Oriental Journal of Social Sciences
ISSN: 2181-2829
www.supportscience.uz/index.php/ojss
200
национальный характер, художественный
замысел.
логии
современного языкознания, лингво-
культурологические знаки, словосочетания
в произведении «Сатана», их особенности,
выражения, связанные с человеческим
телом.
KIRISH
Til oʻzi mansub bo`lgan millatning madaniy olamini, xarakter-xususiyatini ham namoyon
etib turuvchi asosiy omillardan biri ekanligi barchaga ayon. Til va madaniyat orasidagi ayni shu
munosabatni tekshirib tadqiq etish ham bugungi kun tilshunosligining
muhim masalalaridan
sanaladi. Ma’lum millat vakillariga yoxud jamiyat a’zolariga xos boʻlgan urf-odat, rasm-rusum,
xarakter-xususiyat hamda madaniyati bilan bogʻliq boshqa bir jihatlarning til birliklarida sezilib
turishi kabi masalarni lingvokulturologiya tekshiradi. Lingvokulturologiya bu – tilshunoslikning
bir sohasi. Manbalarda Maslova uni fan sifatida e’tirof etadi[1]. Lingvokulturologiya XIX
asrning 90-yillarida vujudga kelgan. Lingvokulturologiya ma’lum millatga oid oʻziga xos
madaniyatning, umuman olganda, xos xususiyatlarning tilda aks etishidir.
ASOSIY QISM
Lingvokulturologik ahamiyat kasb eta oluvchi oʻziga xos birliklardan biri bu frazemalardir.
Frazemalar turgʻun birikmalar hisoblanib, ularda ma’lum bir xalqning oʻziga xos dunyosi va
qiyofasi obrazli tarzda namoyon boʻladi. Frazeologizmlar tarkibidagi biror soʻzi
bilan yoxud
anglatayotgan ma’nosi bilan oʻzi mavjud til tegishli bo`lgan millat haqida milliy-madaniy
axborot beradi.
Xalq tilida mavjud iboralar shu xalqning fe’l-atvorini, urf-odatlarini, mentaliteti hamda
oʻziga xos tabiati,
xarakter, xususiyatlarini ham oʻzida aks ettirib turadi.
Oʻzbek tili leksikasida mavjud frazemalarning deyarli hammasi lingvokulturologik
xususiyatga ega. Chunki Masalan, qoʻli ochiq frazemasi saxiy ma’nosida qoʻllanuvchi belgi
bildiruvchi frazema boʻlib, aynan tanti va mehmondoʻst, hojatbaror
xalqimizning vakillariga
nisbatan ishlatiladi.
Iboralar nafaqat xalq jonli tilida ishlatiladi, balki badiiy asarlarda ham muallif va
qahramonlar tilidan qoʻllaniladi. Bu esa muallif badiiy niyatini ochib berishga xizmat qiladi. Bu
jarayon badiiy asarlar paydo boʻlgan davrlardanoq mavjud boʻlgan. “Frazeologizm ifoda vositasi
sifatida qaralganda Arastuga borib taqaladi”.
Tilda, shu jumladan,
badiiy adabiyot tilida
frazeologik iboralarning vujudga kelishini toʻgʻri tushunish uchun bir-biridan keskin
farqlanuvchi ikki hodisani alohida-alohida tekshirib koʻrish lozim. Ulardan biri erkin soʻz
birikmalarining frazeologik iboralar sifatida turgʻunlashuvini keltirib chiqaradigan ichki til
qonuniyatlari boʻlsa, ikkinchisi, tilga aloqasi boʻlmagan har xil ekstralingvistik
faktorlarning
ta’siridir. Frazeologik birliklarning paydo boʻlishini oʻrganishda deb yozadi A.P.Xazanovich,