Kurs ishi Mavzu


Materialni bayon qilish usuliga ko’ra keyslar turlari



Yüklə 152,13 Kb.
səhifə11/17
tarix10.04.2023
ölçüsü152,13 Kb.
#104888
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Kurs ishi Mavzu Keys-study texnologiyalari va ulardan foydalani

Materialni bayon qilish usuliga ko’ra keyslar turlari. Materiallarni etkazishning janrga xos xususiyatlariga qarab keys quyidagi turlardan biri shaklida taqdim etilishi mumkin:

  • hikoya;

  • esse;

  • tahliliy yozishma;

  • jurnalist tergovi;

  • hisobot;

  • ocherk;

  • faktlar majmui;

  • statistik materiallar majmui;

  • xujjatlar va ishlab chiqarish namunalari majmui.

Kattaligiga qarab keyslar turlari. Keyslar kattaligiga qarab uch turli bo’ladi:

Keysning kattaligi uning hajmiga bog’liq bo’ladi va uni tahlil etish uchun zarur o’quv vaqtini belgilaydi.
Qisqa keys – shuningdek «yevropacha», qisqa keys deb ham ataladi. Uning hajmi bir necha jumladan bir-ikki sahifagacha bo’ladi. Uning yechimi ikki soatlik amaliy mashg’ulotning bir qismini band qilishga mo’ljallangan,
O’rtacha miqdordagi keys – uning ko’rib chiqilishi odatda ikki soatlik mashg’ulotni band qiladi.
Katta keys («amerikacha», uzun) – o’nlab sahifalarni o’z ichiga oladi, bir necha amaliy mashg’ulotlar davomida va hatto butun o’quv kursi mobaynida qo’llanilishi mumkin.
Tarkibiy tuzilishi bo’yicha keyslar turlari. Tuzilmaviy xususiyatlariga qarab keyslarning ikki turi farqlanadi:

Tuzilmali keys o’zining tuzilmali shakli jihatidan vaziyatning idrok etilishi va fikrlanishini engillashtiradigan axborotni o’z ichiga oladi.
Tuzilmaga ega bo’lmagan keys, odatda, muammoni batafsil (ba’zan, hatto haddan ortiq tafsilotlari bilan) yoritadigan katta hajmdagi tuzilmalanmagan axborotni o’z ichiga oladi.
O’quv topshirig’ini taqdim etish usuliga ko’ra testlar turlari. Ushbu tasniflash asosiga ko’ra keyslar ikki turda bo’ladi:

  • Savolli keys – uning echilishida tinglovchilar vaziyat bayon qilinganidan keyin qo’yiladigan savollarga javob berishi kerak.

  • Keys-topshiriq – keysni hal qilish jarayonida bajarilishi lozim bo’lgan vazifa yoki topshiriq, odatda vaziyat bayonigacha qo’yiladi.


Yüklə 152,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə