Конспект урока на тему: «Системы счисления»



Yüklə 98,1 Kb.
səhifə2/2
tarix14.01.2023
ölçüsü98,1 Kb.
#98606
1   2
informatika dars ishlanma

Darsning borishi
1. Tashkiliy moment
Assalom o’quvchilar. Hozir darsimiz informatika.
Bugun kim navbatchi. Darsga kim kelmagan?
2.Kirish so’zi.
Bugungi darsimiz amaliy mashg’ulot bo’lib, “Sanoq sistemalar” mavzusiga bag’ishlangan.Bugun bu mavzuni takrorlaymiz, umumlashtiramiz. Sizning vazifangiz bir sanoq sistemadan boshqa sanoq sistemaga o’tish qoidalari bo’yicha olgan bilim, ko’nikma, malakalaringizni nazariy ko’rsatish va amalda tatbiq qila olishingizni ko’rsatish.
3. Nazariy bilimlarni sistemalashtirish.
Dars mavzusi bo’ycha o’quvchilar berilgan topshiriqni bajarish uchun didaktik tarqatma materialdan foydalanadilar. Bu topshiriqni o’quvchilar individual bajaradilar.
1-topshiriq.
Arifmetik amallar.
Tenglikka tog’ri keluvchi sonlarni yozing::

0+__= 0
0+1= __
__+0= 1
1+1=__
0-__= 0
0-1= __
1-__= 1
1-__= 0
0*0= __
0*1= __
1*__= 0
1*__= 1
0+0= __
0*1= __
1-0= __
1*1= __




0+0= 0
0+1= 1
1+0= 1
1+1=10

0-0= 0
0-1= 11
1-0= 1
1-1= 0

0*0= 0
0*1= 0
1*0= 0
1*1= 1

0+0= 0
0*1= 0
1-0= 1
1*1= 1

2-topshiriq. Jadvalni to’ldiring.

Sanoq sistema

Asos

Alfavit

O’nli

10

0;1;2;3;4;5;6;7;8;9

Sakkizlik

8




0; 1


16



(To’g’r i to’ldirlgan jadval)

Sanoq sistema

Asos

Alfavit

O’nli

10

0;1;2;3;4;5;6;7;8;9

Sakkizlik

8

0;1;2;3;4;5;6;7

Ikkilik

2

0; 1

O’n oltilik

16

0;1;2;3;4;5;6;7;8;9;A;B;C;D;E;F

3- Masalani yechish ( juftlikda ishlash)
Tenglikni isbotlang.

  1. 225338 = 100101010110112

  2. 10010101111002 = 12BC16

4-topshiriq. Tengsizlikni yeching:
So’roq o’rniga <, > yoki = belgisini qo’ying. ( Doska oldida ishlash)

  1. 28510 ? 11D16 (Javobi: 28510 = 28510)

  2. 1111112 ? 11118 (Javobi: 6310 < 58510)

  3. 16 ? 1010012 (Javobi: 10810 > 4110)

  4. 5516 ? 1258 (Javobi: 8510 = 8510)

5-topshiriq. Gulning ochilishi
Gulning ochilishini kuzatamiz. Avval gulimiz bir bargini, so’ng ikkinchi bargini yozadi … va nihoyat gul ochiladi. Ochilish jarayonida gulimiz ikkilik sanoq sistemasi sonlarini ko’rsatadi. Agar gulning oxirigacha ochilishini kuzatsak, u bizga necha kunga unib chiqqani va ochilganini ko’rsatadi.

Javob: 100100012=145 kun.


6-topshiriq.
Mustaqil ish. Sonli diktant.
Agar tasdiq tog’ri bo’lsa 1, noto’g’ri bo’lsa 0 qo’yib chiqamiz. Natijani o’nlik sanoq sistemaga o’tkazamiz.

  • 1. Kompyuterda saqlangan axborot uchlik sanoq sistemasida tasvirlangan.

  • 2.Ikkilik sanoq sistemasida 1+1=11

  • 3. 16 lik sanoq sistemasida А harfi 15 sonini ifodalaydi.

  • 4.Beshlik sanoq sistemasida 0,…5 raqamlardan foydalaniladi.

  • 5. Rim raqamlari pozitsiyali sanoq sistemasidir

  • 6.Sakkizlik sanoq sistemasida 0,…7 raqamlari kiradi.

(Topshiriq natijasi: 1010102 = 4210 )
7-topshiriq. Amaliy mashg’ulot
N = Familiyasi Ismi Otasining ismi manzili shahar ko’cha nomi uy
N belgilarni hisoblab ikkilik, sakkizlik, o’n oltilik sanoq sistemasiga o’tkazish.
N10 = ?2 = ?8 = ?16
V. Darsni yakunlash.
Refleks;

  • Eng qiziq topshiriq qaysi bo’ldi?

  • Sizningcha eng qiyin topshiriq qaysi?

  • Topshiriqlarni bajarishda qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz.

  • Sizningcha qaysi topshiriqlar qiziqarli bo’ldi va siz yana qanday topshiriq taklif qilar edingiz?

Bolalar, siz bugun juda yaxshi ishladingiz va berilgan topshiriqlarni bajarishni uddaladingiz. Sizning oldingizga qo’yilgan vazifani bajara oldingiz va “Sanoq sistemalari” mavzusi bo’yicha bilimingizni ko’rsata oldingiz. Dars davomida bajargan ishingiz uchun quyidagicha baholandingiz.
Yaxshi ish uchun hammaga rahmat. Ofarin
VI. Uyga vazifa .
40 betdagi 7-masalani yechib kelish va daftardagi topshiriqlarni ko’rib chiqish.
Yüklə 98,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə