Kun tartibi: Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi fanidan fanidan kurs ishi himoyasi



Yüklə 41 Kb.
tarix23.09.2023
ölçüsü41 Kb.
#122986

Farg`ona davlat universiteti, Fizika-texnika fakulteti,
Fizika kafedrasining 2023-yil 2-iyundagi navbatdan tashqari yig`ilishining
bayonnomasidan
KO`CHIRMA


QATNASHDILAR: Kafedra professor-o’qituvchilari.
KUN TARTIBI: Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi fanidan fanidan kurs ishi himoyasi
1.4.11. 3-kurs 20.12 guruh talabasi To’lanova Rayhona To’lqinbek qizining Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi fanidan kurs ishini qabul qilish bo`yicha ishchi guruhga taqdim etayotgan “Gamma nurlanishlarning modda orqali o’tishi. Fotoeffekt, Kompton effekt, elektron-pozitron jufti hosil bo’lishi va bog’liq tomonlari” mavzuli kurs ishi himoya qilish uchun tavsiya etish masalasi.
SO`ZGA CHIQDILAR: Fizika kafedrasining mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor K.Onarqulov kafedrada 2023-yil 1-iyungacha muddatda fizika yo`nalishi uchinchi kurs 20.10-20.11-20.12-20.13-20.13A va 20.14r guruhlar talabalari kurs ishlarini himoyasiga tayyorligi masalasi tahlil etilganligi to`g`risida gapirdi.
Kurs ishlarining tayyorgarlik holati: taqriz hamda rahbarining xulosalari to`liq rasmiylashtirilgan kurs ishlari himoya uchun tavsiya etiladi.
Kurs ishlarining dastlabki himoyasida talabalarga kurs ishlarni rasmiylashtirishdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf qilish, buning uchun kurs ishlari va tegishli hujjatlarini yana bir nazoratdan o`tkazish zarurligi aytildi.
Talabalarning kurs ishlarining bajarilishi xususida kurs ishi rahbari, o`qituvchi A.Qo’chqorov so`zga chiqib quyidagilarga to`xtalib o`tdi.
To’lanova Rayhona ni kurs ishlarini qabul qilish bo`yicha ishchi guruhga taqdim etayotgan “Gamma nurlanishlarning modda orqali o’tishi. Fotoeffekt, Kompton effekt, elektron-pozitron jufti hosil bo’lishi va bog’liq tomonlari.” mavzuli kurs ishi mustaqil tarzda bajarilgan bo`lib, kurs ishi kirish qismi 2 bob, xulosa qismi, foydalangan adabiyotlar, internet ma’lumotlaridan iborat bo`lib, kurs ishining 1 – bobida Gamma nurlarning modda orqali o’tishi, 2 – bobida Fotoeffekt, Kompton effekt, elektron-pozitron juftining hosil bo’lishihaqida ma’lumot berilgan.
Ko’rilgan masala yuzasidan
QAROR QILINDI:
1. Fizika kafedrasining mudiri professor K.Onarqulovning takliflari ma’qullansin.

  1. Kurs ishi rahbari, o`qituvchi A.Qo’chqorov va muhokamaga chiqqan kafedra a’zolarining fikrlari bo`yicha 20.12-guruh talabasi To’lanova Rayhona To’lqinbek qizining “Gamma nurlanishlarning modda orqali o’tishi. Fotoeffekt, Kompton effekt, elektron-pozitron jufti hosil bo’lishi va bog’liq tomonlari.” mavzuli kurs ishi ximoyaga tavsiya etilsin.



Kafedra mudiri K.Onarqulov
Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə