|
Linguocultural features of some phrases used in "satan"Oriental Journal of Social SciencesOriental Journal of Social Sciences
ISSN: 2181-2829
www.supportscience.uz/index.php/ojss
201
ularni keltirib chiqaradigan til vositalari, til protsessorlari, iboralarning shakllanish texnikasi)
bilan bir qatorda sirtqi hodisalarni ya‘ni frazeologik birlik vujudga keladigan sohalar: kasb-hunar
va ijtimoiy muhitni turlicha hayot sharoitlarini ham tekshirish lozim. Chunki har xil tipdagi
frazeologik birliklarning shakllanishida bu ikki faktorning salmogʻi turlichadir. Masalaning bu
taxlitda qoʻyilishi ayrim iboralarning vujudga kelishida ishtirok etmas ekan,degan fikrni
anglatmaydi,albatta. Har qanday iboraning, frazeologik birlikning vujudga kelishida sirtqi
omilning ta‘siri boʻladi. Bundan kelib chiqadiki, iboraning vujudga kelishida tashqi muhit omil
boladi va ayni shu muhit yoki sharoit xususiyati iborada aks etadi. Badiiy asarda frazemaning
qo`llanilishi esa tasvir etilayotgan muhitning va obrazlarning haqqoniy ifodasini ta’minlaydi.
Shuningdek, asarda aks etayotgan qahramon hamda u mansub boʻlgan jamiyat,umuman,
millatning madaniy hayotini yorqin va obrazli chizishiga muhim vosita boʻladi. Bu esa iboralar
lingvokulturologik ahamiyatining badiiy asarda yuzaga chiqishidir.“Shaytanat” asarida ham
iboralar lingvokulturologik ahamiyat kasb etgan boʻlib, bular orqali xalqimiz madaniyatiga oid
tushunchlar oʻz ifodasini topganligini koʻramiz. Zero, har bir iborada ma’lum bir millat suvrati
chiziladi. Quyida ularning ayrimlarini keltirib oʻtamiz. Bu holat, ayniqsa, dialoglarda yaqqol
koʻzga tashlanadi:
-
Jon oshnam, meni qiynama, menga yordaming kerak.
-
Oʻz Kuching bilan meni bu yerdan chiqarib ketganingda rahmat aytardim. Sen boʻlsa bir
boshi buzuqning marhamati bilan menga ozodlik bermoqchi boʻlibsan. Miyang aynib qolibdi.
(Shaytanat. 1-kitob. 9-bet)
Yuqorida keltirilgan dialogda qoʻllangan “miyasi aynimoq” iborasi aslida “fikrlash
qobiliyatini yoʻqotmoq” ma’nosini bildiradi. Oʻzbek tilida “miya” asosidagi frazemalar
talaygina”, “miyasini achitdi”, “miyasi gʻovlab ketdi”, “miyasini qotirdi”, “miyasida danak
chaqdi” va hokazo. Lekin ma’nolarida bir xillik yoʻq. Yuqoridagi iboradan soʻzlovchining
foydalanishi tinglovchini kamsitilganligi, haqorat qilinganlikni anglatadi va shu kabi iboralar
juda kuchli gʻazab yoxud ziddiyat yuzaga kelganida qoʻllanadi. Asarda iboraning Anvar tilidan
eng yaqin doʻsti Elchinga nisbatan aytilganining oʻzi uning zamirida hazil, kinoya mavjudligini
koʻrsatadi. Anvar bu yerda Elchinday yosh, oq-u qorani tanigan (qamoqdan keyin), soddadil
yigitning Asadbek otli “boshi buzuq” qa qoʻshilib qolganiga hayronlik ishorasini bildiradi,
bundan ranjiganini oshkor etadi.
Oʻzbek tilida tana azolarini ifodalovchi soʻzlar yordamida tuzilgan iboralar va birikmalar
mavjud. Xususan, buni “yurak” soʻzi ishtirokidagi frazemalarda ham koʻrish mumkin:
|
|
|