Topshiriq “Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar”



Yüklə 17,51 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü17,51 Kb.
#152840
Topshiriq


Topshiriq

  1. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar”

  2. o'zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi amalga oshirilgan siyosiy islohotlar

Javoblar:
1. O‘zbek xalqining milliy ozodlik kurashi 30-yillarning o‘rtalariga kelib sovetlar saltanati kuchlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan bo‘lsada, xalqimizning qalbida, uning ongi shuurida istiqlol uchun, mustaqillik uchun mustamlakachi. kelgindi zolimlarga qarshi kurash g'oyasi zarracha bo‘lsada so‘ngan emas. Bu kurash dahshatli jahon urushi yillari (1939-1945) da ham, urushdan keyingi davrda ham turli ko‘rinish, shakl va usullarda, goh ochiqchasiga, goh yashirincha olib borildi. Ayniqsa bu kurash 80-yillarda o‘zining yangi bosqichiga kirdi. Sovetlar va kommunistik firqa Islom diniga qarshi «din xalq uchun afyundir» degan qoidani asos qilib oldi, milliy qadriyatlarimizga qarshi tinimsiz kurashdi. I.B.Usmonxo‘jayev O‘zKP XXI syezdida hisobot ma'ruzasida bunday degan edi: «Namangan viloyatida noxush diniy vaziyat hamon davom etib kelmoqda. Shu viloyatning shahar va rayonlarida ro‘yxatga olinmagan diniy birlashmalar qonunga xilof ravishda ish ko‘rib kelmoqda, o‘smirlar va ayollarga gruppa-gruppa qilib diniy aqidalarni o‘rgatish faktlari aniqlandi. O‘zbekiston milliy mustaqilligi uchun kurashning ikkinchi yo‘nalishi - umumma'rifiy harakat, siyosiy va demokratik erkinliklar uchun kurash tarafdorlaridir. Bu yo‘nalishning asosini O‘zbekiston ziyolilarining ilg'or taraqqiyparvar so‘l qanoti tashkil etadi. 1989-yildan e'tiboran O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, uning siyosiy jasorati va kuchli vatanparvarlik, millatparvarlik his-tuyg'ulari tufayli bir qator ijobiy o‘zgarishlar ro‘yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tanglikni ma'lum darajada bo‘lsada yumshatdi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi so‘zlari bu borada e'tiborlidir: «Umuman, men birinchi kotib etib saylanganimda, O‘zbekiston xalqi ruhiy shikasta holatida edi. Dcmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak. 1989-yildan e'tiboran O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, uning siyosiy jasorati va kuchli vatanparvarlik, millatparvarlik his-tuyg'ulari tufayli bir qator ijobiy o‘zgarishlar ro‘yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tanglikni ma'lum darajada bo‘lsada yumshatdi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagi so‘zlari bu borada e'tiborlidir: «Umuman, menbirinchi kotib etib saylanganimda, O‘zbekiston xalqi ruhiy shikasta holatida edi. Dcmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak. Xalq - bu til, demak, qancha yillar mobaynida o‘zbek tili o‘z yerida ikkinchi toifadagi, iste'molchi uchun majburiy hisoblanmagan til bo‘lib keldi, necha yillar davomida o‘zbek rusning yonida o‘zining tengsizligini, «katta og'a»ga qaramligini his etib keldi. Nima uchun bunga chidash kerak? Biz davlat tili to‘g'risidagi qonunni qabul qildik, bu esa ko‘z o‘ngimizda o‘zbeklarning milliy o‘zini o‘zi anglashini yaxshiladi»11 . O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989-yil, 21-oktabrda «O`zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunning qabul qilinishi va o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mamlakatdagi barcha demokratik va vatanparvar kuchlarning uzoq yillardan beri orziqib kutgan tarixiy g'alabasi bo‘ldi. 1989 yil 21-oktabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun xalqimiz milliy ongining rivoj-lanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma'naviy yangilanishida muhim rol o‘ynadi. Qonunning o‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to‘g'ri-sidagi qoidalari keyinroq, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, bu ko‘pchilik aholining, respublikada yashovchi barcha millat va elatlarning namoyandalari tomonidan ma'qullandi va qo‘llabquvvatlandi. Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mobaynida respublikada katta ish qilindi. O‘zbek tilini davlat hokimi-yati va boshqaruv organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo‘llash to‘g'risidagi moddalar ro‘yobga chiqarildi. Xalq ta'limi, fan sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘plab tarixiy nomlar tiklandi, atamalar milliy til asosla-riga muvofiq yangilana boshlandi. O‘zbekiston hukumati Mustaqillik Deklaratsiyasi asosida 1990-vilda dadillik bilan respublika manfaatlaridan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlar majmuasini amalga oshirdi. «O`zbekiston SSRdagi ijro etuvchi va farmoyish beruvchi hokimiyat tuzilmasini takomillashtirish va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonunijga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g'risida» (noyabr)gi qonun. «Yer to‘g'risida»gi (iyul) qonun, O‘zbekiston Prezidentining respublika fuqarolari ga yakka tartibda turar-joy qurish va shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari uchun yer uchastkalari ajratish to‘g'risidagi, aholi punktlarini gazlashtirish to‘g'risidagi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining paxta xomashyosi, boshqa turdagi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlarini ko‘p martalab oshirish to‘g'risidagi, shuningdek qishloq xo‘jaligidagi mehnatga to‘lanadigan haqni oshirish to‘g'risidagi qarorlari va boshqalar ana shular jumlasiga kiradi.

2. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining
shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
Milliy davlat boshqaruvi tizimi.
Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bo‘lishining quyidagi umumiy g‘oya va prinsiplarini ta’kidlash joiz: 1) iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining mavjudligi; 2) inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini so‘zsiz tan olish va muhofaza etish; 3) davlat hokimiyatining legitimligi va demokratikligi, ya’ni huquqiy davlatning mavjudligi; 4) barchaning qonun va odil sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, legal muxolifatning mavjudligi; 6) so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 7) davlatning fuqarolar xususiy hayotiga aralashmasligi, davlat bilan fuqarolarning o‘zaro burch va mas’uliyat (javobgarlik) orqali bog‘liqligi; 8) ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlikning ta’minlanganligi; 9) insonlarning munosib hayot kechirishini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi lozim.Fuqarolik jamiyati - bu shunday jamiyatki, unda kishilar o‘zaro bog‘liqdirlar hamda bir-birlari va davlat bilan mustaqil ravishda munosabatda bo‘ladilar. Bunday jamiyatda ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotni ta’minlash, uni rivojlantirib, avloddan-avlodga yetkazish davlat bilan jamoat birlashmalarining, shaxs bilan jamoaning munosabatlarini ma’lum darajada mustaqil ravishda olib borish orqali amalga oshiriladi. Bunday jamiyatda shaxs ijtimoiy munosabatlarda o‘zining shaxsiy xususiyatlarini yo‘qotmasdan ishtirok etadi, har bir shaxs o‘zligini namoyon qilib, faoliyatining shakl va turlarini erkin tanlaydi.O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida davlat va jamiyatning barcha sohalarida demokratik islohotlar o‘tkazish amalga oshirildi. 2008 yil 1 maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqiy maqomini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadlarida milliy institutlarning qonunchilik asoslarini takomillashtirish O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmoqda.2000-yildan bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil lashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
2017 yil 6 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi tarkibida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning mexanizmlari belgilab berildi.
Yüklə 17,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə