Kitob to’g’risida


- Qism  Matematik hisobimizni boshqarish va



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/32
tarix21.10.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#129620
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
узбекча

15- Qism 
Matematik hisobimizni boshqarish va 
 undagi psixologiyalar. 
Har qaysi treyder qancha kitoblarni o’qimasin qancha savdo 
strategiyalarni bajarmasin, unga muvaffaqiyat bo’lmaydi. Chunki har 
qanday savdo strategiya har qaysi tomondagi yo’nalishni ko’rsatadi va 
sizni qayerga bozorda kirish kerak va qayerdan chiqish kerakligidan 
adashtiradi.
Savdoning eng asosiy muhim qismi bu birinchi navbatda 
Psixologiya rol o’ynaydi. Agarda bizda qo’rquv yoki maqsad bo’lmasa, 
ishimiz planlashtirilmagan bo’lsa unda har qanday tomonga savdoga 
kirsak bizda faqat zarar ketadi. Shuning uchun ham eng asosiy forexda 
ishlashda matematik boshqaruv va psixologiya sanaladi. Agarda biz 
hisobimizdagi summadan kam miqdorini bozorda ishlatsak unda biz 
ancha kunga zararga turib qaytib biz analizlashtirilgan tomonga borsa 
unda biz hech ham afsuslanmaymiz. Ba’zi bo’lajak treyderlar ya’ni 
o’quvchi treyderlar o’zlarini sinash uchun virtual hisoblar ochib 
ishlashadi. Ular o’rganishadi qayerda qanday qilib kirish kerak 
ekanligini o’zlashtirishni boshlaydilar. Ularga virtual hisobda juda 
muvaffaqiyatga erishadilar. Hattoki ular bir kunni ichida balansdagi 


96 
summani 1 baravarga ko’paytirishishadi. Agarda bunday bilimga ega 
bo’lsalar ular real summa bilan boshlamoqchi bo’lishadi va boshida 
yaxshi boshqarishadi va oxir oqibat hamma summani yo’qotishadi. Yana 
ular virtual hisobda ishlashadi, hammasi yaxshi hattoki juda ham zo’r 
savdolashishadi. Lekin real summaga kelsak ishlar chappasiga ketadi. 
Bu yerda vertual bilan realni farqi nimada deysiz. Albatta psixologiyada, 
chunki demoga biz oddiygina analizlashtirib va unga kam e’tibor 
beramiz, chunki vertual hisobni olib bo’lmaydida, lekin real hisobni olib 
bo’ladi. Shuning uchun ham real hisobda har tomonlama o’ylaymiz, 
qayerda qanday agarda zararga ketsachi unda nima bo’ladi, marja 
yetmasa nima qilaman yoki mana narx boryapti bozorda kiraymi agarda 
hozir kirmasam narx uzoqga borib qoladi men esa bundan unumli 
foydalana olmayman. Mana shuncha bizda xayollar o’tadi. Chunki har 
birimiz ham foyda olishimiz kerakku. Bundan unumli foydalanishni 
istaymiz. Lekin oxir oqibat bu biz o’ylagan natija bo’lmaydi. Biz narx 
oxirida kelganda kiramiz yoki biz savdoda kirdikki qarama qarshi trend 
boradi. Shuning uchun ham siz tendensiyani yoki bozorda kiradigan 
joydan ulgurmadizmi demak savdoda kirish befoyda bu 50 ga 50 
sanaladi. Yoki trend siz qo’ygan joydan foydaga boradi yoki qarama 
qarshi zararga boradi. Taxmin bilan savdolashib bo’lmaydi chunki 
taxmin ko’proq zararga ishlaydi. Birinchi navbatda bozorda 
savdolashish jarayonida bizda dalilar kerak qayerda nima dalil bo’ldiyu 
biz kirdik. Qanday axborotlar bo’lyapti, tendensiya, modellar qanday, 
Ayiq pozitsiyasimi yoki Buqa yoki qarama qarshi tendensiya boradimi 
buni ham inobatga olgan holda bozorga matematik analizmizni 
buzmasdan savdoda qatnashishimiz kerak. Tasavvur qilamiz bizni 
hisobimizda 200 dollar mablag’ mavjud. Biz uni qanchasini bozorda 
ishlatishimiz mumkin, agarda matematik analizimizni inobatga olsak 
10% da ko’pini biz ishlata olmaymiz. Shu 10% ni ham 2 yoki 3 martada 
ishlatishimiz kerak. Aks holda tendensiya yangilik chiqgan paytda 
to’g’ri kelsa biz 15- 20 minut ichida 100-150 punkt zaraga tushib 
qolishimiz mumkin. Agarda biz 10% dan oshirsak bizda marja qolmaydi 
va biz hisobimizdagi hamma summani yoqotishimiz mumkin. Shuning 
uchun ham 200 dollardan biz ko’pi bilan 0.02 lot ochishimiz mumkin. 
Bunda 0.01 lot biz kerakli joyda ishlatamiz agarda bizda zararga ketsa 
va tendensiya qaytsa biz 0.02 lot qarama qarshi pozitsiyada kirishimiz 
mumkin. Buning uchun ham bizni analizimiz tez o’zgarsa albatta.


97 
Rasm- 15.1 
Ko’plab shunday va’ziyatlar bo’ladiki biz bozorga dalil isbotlar bilan 
kirgan taqdirda ham bizda zararga ketadi buning uchun qanday zararlarni 
himoya qilish kerak. Agarda Rasm- 15.1 ko’rsatilgan joydan bozorga 
kirsak biz zararga tushamiz. Shuning uchun bizni analizimiz to’g’ri 
kelmadimi biz shu yerdan qarama qarshi pozitsiya sell ochishimiz mumkin. 
Agarda biz qarama qarshi ( Xedj) ochsak buni 1 baravarga buy 
pozitsiyasidan ko’ra ko’proq ochsak sell pozitsiyasi, unda biz foydaga 
chiqamiz va 2 pozitsiyamizni yopamiz ham buy ham sell pozitsiyalarni.
Har doim buni yoddda saqlashimiz kerak, bizni hisobimizda har doim 
eng kamida 1000 punkt marjada turishi kerak, hamma pozitsiyalarimizni 
qo’shgan holatda.
Shunday holatlar bo’ladiki bizni analizmiz to’g’ri chiqadi lekin 100-150 
punkt zararga borib keyinchalik foydaga boradi. Chunki har bitta analizga 
aniqlik kiritguncha 100-200 punkt qarama qarshi tendensiyalar yoki qaytish 
ehtimolini ko’rishimiz mumkin. Shunday holatda biz tushib qolsak qaytish 
ehtimoliga va bizni ustiga ustak pozitsiyamiz bo’lsa unda biz faqatgina 
qarama qarshi pozitsiya 1 baravar ko’paytirib hamma zararlarni foydaga 
olib chiqib bilamiz.


98 
Rasm- 15.2 
Qanday biz analiz qilmasak bozorni to’liq qayerga boradi va qayerdan 
qachon, qancha payt mudatda borishi mumkinligini biz umuman 
bilmaymiz. Rasm- 15.2 Trend kanalidan kesib tushgan va trend kanaliga 
yordamchi chiziq bo’ylab ketganda va shu yerdan tushgan. Albatta bunday 
vaziyatda biz savdoda juda qulay vaziyat deb tushunamiz va savdoda 
qatnashamiz. Lekin bu ozgina tushib fleyt jarayoniga borgan. Bu fleyt 
jarayoni 140 punkt bo’lyapti va qaytib pasga tushishini ko’rib turibmiz. 
Lekin bu 140 punkt zararni ushlab turish ham va juda uzoq payt fleyt 
jarayoni borishi ham insonni umidini so’ndiradi. Shuning uchun ham bu 
yerga toki bir analiz sizga isbotlab bermasa tendensiya jarayonini biz hech 
harsa qila olmaymiz. Trend yo’nalishni analizlashtirish jarayonida biz 
albatta 40-50 punktga kamida adashamiz. Hattoki Tendensiya 
o’zgarganligini bilmay ham qolishimiz mumkin shuning uchun ham bizda 
kanallar va matematik hisobimzini boshqarishimiz katta yordam beradi.
Toki bir analiz to’liq trend jarayonini ko’rsatmasa hech qachon sovdoda 
kirish mumkin emas. Agarda trend kanalidan tendensiya chiqsa bizda toki 
yangi bir trend kanali hosil bo’lmasin biz bozorda kira olmaymiz. Chunki 
har xil vaziyat bo’lishi mumkin agarda bizda trend kanallar orqali biz 
yo’nalishni olmasak. Shuning uchun ham bizda yo’nalishni Kanallar 
modellar, va boshqa turdagi figuralar tendensiyani jarayonini isbotlab 
beradi.


99 
Rasm- 15.3 
Savdoda qatnashish uchun ham albatta zararlarni va qanchaga biz 
zararga ushlab qachon foyda ko’ra olishimizni bilib olishimiz kerak. Rasm- 
15.3 ko’rsatilgani kabi Savdo jarayoni manashu joy sanaladi. Noaniqlik esa 
kanaldan chiqgan jarayon sanaladi. Biz agarda savdoda foyda olishni 
istasak noaniqlik joyda tendensiya boriganligi sababli shuncha zararga biz 
turishimizga to’g’ri keladi va biz vaqt o’tgan sari bozorni pozitsiyamiz 
foydaga borgan taqdirda pozitisyamizni yopishimiz mumkin. Shuning 
uchun ham tendensiyani yo’nalishini toki aniqlaguncha o’tgan minimumlar 
va maksimumlar keyingi minimum o’tgan maksimumdan o’tsa shundagina 
biz tendnesiya yo’nalishini aniqlaymiz ungacha agarda bizni pozitsiyamiz 
ochiq bo’lsa 100-150 punkt zararga turamiz.
Aslida har bir inson 200-300 aqsh dollari bilan savdolasha olmaydi. 
Chunki inson ko’proq pul topishni va u hayotida yetarli darajada bo’lishi 
xoxlaydi va ko’pchilik shu 200-300 aqsh dollarini 1000-2000 qilay deydi. 
Lekin oxir oqiba bu ish bo’lmaydi. Chuni katta lot bilan kirish boshlanadi. 
Tendensiya juda uzoq zararga borsa marjada pul yetmaydi. Shuning uchun 
ham kamida 1500-2000 aqsh dollari kerak bo’ladi agarda kuniga 10-20 
dollar ishlayman desa. Chunki uning har bir savdoda ochgan pozitsiyasi 0.1 
lot maksimal holatda ochadi va 15-20 punkt olishi mumkin kuniga. 
Manabu sal bo’lsa ham real holat sanaladi. Bozorda ko’p punkt olaman 
yoki men trendni qanchaga borsa hammasini olaman degan gap yo’q 
chunki har bir analizimizdagi holatlar ko’pi bilan 80% ishlashi mumkin va 
20% esa tshunarsiz darajada borib biz kutgan narxdan kelmasligi mumkin. 
Shuning uchun 200-300 aqsh dollari bilan boshlagan treyderning 1500-
2000 dollar bilan boshlagan treyderga farqi manashunda. Har bir 


100 
treyderning ham maqsadi pul ishlash sanaladi. Lekin esimizdan 
chiqarmasligimiz kerak balansimizda ko’proq summa bizni ehtiyotkorlik 
bilan ishlashga undaydi. Kam summa esa ko’p lot bilan kirib 
depozitimizdagi pul miqdorini tezroq ko’paytirishni istaydi. Bunday olib 
qarasak qancha summa bilan siz ishtirok etaman desangiz ham, hech 
qachon o’quv qo’llanmadagi darsliklarni esimizdan chiqarmasligimiz 
kerak. Treyderlik chegaralarni Psixologik chegaralar va matematik 
boshqaruv chegarasini buzmasligimiz kerak. Agarda sizga 5-6-10 martalab 
ochgan pozitsiyangiz muvaffaqiyatli bo’lsa bu deganiki keyingi 
pozitsiyamiz ham xuddi shunday yaxshi boradi degani emas. Biz qaysi 
texnika savdo strategiya bilan ishlamaylik vaqtincha hammasi buziladi. Bu 
jarayon ya’ni buzilish jarayon o’tsa yana bizni savdo strategiyamiz 
ishlashni boshlaydi. 
Insonga shunday sxusiyat borki agarda treyder 5-7 marta foydaga o’z 
pozitisyasini yopsa unda u katta lot bilan kirishni istaydi. Chunki u shunday 
o’ylaydi men 7 marta foyda oldim yana 2 marta ko’p lot bilan bozorga 
kirsam foyda olamanku deb o’ylaydi. Lekin bu aksincha hamma summani 
zararga ketkazishi mumkinligini bilmaydi. Shuning uchun ham bunda 
kuchli chegaralar mavjud. Uni hech qachon buzmaslik kerak. Har bir 
texnik analizda Psixologik, matematik analizimizni qoidasini hech qachon 
buzmasligimiz kerak. Agarda mening esimdan chiqib ketadi desangiz 
monitoringiz oldida bir qog’ozda yozib chiqing va shu qog’ozga ko’ziz 
tushib tursin. Shundagina savdoning muvaffaqiyatiga erisha olasiz 
Hurmat ila sizning kamtarin do’stingiz 
Radjabov Akmal 


101 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə