Korporativ strategiyani shakllantirish bosqichlari va tarkibi



Yüklə 326,46 Kb.
səhifə1/9
tarix14.06.2022
ölçüsü326,46 Kb.
#89442
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi moliya


KORPORATIV STRATEGIYANI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI VA TARKIBI
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………..... 2
I BOB. KORXONANI KORPORATIV STRATЕGIYAGA MOS KЕLISHI JIXATIDAN BAXOLASH VA ULARNING KORPORATSIYA UCHUN NISBIY STRATЕGIK AXAMIYATINI ANIQLASH
1.1 Korxonada strategiya ishlab chiqish vazifalari va strategiya turlari shuningdek, strategiyani shakllantirishga yondashuvlar……4
1.2 Korporativ stratеgiyani ishlab chiqish, baholash va tadqiq qilish……10
1.3 Tiklashning korporativ stratеgiyasi va divеrsifikatsiyalashning korporativ stratеgiyasi haqida tushuncha…………16
II BOB. KORPORATIV TUZILMALARDA MOLIYAVIY BOSHQARUVNI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI
2.1 Respublikadagi korporativ moliyaviy boshqaruv tizimidagi mavjud muommolar va ularning mohiyati…………………..21
2.2 Korporativ tuzilmalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish yo’llari…………………………………………………………..29
XULOSA …………………………………………….34
FOYDALANISH UCHUN ADABIYOTLAR ……35

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning, ayniqsa strategik boshqaruvning turli sohalarida ijobiy o`zgarishlar bo`lishi muhim vazifalardan biri sanaladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi natijasida korxonalarni strategik boshqarishda yangi talablar paydo bo`lmoqda. O`zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy o`tish bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va turli xil mulkchilik shakllariga o`tish bilan tavsiflanadi. Bu o`z navbatida samarali boshqarishning zarurligini taqozo etadi. Samarali boshqarish o`z navbatida ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardoshligini va buning natijasida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining maqsadi: Korxona va tashkilotlardagi samarali strategik boshqarish usullari, korxonlarni strategik boshqarish va rejalashtirish samaradorligini oshirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining ishining vazifalari: - korxona va tashkilotlar faoliyatini strategik boshqarish va rejalashtirishning ilmiy va uslubiy asoslarini o`rganish;
Korxona muhitida tashkilotni maqsad sari yo’naltirish, menejerlarning strategik rejalarini va vazifalarini amalga oshirish, tanlangan strategiyani hayotga tadbiq etish kabi faoliyatlarni bajarishga to’g’ri keladi. Strategik boshqaruv - bu korxona mavqeini mustahkamlashga, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga va muayyan natijalarga erishishga qaratilgan boshqaruv rejasidir. Korxonalarda boshqarish tizimini barpo qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning turiga to`la mos keluvchi boshqaruv yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir bo`g`inining ishlab chiqarish texnika, xo`jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo`yicha hamma funktsiyalarning bajarilishi zaruratidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni isloh qilish boshqaruv funksiyalarini samarali taqsimlash boshqaruv maqsadini aniq belgilash bo`yicha bir qator tadbirlarni o`tkazish orqali amalga oshiriladi.
Lekin hozirgi bozor sharoitida ko`pgina korxona va tashkilotlarda, xususan loyihalar tashkilotlarida hamon boshqaruv tuzilmasida ortiqcha bo`g`inlar mavjud bo`lib, bular o`z navbatida yuqorida ta`kidlaganimizdek, strategik boshqaruvda mehnat unumdorligining pasayishiga va pirovard natijada korxonaning yakuniy faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shu sababli bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida korxonalarda strategik boshqaruv tizimini bozor talablariga moslashtirish, ya`ni takomillashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanganligi ham mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini tasdiqlaydi.
Xozirgi sharoitda korxona mehnatga haq to’lash shakllari, tizimlari miqdorini, shuningdek boshqa qo’shimcha va ustama haklarini respublika konun xujjatlari asosida mustaqil ravishda belgilaydi Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va tarkib topayotgan erkin, demokratik jamiyatning milliy asoslarini takomillashtirish hamda jahon hamjamiyatida "O’zbek modeli" deb tan olingan iqtisodiy jarayonlarning ijobiy natijalari rivojlangan mamlakatlar tomonidan e‟tirof etilmoqda. Bunda xalqaro tajribalar va milliy rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish, ularni o’zaro umumlashtirish asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etib boriladi. Jahon tajribasiga ko’ra, mulkchilikning xilma-xil shakllariga asoslangan bozor munosabatlari tizimida xodimlarga ish haqi to’lash tizimi va uni takomillashtirish ishchilar bilan ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishga, ish natijalarini yaxshilashga, xodimlarni ishidan qoniqish hosil qilishlari va provard natijada ish unumdorligini ortib borishiga imkon beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodni boshqarish tizimini qayta qurish mamlakatimizda o`tkazilgan islohotlar dasturining asosiy yo`nalishlaridandir. U muammo korxona darajasida muhim ahamiyatga ega.


Yüklə 326,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə