"Kreativ fikrlash" faniga kirish "Kreativ fikrlash" fani nimani o’rgatadi?



Yüklə 283,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix31.05.2023
ölçüsü283,3 Kb.
#114499
1   2
1-maruza. Kreativ fikrlash

“Olti shlyapa” usuli
. Edvard de Bono taklif etgan “Olti rangli shlyapa usuli”da 
biror mavzu tanlanadi. Navbatma-navbat shapkalar kiyiladi: oq — diqqat bilan
hech qanday emotsiyasiz barcha faktlar tekshiriladi; qora — kamchiliklar 
aniqlanadi; sariq — mavjud holat tahlil etiladi; yashil — yana yangi bir necha 
g‘oyalar qo‘shiladi; qizil — emotsional munosabat bildiriladi; ko‘k — ish 
xotimalanadi. Masalan, ta’lim tizimiga oid qonunchilikni takomillashtirish mavzusi 


ko‘rilayotgan bo‘lsa, mavjud qonunchilik o‘rganiladi, kamchilik va bo‘shliqlar 
aniqlanadi. Qonuniy me’yorlarning real holat bilan mosligi yoki qarama-qarshiligi 
o‘rganiladi. Ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi takliflar beriladi, ular amalga 
oshsa, qanday samara berishi izohlanadi. Taklif loyiha shaklida rasmiylashtiriladi. 
PISA butun dunyodagi 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash 
tavsifidan foydalanadi. 13. Kreativ fikrlashning ushbu tavsifi Kreativ fikrlash 
strategik konsultativ guruhi tomonidan taklif etilgan taʼrifga mosdir. Ushbu tavsif 
oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya berish amaliyotida 
samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga xosligi va mu 
nosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki maromiga 
yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi. Bu tavsif ishlab 
chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik 
borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan. Kreativ 
fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng, 
ammo ich-ichidan bog‘liq kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega 
bo‘ladi. Plucker, Beghetto va Dow (2004 [5]) ushbu konsepsiyaning koʻp qirraligi 
va ijtimoiy mohiyatini hisobga olgan holda taklif etgan taʼrifiga koʻra, kreativlik – 
layoqat, jarayon va strategik konsultativ guruh ijodiy fikrlashni «...yangi gʻoyalarni 
ishlab chiqish jarayoni. U muayyan bilim, koʻnikma va yondashuvni talab etadi. 
Uning ichiga mavzular, nazariya, sohalar va uslublararo bogʻlanishlarni qurish 
kiradi», deb ta’riflagan. muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali shaxs 
yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan 
salmoqli 
mahsulotni 
yaratishidir. 
Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu 
bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi 
kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat 
durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk 
ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan 
sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega 
ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Va aksincha, kichik yoxud kundalik 
kreativlik (masa lan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat 
qoldiqlaridan yangi taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga 
ijodiy yechim topish kabi ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga 
zarurdir. 
Umuman olganda, tadqiqotchilar kundalik ijodkorlik amaliyot va taʼlim orqali 
takomillashtirilishi mumkin degan xulosada yakdildir. Demak, tugʻma talantning 
ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin boʻlgan shaxsning 
kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ 
fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik bilan bogʻliq 


vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat insho 
yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan 
taʼlim kontekstiga, balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi 
muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir. 
Endilikda mutaxassisning aqliy va kasbiy salohiyati uning qayerda va qancha vaqt 
o’qiganligi bilan emas, balki ta’lim jarayoni yakunida ma’lumotlarni qanchalik 
o’zlashtirganligi va olgan bilimlarini qay darajada amalda qo’llay olishi bilan 
belgilanadi. Kreativ fikrlaydigan avlodni tarbiyalashda ma’lumotni o’rganish va 
talqin qilish qobiliyatini egallash yetarli emas, ularni yangi bilimlarga aylantirish 
va hayotda qo’llay olishlari muhimdir. Zamonaviy rivojlangan muhit bizni yangi 
sifatda qayta tarbiyalamoqda: insonni eng yuksak qadriyat deb tan olib, uning 
taqdiri, boshqalarning taqdiri, shaxsning ongini o’zgartirish, har bir olayotgan 
axborotini tabiat, jamiyat va o’z-o’ziga bo’lgan munosabati orqali idrok etishi 
olinayotgan bilimlarning ahamiyati va xotirada qolish jarayonida muhim omil 
sanaladi. Bularning barchasi nafaqat ta’limning mazmuni va shakllarini qayta 
ko’rib chiqishni, balki ushbu sohada ko’plab qadriyatlardan voz kechishni, ularni 
zamonga va kishilarning yangicha dunyoqarashiga moslashtirishni taqozo 
etmoqda. Umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan fanlar orasida kimyo fani 
anchayin murakkab sanalgan, o’quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda va kelajak 
hayotlarida tadbiq qilishlari uchun yetarlicha nazariy bilimga ega bo’lishlari zarur 
hisoblangan fanlar sirasiga kiradigan fandir. Kimyo darslarini sifatli tarzda tashkil 
qilishda har bir o’quvchining darsdagi yutuqlarini namoyish qilish, kerak 
bo’lganda o’quvchini maqtash orqali rag’batlantirish, biroz xafa bo’lsada, unga o’z 
vaqtida bilimlaridagi bo’shliqlarini bildirish va to’ldirishga imkon berish, dars 
jarayonida o’qituvchi va o’quvchi orasida qulay psixologik muhitning yaratilishini 
ta’minlash muhimdir. O’quvchilarni kimyo darslariga qiziqishini oshiradigan 
ko’plab zamonaviy o’qitish usullari bo’lib, ulardan yetarlicha xabardor bo’lgan 
o’qituvchining darsi muvaffaqiyatli va qiziqarli bo’ladi. O’quvchilar kimyo 
darslarida olgan bilimlarini kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida va kundalik 
hayotlarida qay darajada zarur bo’lishini anglab yetsalar, ushbu bilimlarni 
o’zlashtirishga bo’lgan ishtiyoqlari yanada ortadi. Darsda o’quvchilarning ham 
aqliy, ham jismoniy faol bo’lishlariga yordam bera oladigan didaktik o’yinli 
texnologiyalardan foydalanish esa ularning o’qishga bo’lgan ishtiyoqini va 
motivatsiyani oshirishga yordam beradi. Kimyo darslarida belgilangan vaqtni 
samarali sarflash uchun mavzudan kelib chiqqan holda didaktik o’yinlardan 
o’tilgan va yangi mavzuni mustahkamlash, mavzuni tushuntirish qismlarida 
qo’llash mumkin. Aynan mavzuga mos bo’lgan, o’quvchilar yoshiga mos 
keladigano’yinlarni tanlash va qo’llash orqali ijobiy natijalarga erishish 
o’qituvchining mahoratiga bog’liq bo’ladi. O’quv jarayonida foydalaniladigan 


didaktik o’yinlar sinfda guruh a’zolari yoki individual ishtirokchilar o'rtasidagi 
raqobatni rivojlantirishga va bu orqali darsga bo’lgan qiziqishni oshirishga yordam 
beradi. Didaktik o’yinli metodni guruhlarga bo’lgan holda amalga oshirish va 
buning natiijasida o’yin ishtirokchilari orasida yuzaga kelgan sog’lom raqobat 
ularda liderlik qobiliyati, muammoning yechimini topishda eng samarali usulni 
tanlash, yechimlar orasidan eng samaralisini tanlash imkonini beradi. 
Ma’lumotlarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida 
ularning yechimini topishga intilish kreativ potensial bilish jarayonida 
yo‘naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogning kreativ potensiali 
an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1. 
Tafakkurning tezkor va egiluvchanligi. 2. Yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati, bir 
qolipda fikrlamaslik. 3. Tashabbuskorlik-o‘ziga xoslik. 4. Noaniqlikka toqat qilish. 
5. Zakovatli bo‘lish. Kreativlik “turli vaziyatlarda ta’lim va tarbiyaga oid masalalar 
yuzasidan qarorlarni qabul qilishda yaqqol namoyon bo‘lib pedagogning ijodiy 
faolligini tavsiflaydi”. Yuqorida bildirilgan kompetentlik va kreativlik 
tushunchalari ta’lim tizimida qanday tizim sifatida tashkil etilganligi haqida fikr 
yuritamiz. Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsiya va 
yangiliklar, barkamol avlodni tarbiyalash mazkur tizimda faoliyat olib borayotgan 
barcha o‘qituvchi murabbiylar oldiga ko‘plab vazifalarni hal etishni dolzarb masala 
sifatida belgilab qo‘ymoqda. Jumladan oliy ta’lim tizimida ham faoliyat 
yuritadigan professor-o‘qituvchilarda ham o‘z faoliyatlarida yosh avlodni 
tarbiyalashda kompetentlik va kreativlik sifatlari talab etilmoqda. Termiz davlat 
universiteti professor-o‘qituvchilari ham jamiyatda ro‘y berayotgan modernizatsiya 
jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar. Ko‘plab professor-o‘qituvchilar ta’lim 
jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, yosh avlodni tarbiyalashda faol 
qatnashmoqdalar. Shu bilan bir qatorda, xalq ta’lim tizimida ham ko‘plab tajribali 
kompetentli o‘qituvchilar zamon talablari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya 
bermoqdalar. Surxondaryo viloyati xalq ta’limi tizimida ko‘pgina maktablarda 
fidoyilik bilan o‘z kasbiga sodiq, pedagogik kompetentlikka ega o‘qituvchilar 
kreativlik asosida o‘quvchilarga bilim berilmoqdalar. Jumladan, Termiz shahridagi 
9-maktabning o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari, Qiziriq tumanidagi 4-maktab 
rus tili o‘qituvchilari, Sherobod tumanidagi 21-maktab o‘zbek tili va adabiyoti 
o‘qituvchilari hozirgi davr talablari asosida har tomonlama rivojlangan shaxsni 
tarbiyalashda innovatsion texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim samaradorligini 
oshirishga harakat qilmoqda. Bugungi o‘qituvchida intuitsiya, refleksiya va 
intellekt yuqori darajada shakllangan bo‘lsa, o‘z oldiga qo‘ygan har qanday 
nostandart vaziyatlardan chiqa oladi. Yuqorida qayd etilgan maktab o‘qituvchilar 
o‘z darslarida o‘quvchilarni interfaol usullar orqali erkin muloqat qilishga, 
muammoli vaziyatlar yechimlarini topishga, dars davomida savol-javoblar 


tariqasida, mantiqiy fikrlash asosida o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirishga 
xizmat qilmoqda. Qiziriq tumanidagi 4-maktab rus tili va adabiyot o‘qituvchisi 
Guljamol Rahmonqulovaning ta’kidlashicha, o‘qituvchi uzluksiz o‘z kasbi 
bo‘yicha izlanishi, ijodkor bo‘lishi, yangiliklardan o‘z o‘rnida unumli foydalanishi, 
o‘z bilimini tizimli ravishda o‘quvchilarga yetkazishi va ular bilan doimo faol 
munosabatda bo‘lishni tavsiya etadi. O‘qituvchi o‘zining ko‘p yillik pedagogik 
tajribasiga tayanib bugungi o‘qituvchilarga kreativlik asosida quyidagilarni tavsiya 
etadi: – o‘quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirish uchun o‘quvchilar yoshiga mos til va 
adabiyot bo‘yicha tanlovlar tashkil qilish; – to‘garaklarda turli audio eshittirishlar 
asosida o‘quvchilar muloqotini tashkil qilish; – o‘quvchilarda tabiat bilan bog‘liq 
matnlarni o‘qitish orqali ularda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish; – rus 
klassikalari asosida turli sahna asarlarini sahnalashtirish; – yuqori sinf 
o‘quvchilarida erkin mavzular yuzasidan insholar yozish; – turli kecha va tadbirlar, 
konferensiyalar tashkil qilib o‘quvchilar faolligini oshirish va hokazolar. Yuqorida 
ta’kidlangan nazariy va amaliy tavsiyalarga tayanib kasbiy kompetentlikning 3 ta 
bosqichini ko‘rsatish mumkin: – o‘z-o‘zini tahlil qilish va o‘zini anglash zaruriyati; 
– o‘z-o‘zini rivojlantirish rejasiga ega bo‘lish (maqsad vazifa va uni amalga 
oshirish yo‘llari) – o‘zini ko‘rsatish, tahlil qilish va kamchiliklar ustida ishlash. 
Kasbga oid kompetentlikning shakllanishi uzluksiz jarayon. Pedagogning kasbiy 
kompetentligi shakllanishi o‘z kasbiy qobiliyatini rivojlantirish dasturiga ega 
bo‘lib, o‘z faoliyatini tahlil qila oladigan, kamchiliklarni tugatish ustida tinimsiz 
izlanadigan 
davrdan 
boshlanadi. 
3. 
Men 
kreativ 
fikrlay 
olaman….mavzusida 
esse 
yozing. 
Men elektr energiyasini 10 marotaba samarali foydalanadigan electron texnikalarni 
ishlab chiqarish uchun izlanyapman. Hozirda elektrni 6 marta tezaydigan isitkichni 
ustida ishlab uni hayotga tadbir etdim.Shu isitgich orqali kam quvvat sarflab katta 
issiqlik olmoqdaman. Bir kunda 3 kvatt lik energiya sarflaydi. 

Yüklə 283,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə