Kitob to’g’risida


-Qism  Psixologik analizlar



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/32
tarix21.10.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#129620
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
узбекча

14-Qism 
Psixologik analizlar
Aytingchi aziz o’quvchi agarda siz Forex Bozorida ishlayman va 
shu yerdan men o’z mutaxasisligimni davom ettiraman va bu mening 
asosiy ishim sanaladi deya olasizmi. Agarda biz internetda kirsak har bir 
brokerlik firmalarga ko’zimiz tushsa bu bozorda ishlash juda oddiy ekan 
deb o’ylaymiz, chunki internetda turli xil brokerlik firmalari reklama 
yo’lini shunday qilib yaratishganki insonni ishlagisi keladi. Xuddi 
tasavurimizda men bu ishni eplayman bu juda ham oson ekanku deymiz. 


93 
Ba’zi bir video roliklarda turli xil boy insonlarni ko’rsatgan. Ular aynan 
dunyo valyuta bozorida ishlaganlar shu yerda muvaffaqiyatga 
erishganlar deb aytishadi. Yaqinda bir reklamaga ko’zim tushib qoldi. 
Bir qancha asrlar davomida boy insonlar yoki davlatlar o’rtasida 
urushlar juda ko’p bo’lgan ya’ni o’z hududlarini bosib olishga ba’zi bir 
davlatni boyligiga ega bo’lishga urushlar bo’lgan. Lekin boy insonlar 
yoki davlatning boyligi yashirilgan. Ba’zi davlatlarda boylikni maxfiy 
so’zlar ko’rinmas xaritalar yordamida saqlashgan. Hozirgi davrga kelib 
bu boyliklarning ko’pisi topilgan va hamma sirlar ochilgan shu uchun 
hozirgi kunda bir davlatning boyligini izlash baribir besamar. Lekin 
boylikning izlashning yana bir yo’li bor bu ham bo’lsa Forex birjasida 
ishlash savdoda qatnashish va yana sizga shunday imkoniyatlar 
beryaptiki foizsiz kreditlar ajratilishi bu esa bozorda ishlashda bozorda 
qo’ygan puliz 100 baravarga oshirib qo’yishadi bank tomonidan bu esa 
sizga aylanma mablag’ tezda kuchli borishini ta’minlaydi. 
Qarang qanday ta’riflab bergan, bunday reklamadan so’ng hamma 
ham ishlashni orzu qiladi albatta. Lekin ishlagandan so’ng, ya’ni ishni 
boshlagandan so’ng, kitoblarni darsliklarni o’qiganimizdan so’ng, 
birjani o’zi sizdan boylik ortiryapti degan xayolga tushasiz. Haqiqatdan 
ham reklama inson tasavurini boyitadi, real esa shu reklamada ko’rgan 
narsasini hayotida ko’rsa niyati so’nadi qoladi. Tasavvur qilamiz sizni 
qorningiz juda ham och siz televizorni ko’rib turibsiz. Reklama 
boshlandi, reklamada esa Gamburgerni ko’rsatyapti. Shunaqayam 
chiroyli gamburger nonlari katta-katta go’shti esa juda ham ko’p uni 
ichida turli xil pomidor bodringlar pomidor qaylasi va turli xil 
mahsulotlar qo’shilgan siz buni ko’rib mana ovqat qayerga yuribti deb 
o’ylaysiz. Restoran yoki Kafelarda borib Gamburger tayyorlashlarini 
aytasiz. Shu yerda quvonib ketasiz hozir reklamadagi gamburgerni men 
yeyman deb. Sizni oldizga gamburgerni olib kelishsa butunlay boshqa 
mahsulot. Gamburger juda ham mayda holatda tayyorlagan go’shti juda 
ham kichkina, ozgina pomidor bodring yoki pomidor qaylasi solingan. 
Siz hech narsaga tushunmaysiz nega bunday axir televizordagi 
gamburger qani bu butunlay boshqa boshqa narsa ku deb niyatingiz ham 
hafsalangiz ham pir bo’lib qoladi. Shuning uchun ham Forexda birov 
ishlasa u muvaffaqiyatga erishsa bu degani hamma ham ishlab boy 
badavlat shon shuxratga erishadi degani emas. Aksincha ishlashda 
qanchadan qancha yutqazishlar psixologik siqilishlar hattoki shu ishda 
kirishda savdoda qatnashishda afsuslanishlar ham bo’ladi. Ba’zilar 
aytadiki bu men uchun emas ekan men xoxlamayman bunchalik pul 


94 
ishlashni men oddiy ishlarni qilamanda o’zimga salgina bo’lsada 
oilamda yetadigan pulni ishlab shu bilan kun ko’raman. Lekin menda 
psixologik siqilishlar xavotirlanishlar, afsuslanish bo’lmaydi chunki men 
boshqa ishda aniq pul ishlayman, forexda esa bunday emas bu yerda 
aniqlik yo’q men bozorni texnik analiz qilaman trend esa meni 
analizlarimni buzadi. Men qancha savdo texnikalarni tuzmasam ham 
qanchadan qancha indikatorlarni qo’ysam ham baribir menda zarar nega 
bunday. Axir men har bir bozorni texnik analizlarni puxta o’rganib 
chiqdim. Bozor esa menga quloq solmayapti, xoxlagan ishini xoxlagan 
tomoniga boryapti. Menda esa zarar bilmayman forexda qanday ishlash 
kerak menga bozor umuman tushunarsiz men qancha o’qisam ham 
yordam bermayapti degan xayol o’tadi, har bir kishidan. Mana shu 
xayollarga bormaslik uchun ham bizda psixologik analizlar kerak 
bo’ladi. Birinchi navbatda bizga malaka yordam beradi. Biz agarda 
tendensiyani xarakterini yildan yilga ko’rib o’zlashtirsak biz ancha 
muncha trend xarakterini bilib olamiz. 
Rasm- 14.1 
Qanday texnika tuzsayiz ham bu texnikalar haqida qancha 
ishlasangiz ham baribir sizni hisobingizda zararlar va muvaffaqiyatsiz 
savdo jarayonlar uchraydi. Rasm- 14.1 e’tibor bering agarda manashu 
doirani 4 bo’lakchaga ajratsak buning 4 dan 1 qismi zarar hisoblanadi, 


95 
agarda bizni Malakamiz yetarli darajada bo’lsa, matematik 
boshqaruvimiz puxta o’ylab har tomonlama ko’rilib chiqilgan bo’lsa, 
qo’rquv va bu qo’rquv orqali savdo jarayonida qanday yo’l tutishni 
bilmasak va oxirgisi Savdo strategiyamiz har tomonlama, klassik analiz, 
indikatorlar yordamida analizlar, Davlat iqtisodida ro’y beradigan 
fundamental yangiliklar shunga o’xshagan savdo strategiyalarni tuzish 
orqali bizni savdo jarayonini amalga oshiramiz. Rasm- 14.1 tuzilgan 
graffikning 3 bo’lagi agarda puxta o’ylanmasa va puxta tuzilmasa 
demak zarar biz tuzgan savdo jarayoniga ta’sir qiladi va grafigimizdagi 
zararlar miqdori ko’payib boradi. Shuning uchun ham biz Rasm-14.1 
tuzilgan, 
1.Malaka oshirish 
2.Savdo strategiyalarni tuzish 
3.Matematik boshqaruv va psixologik analizlar. 
Manashu tomonlarni puxta o’ylasak Rasm-14.1 tuzilgan grafikdagi 
4- qismdagi Zararlar va muvaffaqiyatsiz savdo jarayonlari kamayib 
boraveradi.

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə