Laboratoriya ishi O‘simlik hujayra va to‘qimalarini o‘stirish uchun oziqa muhitlari tayyorlash


Kartoshka meristemasini ozuqa muhitlarida oʻstirish orqali olingan kallus toʻqimalar



Yüklə 246,81 Kb.
səhifə3/3
tarix04.05.2023
ölçüsü246,81 Kb.
#108342
1   2   3
6-laboratoriya

Kartoshka meristemasini ozuqa muhitlarida oʻstirish orqali olingan kallus toʻqimalar
Tayyorlangan eritmalarni ogʻzi zich yopiladigan idishlarga solinib, qogʻoz yorliq yopishtirilib, muzlatgichda saqlash lozim. Temir xelati toʻq rangli shisha idishda saqlanadi. Vitaminlarning oʻta toʻyingan eritmalari alohida–alohida tayyorlanadi va penitsillin idishlarida saqlanadi. Eritmalar tayyorlash uchun vitaminlar oʻn martalik ogʻirlikda oʻlchanib 10 ml suvda eritiladi. Shu eritmaning 1 ml miqdori 1 litr Murasige-Skuga eritmasini tayyorlash uchun kerak boʻladi. Oʻlchami 1 litrli kimyoviy stakanga saxaroza olib idishning yarimigacha distillangan suv qoʻyib isitiladi, saxaroza erigandan soʻng, xona haroratigacha sovitiladi va unga makro-mikrotuzlarning boshlangʻich eritmalari va vitaminlar kerakli miqdorda solinadi. Kartoshka apikal meristemasini oʻstirish uchun ozuqa muhitiga aktivlangan koʻmir va regulyatorlar GK, kinetin, adenin solinadi. Gibberal kislotasi bir necha tomchi spirtida eritilib, ozgina suv qoʻshiladi va ozuqa muhitiga solinadi. Sitokininlar suvda yaxshi erimaydi, balki ishqor, kislota, etil spirti va etil efiri eritmalarida yaxshi eriydi. Sitokinin eritmalari tayyorlash uchun garmonlarga ozgina (3-5 ml) distillangan suv, 0,5- 1 ml 0,1 N KOH qoʻshib aralashtiriladi va eriguncha isitilib, soʻngra Ozuqa muhitiga solinadi. Soʻng albatta eritmaning pH oʻlchanadi, pH koʻrsatkichi 5,5-5,6 atrofida boʻlishi kerak. Eritma pH normaga toʻgʻri kelmagan hollarda ozuqa ch eritmalarni saqlash uchun ogzi yopiladigan shisha idishlar, penitsillin idishlari 10 dona, 1-100 ml pipetkalar, texnik va analitik tarozilar, elektroisitgich, turli xil kimyoviy moddalar.
Oʻsimlikdan ajratilgan hujayra va toʻqimalar oʻstiriladigan ozuqa muhitida oʻsimliklarga kerakli hamma makroelementlar: azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, oltingugur, magniy, temir va mikroelementla: bor, rux, mis, kobalt, marganes, yod, molibden, shuningdek vitaminlar, uglevodlar, fitogarmonlar EDTA (etilen–diamin-tetrasirka kislotasi ) yoki uning natriyli tuzi kiritilishi kerak. Ajratilgan hujayra va toʻqimalar oʻstiriladigan ozuqa muhitining asosiy tarkibiy qismini uglevodlar tashkil qiladi, uglevod manbai sifatida saxaroza yoki glyukozaning 20-40 g/l miqdori qoʻllaniladi. Kallusli toʻqimalar olishda ozuqa muhitlari tarkibiga auksin (hujayra dedifferensirovkasini yuzaga keltiruvchilar) va sitokinin (dedifferensiyalangan hujayralarning boʻlinishini induksiyalovchi) kiritilishi kerak. Auksin manbai sifatida ozuqa muhitlarda 2,4 dixlorfinoksisirka kislotasi (2,4 –D) 1-10 mg /ml; indolilsirka kislotasi (ISK ) 1-30 mg/l, naftilsirka kislotasi (NSK) 0,1-2 mg/ l kabilar ishlatiladi. Sun’iy ozuqa muhitlarida sitokinin manbai sifatida kinetin, 6-benzilaminopurin (6- BAP) va zeatin (0,001–10 mg/l) qoʻllaniladi. Qattiq ozuqa muhitini tayyorlashda 5-7% agardan foydalaniladi. Makro va mikrotuzlar hamda vitaminlarning eritmalari yuqori miqdordagi boshlangʻich eritma holida tayyorlanib, ularni koʻp marta suy oʻltirib ishlatilish mumkin. Har xil turlarga mansub oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarini oʻstirishda turli tarkibdagi ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Koʻpincha Murasige-Skuga, Uayt, Gamborgat (V -5) ozuqa muhitlari ishlatiladi. Murasige–Skuga ozuqa muhitlaridan turlicha modifikatsiyalar bilan apikal meristemalar oʻstirishida va oʻsimliklarni mikrokoʻpaytirishda foydalanilishi mumkin.
Yüklə 246,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə