2023 y. Qatnashdilar: Kafedra mudiri dots Mamatov Z. U hamda barcha kafedra professor-o‘qituvchilari. Kuntartibi



Yüklə 15,68 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü15,68 Kb.
#144741
Kafedra qaroridan ko\'chirma


O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Amaliy matematika va fizika fakulteti Fizika- astronomiya kafedrasining navbatdan tashqari yig’ilish bayonnomasidan


K O ‘ Ch I R M A
Samarqand sh.
____ ______ 2023 y.


Qatnashdilar: Kafedra mudiri dots Mamatov Z.U hamda barcha kafedra professor-o‘qituvchilari.
K U N T A R T I B I :
5.1. Har xil masalalar.
Zarafshon gazetasining 2023-yil 30-sentyabr sonida e’longa berilgan assistent lavozimi tanloviga, “Fizika- astronomiya” assistenti Karshiboyev Shavkat Esirgapovichning tanlovda ishtirok etishi.
Eshitildi: Kafedra mudiri dots Mamatov Z.U -Aniq fanlar kafedra assistenti Sh.E Karshiboyevning 2023-2024-o‘quv yilida kafedrada ko’rsatgan ilmiy-pedagogik faoliyati bilan kafedra a’zolariga tanishtirdi.
Shundan so‘ng bajargan ishlari va kelgusidagi rejalarini bayon etish uchun so’z assistent Sh.E Karshiboyevga berildi.
So’zga chiqdi: Sh Karshiboyev 2014-2023 yillarda mehnat faoliyati davrida ilmiy nashrlarda 10 dan ortiq ta ilmiy maqola, 30 dan ortiq tezislar chop ettirgan hamda shu o‘quv yili davomida 1 ta namunaviy ochiq darslar o‘tkazgan. Bundan tashqari 2 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan, noyabr oyida malaka oshirishi rejalashtirilgan.
Bu masala yuzasidan kafedra mudiri dots Mamatov Z.U so‘zga chiqib Sh.E Karshiboyevning pedagogik faoliyatiga doir ma’lumotlar, nashr ettirgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari, faoliyati davomidagi bir qator yutuqlari bilan tanishtirdi. Kafedra mudiri yig‘ilish a’zolaridan ushbu masalaga munasabat bildirishini so‘radi.
So‘zga chiqdi: kafedra dotsentlari: dots. M. Abduraxmonov va F Meliyevlar nomzodning bajargan ishlari, uning shaxsiy fazilatlari ham kafedra assistent o‘qituvchisi lavozimiga munosibligini alohida ta’kidlab, Sh.E Karshiboyevni qo‘llab-quvvatlash fikirni bildirdilar.
Kafedra a’zolari bir ovozdan ochiq ovoz berish tartibini ma’qullashdi. Nomzod ovozga qo’yildi. Ochiq ovoz berish natijalari quyidagicha bo‘ldi:
Qarshilar yo‘q.
Betaraflar yo‘q.
Ushbu masala yuzasidan kafedra yig‘ilishi qaror qiladi.


QAROR QILINDI:

1) Kafedra o‘qituvchisi Sh.E Karshiboyevning 2023-2024 o‘quv yili davomida ilmiy faoliyati hisoboti inobatga olinsin va mehnat faoliyati talab darajasida deb hisoblansin.


2) Kafedraning assistent o‘qituvchisi lavozimiga Sh.E Karshiboyevning nomzodi tavsiya etilsin.
3) Ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlash Institut ilmiy kengashidan so‘ralsin.
.
Kafedra mudiri: dots Mamatov Z.U
Kotiba: M.Norqulova
Yüklə 15,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə