|
Laboratoriya mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar 1-laboratoriya mashg’uloti
|
səhifə | 1/6 | tarix | 06.06.2023 | ölçüsü | 22,59 Kb. | | #115623 |
| portal.guldu.uz-Labaratoriya mashg`uloti ishlanmasi
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARNI BAJARISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR
1-laboratoriya mashg’uloti:
Mavzu: Xavo gigianasi, xavoning tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari.
Reja:
1. Xavoning kimyoviy tarkibiva ularning xususiyatlari to’g’risida ma’lumot berish.
2. Atmosfera xavosidagi zararli omillari.
3. Xavo tarkibidagi changlar, tutun, qurumlar ularning xususiyatlari to’g’risida.
4. Xavoda uchraydigan biologik unsurlar
5. Atmosfera xavosining fizik xususiyatlar.
Darsning maqsadi: Talabalarga Atmosfera xavosining tarkibiy qismlari ularning inson sog’ligidagi axamiyati to’g’isida ma’lumot berish.
Kutilayotgan natiga: Talabalar atmsfera xavosiga bo’lgan munosobatini oshirish. Xavoning tarkibiy qismlarini aniqlash. Inson salomatligi uchun xavoning tozaligi va doimo toza saqlash uchun qilinadigan ishlarni olib borish. Inson organizmidagi kislarodning urni va sport bilan shug’ullanish jarayonida kislarodga bo’lgan extiyojning ortishining sabablarini izoxlashi.
Kerakli jihozlar va materiallar: Xavoning tarkibiy qismini o’lchaydigan asbob uskunalar, shisha idishlar, spirometer, tanometr, tarozi.
Asosiy matn:
Xavo olloxning tirik jonzotlar xayoti uchun bergan in’omi, planetamizning, biosferaning gazli qavati, u xamma joyda, yani er ustida joylashgan tirik jonsiz omillar tarkibida, xona va barcha joylarda mavjud. Xozirgi vaqtda xavo zararli omillar bilan bog’lanib organizmlar uchun noqulay o’zgarishlarni chiqaruvchi omil bo’lib qolmoqda. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarida mabodo xavo xarorati yuqori bo’lsa va uning namligi normadan ortiq bo’lsa, sport va jismoniy xarakat bilan shug’ullanuvchilarning tana xarorati ancha oldinroq ko’tarilib ketadi, basharti mashg’ulotlar o’tkazilayotgan joy xavosi kimyoviy moddalar, mikroorganizmlar, changlar bilan ifloslangan bo’lsa bunday omillarning inson organizmiga salbiy ta’siri aniq.
Dostları ilə paylaş: |
|
|