagnostik tadqiqotlar bola psixik funksiyalari rivojlanish darajasining, aqliy taraqqiyot darajasi, yosh va ma’lumot bilan o’zaro bog’liqligini o’rganish uchun ham o’tkaziladi. Bu tadqiqotlar bolada ma’lum qiziqishlar, amaliy malakalar va kasb tanlash payti kelganda juda muhimdir.
2. Psixik taraqqiyot o’zgarishini o’rganish uchun zarur ma’lumotlarni to’plash. Agar «ko’ndalang kesim» metodlari orqali psixodiagnostik tadqiqot ma’lum bosqichda bola psixik taraqqiyoti darajasini, ya’ni psixik funksiyalar rivojlanishi lolzarb zonasi aniqlanadigan bo’lsa, «uzunasiga kesim» (longityud) psixodiagnostik tadqiqotlarda bola psixik hayoti taraqqiyoti xususiyatlari rivojlanishida, ya’ni ta’lim va tarbiya jarayonida o’rganiladi.
3. Aqliy zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda o’qishi xaqida masala hal bo’layotganda tibbiy pedagogik xay’at (komissiya) tomonidan foydalanishi mumkin.
4. Bolada paydo bo’lgan yetarlicha o’rganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologik tadqiqot o’tkazish. Vazifa bunday qo’yilganda, tadqiqotchilarni qiziqtirgan masala bo’yicha katta guruhlarda tadqiqotlar o’tkaziladi. U yerda olingan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi.



Aim.uz



Yüklə 11,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə