Kiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 41,12 Kb.
səhifə4/9
tarix17.04.2023
ölçüsü41,12 Kb.
#105937
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mustaqil Ish

Logistika moddiy va axborot oqimlarini, ularning birinchi manbaidan to oxirgi iste’molchigacha bo‘lgan harakatini boshqarish, nazorat qilish, rejalashtirish va tashkil etish to‘g‘risidagi fandir.
Logistikani o‘rganish obyekti moddiy va unga tegishli moliyaviy, axborot oqimlaridir.
Logistika o‘zining tushunish apparatiga ega, uning tarkibiga logistikaga xos bo‘lgan kategoriyalar, tushunchalar, atamalar kiradi.
Moddiy oqim. Moddiy oqim tushunchasi logistikada muhim o‘rin tutadi. Moddiy oqimlar tashish, omborga joylashtirish va xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar hamda tayyor mahsulotlar bilan boshqa moddiy amallarni bajarish natijasida yuzaga keladi.
Moddiy oqim - bu vaqt oralig‘iga keltirilgan va har xil logistik amallarni joriy etish jarayonida ko‘rib chiqilayotgan tovar - moddiy boyliklarning yig‘indisi.
Ishlab chiqarishning aniq manbayidan to iste’molgacha bo‘lgan oraliqda joylashgan bir turdagi resurslar yig‘indisi oddiy moddiy oqimni yuzaga keltiradi. Korxonada shakllanadigan bir nechta oddiy oqimlar korxonaning me’yoriy faoliyatini ta’minlab beruvchi integrallashgan moddiy oqimni tashkil etadi.
Moddiy oqimlarning tashqi va ichki, kiruvchi va chiquvchi turlari ajratiladi.
Tashqi moddiy oqim - bu berilgan logistik tizimga nisbatan tashqi muhitda o‘tadigan oqimdir.
Ichki moddiy oqim - bu berilgan logistik tizimga nisbatan ichki muhitda o‘tadigan oqimdir.
Kiruvchi moddiy oqim - bu berilgan logistik tizimga kirayotgan tashqi oqimdir.
Chiquvchi moddiy oqim - bu berilgan logistik tizimdan tashqi muhitga chiqayotgan moddiy oqimdir.
Moddiy oqimlarni boshqarish materiallar harakatining yo‘nalish parametrlarini aniqlashni ko‘zda tutadi, ular qatoriga quyidagilar kiradi: •moddiy resurslarning nomlanishi;

  • moddiy resurslarning miqdori;

  • boshlang‘ich nuqta (ta’minotchini tanlash);

  • oxirgi nuqta (iste’molchini tanlash);

  • vaqt (buyurtma bajarish muddati).

Logistika jarayonlarida axborot oqimi, logistik operatsiya, logistik funksiya degan tushunchalar mavjud. Ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 41,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə