Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov Ilich Djumabaevich


Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov Ilich Djumabaevich



Yüklə 487,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix31.01.2022
ölçüsü487,5 Kb.
#83325
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov I

Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov Ilich Djumabaevich 

 



 

bo‘ylab  kesadilar.  So‘ngra  qorin  parda  devoridagi  jarohat  ilmoqchalar  (jarohat 

kengaytirgichlar)  bilan  kengaytiriladi  va  jarohatlangan  o‘choqni  tekshirishga 

hamda operatsiyaning asosiy bosqichini bajarishga kirishiladi. 

Operatsiya  tamom  bo‘lganidan  so‘ng  qorin  bo‘shlig‘ini  qunt  bilan 

quritish,  sochiqchalar,  asboblar  qolib  ketmaganiga  ishonch  hosil  qilish  uchun 

uni tekshirish lozim. 

Qorin  devoridagi  operatsiya  jarohati  (kesilgan  o‘rni)  qavatma-qavat 

tikiladi.  Avvalo  qorin  parda  ketgut  ip  bilan  uzluksiz  choklar  qo‘yib  tikiladi, 

so‘ngra  muskul-aponevroz  qavati,  undan  keyin  esa  teri  ipak  bilan  tugunchali 

chok qo‘yib tikiladi. 

O‘rta laparotomiyada kesma pastga tomon qorinning oq chizig‘i bo‘ylab, 

kindikni  chapdan  aylanib  o‘tadi  (kindikdan  o‘ngroqda  jigarning  yumaloq 

boylami joylashgan). 

Pastki  o‘rta  laparotomiyada  shuni  ko‘zda  tutish  kerakki,  qorinning  oq 

chizig‘i  kesilgandan  so‘ng  operatsiya  jarohatida  ikkala  to‘g‘ri  muskullarning 

ichki  qirg‘oqlari  ko‘rinadi,  ana  shularni  sinchiklab  topib,  ularni  chetga  surib 

qo‘yish  lozim.  Jarohatning  pastki  bo‘limidagi  chuqur  qavatlarni  ehtiyotkorlik 

bilan kesish shart, aks holda qovuq jarohatlanib qolishi mumkin. 

O‘rta total laparotomiyada teri va teri osti kletchatkasi xanjarsimon o‘siq 

va  kindik  orasidagi  masofaning  o‘rtasidan  kesa  boshlanadi,  bunda  u  kindikni 

chapdan  chetlab  o‘tib,  kindikdan  10–12  sm  pastda  tugatiladi.  Yuza  qavatlar 

kesilgandan so‘ng qorinning oq chizig‘i ochiladi, bu chiziq o‘zaro zich chatishib 

ketgan aponevrotik tolalardan iborat mustahkam aponevroz ko‘rinishda bo‘lib, u 

orqali  tomirlar,  nervlar  o‘tadi.  Assistent  o‘tkir  ilmoqchalar  bilan  jarohat 

qirg‘oqlarini  keng  qilib  ochadi.  Ehtiyotkorlik  bilan  skalpel  yordamida  butun 

jarohat  bo‘ylamasiga,  qorin  pardani  shikastlanishdan  asrab,  qorinning  ok 

chizig‘i  kesiladi.  Qorin  parda  qorin  parda  oldi  kletchatkasi  bilan  birgalikda 

pinset  bilan  ushlab  olinadi  va  biroz  kesiladi.  Hosil  bo‘lgan  teshikka  qaychi 

kiritiladi  va  qorin  parda  kesilgani  sari  Mikulich  qisqichlari  bilan  ushlab  olina 

boradi.  Jarohatga  jarohat  kengaytirgich  kiritiladi,  uning  yordamida  jarohat 

qirg‘oqlari keng ochiladi. Jarohatda katta charvi bilan qoplangan ingichka ichak 

halqalari  ko‘rinadi.  Charvi  yuqoriga  ko‘tariladi  va  jarohatga  ingichka  ichak 

halqalari olib chi qiladi. 

O‘rta  laparotomiyaning  kamchiligi  shundaki,  operatsiyadan  keyin 

qoladigan  jarohatning  bitishi  cho‘ziladi,  shu  tufayli  ba’zan operatsiyadan so‘ng 

churra  hosil  bo‘ladi.  Shuningdek  qon  aylanishining  yetarli  miqdorda 

bo‘lmaganligi oqibatida qorin oq chizig‘i chandig‘i yetarli darajada mustahkam 

bo‘lmaydi, degan fikrlar ham bor. Bularning barchasi paramedial (pararektal) va 

transrektal laparotomiyalarning ishlanib chiqishiga sabab bo‘ldi. 




Yüklə 487,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə