Laboratoriya ishi O‘simlik hujayra va to‘qimalarini o‘stirish uchun oziqa muhitlari tayyorlash



Yüklə 246,81 Kb.
səhifə1/3
tarix04.05.2023
ölçüsü246,81 Kb.
#108342
  1   2   3
6-laboratoriya


Laboratoriya ishi 5.
O‘simlik hujayra va to‘qimalarini o‘stirish uchun oziqa muhitlari tayyorlash
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: 1 litrli kimyoviy stakanlar 4 ta , boshlang‘ich eritmalarni saqlash uchun og‘zi yopiladigan shisha idishlar, penitsillin idishlari 10 dona, 1-100 ml pipetkalar, texnik va analitik tarozilar, elektroisitgich, turli xil kimyoviy moddalar.
Oʻsimlikdan ajratilgan hujayra va toʻqimalar oʻstiriladigan ozuqa muhitida oʻsimliklarga kerakli hamma makroelementlar: azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, oltingugur, magniy, temir va mikroelementla: bor, rux, mis, kobalt, marganes, yod, molibden, shuningdek vitaminlar, uglevodlar, fitogarmonlar EDTA (etilen–diamin-tetrasirka kislotasi ) yoki uning natriyli tuzi kiritilishi kerak. Ajratilgan hujayra va toʻqimalar oʻstiriladigan ozuqa muhitining asosiy tarkibiy qismini uglevodlar tashkil qiladi, uglevod manbai sifatida saxaroza yoki glyukozaning 20-40 g/l miqdori qoʻllaniladi. Kallusli toʻqimalar olishda ozuqa muhitlari tarkibiga auksin (hujayra dedifferensirovkasini yuzaga keltiruvchilar) va sitokinin (dedifferensiyalangan hujayralarning boʻlinishini induksiyalovchi) kiritilishi kerak. Auksin manbai sifatida ozuqa muhitlarda 2,4 dixlorfinoksisirka kislotasi (2,4 –D) 1-10 mg /ml; indolilsirka kislotasi (ISK ) 1-30 mg/l, naftilsirka kislotasi (NSK) 0,1-2 mg/ l kabilar ishlatiladi. Sun’iy ozuqa muhitlarida sitokinin manbai sifatida kinetin, 6-benzilaminopurin (6- BAP) va zeatin (0,001–10 mg/l) qoʻllaniladi. Qattiq ozuqa muhitini tayyorlashda 5-7% agardan foydalaniladi. Makro va mikrotuzlar hamda vitaminlarning eritmalari yuqori miqdordagi boshlangʻich eritma holida tayyorlanib, ularni koʻp marta suy oʻltirib ishlatilish mumkin. Har xil turlarga mansub oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarini oʻstirishda turli tarkibdagi ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Koʻpincha Murasige-Skuga, Uayt, Gamborgat (V -5) ozuqa muhitlari ishlatiladi. Murasige–Skuga ozuqa muhitlaridan turlicha modifikatsiyalar bilan apikal meristemalar oʻstirishida va oʻsimliklarni mikrokoʻpaytirishda foydalanilishi mumkin.

Yüklə 246,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə