Kirish. Tuproq haqida


YER PO‘STINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI



Yüklə 61,79 Kb.
səhifə2/3
tarix29.05.2023
ölçüsü61,79 Kb.
#114025
1   2   3
YER

YER PO‘STINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI


Bundan 4,6 milliard yil ilgari Quyosh tizimining barcha moddasi chang va gazlarning ulkan bulutlaridan iborat bo‘lgan. Gravitasiya kuchi tufayli bu bulutlar siqila boshlaganda mayda changsimon zarralarning kondensasiyasi (payvandlanishi) boshlangan va ulardan yirikroq bo‘laklar shakllangan. Kondensasiya Quyosh va Quyosh tizimining sayyoralari shakllanganicha davom etgan. Bu bosqichda Yer bir jinsli bo‘lgan, uning yadrosi ham yuza qismidagi kabi moddalardan tarkib topgan.
Yer shakllanish vaqtida chang va yirik bo‘laklarning to‘qnashishidagi kinetik energiya issiqlik energiyasiga aylangan. Kondensasiya tufayli haroratning oshishi, radioaktiv parchalanishdan ajralib chiqqan issiqlik bilan birgalikda, Yerning suyuqlanishiga olib kelgan. Moddalar suyulishi tufayli temir singari og‘ir elementlar cho‘kib, yadro shakllangan. Yer yuzasi suyulgan jinslar okeanidan iborat bo‘lgan. Yerning paydo bo‘lishidagi dastlabki 5-600 million yil Xend eoni deyiladi.
Bundan 4 milliard yil ilgari Yerda dastlabki po‘stloq shakl-langan. Bu po‘stloq ma’lum ma’noda okean po‘stiga o‘xshash bo‘lgan. Qattiq po‘stning shakllanishi arxey akronining boshlanishi sanaladi.
Yer po‘stining uzoq vaqt davom etgan rivojlanish tarixini tiklashda bosqichma-bosqich muayyan ketma-ketlikda sodir bo‘lgan geologik voqea va hodisalar tahlil etiladi. Ularning orasida quyidagilar asosiy hisoblanadi:
- vaqt bosqichlari (geoxronologik tabaqalar);
- geodinamik vaziyatlar (tektogenez, orogenez);
- paleogeografik sharoitlar va cho‘kindi to‘planishi;
- organik dunyo evolyusiyasi;
- foydali qazilmalarning shakllanishi.
Yer po‘stining geologik rivojlanish tarixini tiklashda yer po‘sti kesmasida stratigrafik ketma-ketlikda (pastdan balandga - qarisidan yoshiga qarab) joylashgan yotqiziqlarni o‘rganish favqulodda muhim ahamiyatga ega. Biz faqat shu yotqiziqlarni har tomonlama va mukammal o‘rganishimiz orqaligina geologik tarixni tiklashimiz mumkin.
Yer po‘stining uzoq davom etgan geologik rivojlanish tarixi akron deb nomlanuvchi ikkita eng yirik geoxronologik tabaqaga: arxey (yunoncha «arxeo» - qadimiy) va proterozoy (lotincha «proteros» - birinchi, zoe-hayot) bo‘linadi.

Butun arxey va proterozoyda kechgan uzoq geologik o‘tmish kriptozoy (“kriptos-yashirin, zoe-hayot) yoki tokembriy degan umumiy nom bilan birlashtiriladi.
Fanerozoy eoni (yunoncha «faneros» - yaqqol, «zoe» - hayot) uchta erani: paleozoy, mezozoy va kaynozoyni o‘z ichiga oladi.
Tokembriyning umumiy tabaqalanishi. Tokembriy Yer tarixining 3,5 mlrd yildan ortig‘ini o‘z ichiga oladi. Tokembriy yotqiziqlarini tabaqalashdagi qiyinchilik bu vaqt oralig‘ida organizmlar deyarli yashamaganligi bilan bog‘liq.
Tokembriy yotqiziqlarini tabaqalashda eng istiqbolli bo‘lib tarixiy-geologik usul sanaladi. Bunda izotopli geoxronologiyadan albatta foydalanish ko‘zda tutiladi.
Dastlab yer po‘sti mutlaqo hayotsiz bo‘lgan. Atmosfera dastlab juda siyrak bo‘lganligi uchun amalda shamollar esmagan. Dengizlar ham, daryolar ham, muzliklar ham bo‘lmagan. Shuning uchun eroziya jarayonlarining ko‘lami sezilarli bo‘lmagan. Suv yo‘qligi tufayli cho‘kindi jinslar ham to‘planmagan. Ammo yer sharining turli burchaklarida vulkanizm jadal kechgan. Ularning ta’sirida yer po‘stida ko‘p marta chuqur darzliklar vujudga kelgan va yo‘qolib ketgan, Yer yuzasi bir necha bor qayta o‘zgargan, burmalangan, butun bir hududlar boshqalariga nisbatan ko‘tarilgan yoki cho‘kkan. Yerda hayot shundan faqat 1 mlrd yil o‘tgandan so‘ng vujudga kelgan.
Yerning tokembriy rivojlanish tarixini davomiyligi turlicha bo‘lgan, unda kechgan geologik jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ikkiga: arxey va erta proterozoy, rifey va vendga bo‘lib ko‘rib chiqamiz.Qadimda yerning shakli to’g’risida odamlar turlicha fikrda bo’lishgan. Yer shar shakliga ega ekanligini juda qadim zamonlardayoq, bilganlar. Bunga o’sha davrda namoyon bo`lgan quyidagi isbotlarni keltirish mumkin: tog’larga yaqinlashib kelganda dastlab tog’ cho’qqilari ko’rinadi; kema qirg’oqdan uzoqlashib dastlab kemaning korpusi keyinchalik va eng oxirida machtalarning uchlari ko’zdan yo’qoladi.
Shunday qilib, Yer yuzasi hamma joyda bir xil do’ngroq ekan degan fikrga kelishdi. Jism sharsimon bo`lgandagina shunday bo`lishi mumkin. Gorizontning doira shaklida ko’rinishi va Oy tutilgan vaqtda yerning oyga tushgan soyasi ham yerning sharsimon ekanligini ko`rsatadi. Lekin, keyinchalik Yerning qutblari siqilgan va ekvator atrofida qavariq, ya'ni Yer shar emas, balki Yerning ekvator tekisligi radiusi Yer o’qining yarmidan uzunroq, bo`lgan ellipsoid yoki sferoid degan fikrga kelishga majbur etuvchi faktlar paydo bo`ldi. Masalan: meridianning bir gradusli markaziy burchakka tug’ri
keladigan yoyi ekvatorial kengliklarga nisbatan yuqori bo`lgan geografik kengliklarda uzunroq, (ekvatorda- 110,6 km, 80° shimoliy kenglikda 111,7 km), chunki sferoidda yoyning egriligi ekvator yaqinidagiga qaraganda qutb yaqinida kichikroqdir.
Rus geodezistlari (F.N.Krasovskiy va boshqalar) G’arbiy Yevropa va AQSh da gradus o’lchash ishlari natijalari asosida Yer ellipsoidi kattaligini eng aniq, hisoblab chiqqanlar. Bu hisobga ko’ra, Yer ekvatori radiusining uzunligi (a) - 6378245 m, qutb radiusining uzunligi (b) - 6356863 m, ya'ni kutb radiusi ekvatorial radiusga nisbatan deyarli 21382 m uzun. Shuning uchun Yer qutbining a = a - b fomulada hisoblab chiqariladigan o’rtacha botiqligi (siqiqligi) juda kichik bo`lib, 1 : 298,3 ga teng. Bu ning ma'nosi shuki, Yer sferoidi amalda to’g’ri shardan farq qilmaydi.
Erning o’rtacha radiusi (ya'ni xajmi jihatdan Yer sferoidiga teng bo`lgan sharning radiusi) 6371, 110 km, yer sferoidining yuzasi yaxlitlab aytganda 510 million kv. km, hajmi esa 1,083 * 1012 kub km dir.
Yerning 60 km chuqurlikkacha bo`lgan qismi yer po’stidir. 60 km dan 2900 km chuqurlikkacha yadro qobigi - mantiya, 2900 km chuqurlikdan 5100 km chuqurlikkacha Yerning tashqi yadrosi va 5100 km chuqurlikdan markazgacha - Erning ichki yadrosi joylashgan (uning radiusi 1300 km chamasidadir).
Yer po’stidan tashqi yadro chegarasigacha Yer qattiq holatda, chunki ko’ndalang seysmik tulqinlar bu qatlamdan bemalol o`tadi; yadro qobig’ining ayrim - ayrim joylaridagi moddalar erigan bo`lishi mumkin, lekin yoppasiga suyuq, bo`lgan qatlam yo’q,- Yerning ichki qismida harorat juda baland, bosim esa nihoyatda katta bo`lganligidan biz tasavvur qiladigan -" qattiq," va "suyuq” tushunchalarini Yerning
qismlaridagi jismlar holatiga tatbiq, etib bo`lmaydi.
2. Yerning paydo bo`lishida asosiy ahamiyat kasb etgan shart-sharoitlar
Quyosh sistemasida ma'lum miqdorda meteor moddalar bor, lekin ularning umumiy massasi Yer massasining mingdan bir qismidan oshmaydi. Quyosh sistemasi va uning atrofida planetalarning paydo bo`lishi to’g’risida turli nazariyalar mavjud. Shulardan quyoshning ichki tuzilishi to’g’risidagi nazariyasini tasdiqlash uchun nemis fizigi Gans Bete quyosh ta'sirida vodoroddan geliyni sintez qilish termoyadro reaksiyasini asos qilib oladi. Shved astrofizigi X.Alven quyosh hech qanday juda kuchli elektromagnit maydondan iborat emasligini, balki yorug’lik taratib turuvchi tuman neytral atomlardan tarkib topganligi, nurlanish va to’qnashuvlar ta'sirida atomlar ionlashuvi, ionlar aylanib turuvchi magnit liniyalariga tushib qolishini va aylanib turuvchi gaz bulutlaridan iboratligi haqidagi gipotezalarni keltirgan.
Quyosh sistemasidagi planetalarning paydo bo`lishini tushuntirib berish uchun so`nggi asrda olimlar tomonidan taklif etilgan ko`pdan-ko`p gipotezalar orasida rus akademigi O.Yu. Shmidtning nazariyasi dalillar bilan eng yaxshi isbot etilgan. O.Yu.Shmidt isbotlangan quyidagi faktlarni o’z nazariyasiga asos qilib oldi: Galaktika bilan quyosh ham aylanadi va Galaktika ekvatori tekisligida (ya'ni quyosh turgan tekislikda) kosmik chang va gazning bulutsimon nihoyatda katta to’plamlari bor.
Quyosh atrofida aylangan chang zarralari va qattiq jismlar bir-biriga urilgan va bu urilish natijasida o’z kinetik energiyasining bir qismini yo’qotgan. Bu hol dastlab zarralar to’planishiga olib kelgan, to’plamdagi zichlik ancha ortgandan so`ng zarralar bir-biriga yopishib, quyuqlashgan Quyuqlashishdan hosil bo’lgan bu jismlar bir necha marta parchalanib ketgan va yana birlashgan, lekin asta-sekin kattalasha borgan va natijada bir-birlariga qo’shilib, planetalarga aylangan.
3. Yerning ichki tuzilishi
Biz planetamizning chuqur ichki qismlarining kimyoviy tarkibi to’g’risida aniq bir narsa bilmaymiz, bu hakda Yer ichiga kirgan sari moddalar zichligining o`zgarishi haqidagi tasavvurimizga tayanamiz. Erning paydo bo`lishi to`g`risida fikr yuritganda esa planetalarning jismlar sifatidagi tarkibi va solishtirma og’irligi turlicha qattiq zarralarning to’plamidan vujudga kelgan degan xulosa asoslidir. Bu zarralar orasida radioaktiv moddalar ham bulgan, ma'lumki radioaktiv moddalar o’z – o’zidan parchalanib, issiqlik chiqarish xususiyatiga ega. Moddalarning radioaktiv parchalanishi natijasida planetaning ichki qismlari qiziy boshlagan va planeta yumshab, yengilroq mineral massalar planeta sirtiga surilib chiqqan, og’irroq massalar esa markazga tomon harakat qilgan.
Massalar harakatidagi bu hodisa gravitasion differensiasiya deyiladi. Zichroq markaziy yadro va engil yuzadagi qatlamlarning hosil bo’lishi va hozirga qadar davom etayotgan Yer sharining ichki hayotidagi ko’pgina hodisalarning ham sababchisi gravitasion differensiasiya hodisasidir.
Yer po’stining tuzilishi bizga juda aniq ma'lum. Yer po’sti tarkibida ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi cho’kindi jinslarni hisobga olmaganda, Yer po’stini ikki qatlamga - ustki qatlam va ostki qatlamlarga bo’lish mumkin. Ustki qatlam asosan granitlardan tuzilgan (bu qatlamning zichligi 2,7-2,9 g/sm3), ostki qatlam tarkibi
jihatdan bazaltlar tarkibiga o’xshash asosiy jinslardan tuzilgan (zichligi 3,2-3,3 g/sm3).
Ilgari ustki qatlamni sial qatlami yoki sial deb atashardi (chunki bu qatlam asosan kremniy Si bilan alyuminiy A1 dan tuzilgandir), quyi qatlamni esa sima qatlami yoki sima deb atar edilar (silisiy + alyuminiy + magniy). So`nggi vaqtda har ikki qat lamni ham (granitli qatlamni ham, bazaltli qatlamni ham) sial deb ataydigan bo`ldilar. Peridotilardan tashkil topgan bo`lsa deb taxmin qilinadigan Yer po’sti tagidagi qatlam (Er yadrosi qobig’i) esa sima deb ataladigan bo’ldi.
Zilzilaning yer yuzasidagi to’lqinlarining tarqalish xususiyatlarini o`rganish tufayli Yer po’stining ikki tipi borligi aniq,landi: ustki qatlami juda yupqa bo`lgan okean tipi va ustki qatlami juda qalin bo`lgan kontinental tip. Yer po’stining kontinental tipidagi uchastkalari chuqurligi 4000 m gacha bo`lgan okean taglarida ham uchraydi.
Yer po’stining qalinligi turli joylarda turlicha - 40 km dan 80 km gacha boradi.
Er shari magnit xususiyatiga ega va o’z atrofida magnit maydoni, ya'ni magnit kuchlari ro’y beradigan maydon hosil qiladi.
Magnitlangan osig’lik, erkin strelka ma'lum holat oladi: strelkaning bir uchi albatta shimolga, ikkinchi uchi esa janubga qarab qoladi, Strelkaning bu holati magnit meridianining yo`nalishini ko`rsatadi, lekin magnit meridianining yo`nalishi geografik meridian yo`nalishiga to’g’ri kelmaydi va undan g’arbga yoki sharqqa buriladi, ular orasidagi burchak ba'zan ancha katta bo`ladi. Magnit meridiani bilan geografik meridian orasidagi burchak magnit og’ishi deyilada. Magnit og’ishi kartalari (vaqt- o’tishi bilan og’ish burchagi o`zgarib turganligidan bunday kartalar muttasil ravishda qaytadan tuziladi) navigatorlarning, geodezistlarning amaliy faoliyatida va dengizda yoki havoda yo`nalishni aniqlash talab qilingan hamma hollarda nihoyat-da zarur.
Magnit meridianlari magnit qutblari deb ataladigan ikki nuqtada birlashadi. 1952-yilda shimoliy magnit qutbi 70° shimoliy kenglik va 100° g’arbiy uzunlik (Kanada arxipelagi)da, janubiy magnit qutbi 68° janubiy kenglik va 143° sharqiy uzunlik (Antarktida, Adeli Yeri) da bo`lgan. Magnit qutblari yerning ichida bo`lganligidan erkin osilgan strelka gorizontal holatdan bir oz burchak hosil qilib qayishadi, Bu burchak magnit enkayishi deyiladi. Magnit qutblarida bu burchak 90° ga teng, ya'ni u yerlarda magnit strelkasi vertikal turadi.
Yerning yuqorida aytilgan magnit maydoni doimiy yoki barqaror magnit maydoni deyiladi. Magnit maydonining kuchlanishi yer yuzasining turli joylarida turlicha va u nihoyatda sekin ("Asriy") o`zgarib turadi. Lekin, Yerda o`zgaruvchan magnit maydoni ham bo`lib, u tez-tez o`zgarib turadi. Davriy o`zgaruvchan magnit maydoni (sutka, mavsum davomida va oradan ma'lum vaqt o`tgandan keyin o`zgaradi) va davriy bo`lmagan o`zgaruvchan magnit maydoni bo`ladi (magnit g’alayonlari, eng kuchli magnit g’alayonlari esa magnit bo’roni deyiladi). O`zgaruvchan magnit maydoni doimiy magnit maydonining 1foizidan oshmaydi.
O`zgaruvchan magnit maydonining vujudga kelish sababi ma'lum: u atmosferaning ustki qatlamlaridagi elektr toklari tufayli vujudga keladi. Doimiy magnit maydoniga kelganda shuni aytish kerakki, uning mohiyati hali aniqlangani yo’q, lekin doimiy magnit maydonining Yer ichidagi qandaydir prosesslar natijasida naydo bo`lganligiga shubha yo’q. Yer yadrosining turli qismlarida haroratning turlicha bo`lishi munosabati bilan Yer yadrosi yuzasida hosil bo`ladigan elektr toklari tufayli
vujudga kelgan bo`lsa kerak deb taxmin qiladilar.
4. Yerning tuzilishi va taraqqiyoti to’g’risidagi faraz hamda nazariyalar
Yerning geologik tarixini chinakam tushunib olish uchun hodisalarning qaysilari oldinroq, qaysilari keyinroq bo`lib o`tganliginigina emas, balki ularning har qaysisi qancha vaqtdan davom etganligini ham bilish foydalidir. Janubiy Afrikadagi 3,1 mlrd. yil oldingi qadimgi organizmlarning dastlabki qoldiqlari, Janubiy Rodeziya (hozirgi Zimbabve) da 2,7 mlrd. yil ilgarigi ohak qoldiqlari, Antario (Kanada) ko’llari atrofida 1,9 mlrd yil ilgarigi o’simlik qoldiqlari topilgan.
Hayot taraqqiyotining tarixiy bosqichlarini J. B. Lamark va Ch.Darvinlar o’z ilmiy izlanishlari asosida yoritdilar. Yerdagi hayot taraqqiyoti tarixi 3,5 mlrd. yil davom etgan era va davr (sistema) larga ajratiladi. Jadval



Era

Davrlar

Mutloq vaqt (mln yil)

Tirik organizmlar taraqqiyotining muhim bosqichlari

Kaynazoy

Antropogen

0-1

Yerda hayot taraqqiyotining to’rtlamchi davri. Insoniyat taraqqiyoti.

Neogen

1-25

Uchlamchi davr. Avstrolopeteklar

Paleogen

25-70

Keng va igna bargli o’rmonlar. Maymunlar.

Mezazoy

Bo’r

70-140

Dinozavrlar qirilgan. Maymunsimonlar paydo bo’lgan.

Yura

140-185

Dastlabki qushlar paydo bo’lgan.

Trias

185-225

Masqarachi o’rmon qushlari paydo bo’lgan.

Perm

225-270

Sudralib yuruvchilarning paydo bo’lishi.

Karbon

270-320

Quruqlik umurtqalilarining paydo bo’lishi.

Devon

320-400

Amfibiya,hashoratlar,qirqbo’g’inlar paydo bo’lgan




Silur

400-420

Dengiz baliqlari,chayon va qirqoyoqlar paydo bo’lgan.

Ordovik

420-4800

Zirhli baliqlar, dastlabki umurtqalilar paydo bo’lgan

Kembriy

480-570

Quruqlik o’simliklari,bo’g’imoyoqlilar, igna tanlilar paydo bo’lgan.

Proterazoy

Siniy

570-1200

Ko’p hujayrali hayvonlar,zambrug’lar paydo bo’lgan.

Yenisey

1200-1500

Ko’p hujayrali suv o’tlar paydo bo’lgan.

Sayan

1500-1900

Hayot taraqqiyotining boshlanishi.

Arxey

Davrlarga ajratilmagan

1900-2700

Bir hujayrali suv o’tlar va bakteriyalar paydo bo’lgan.

Katarxey

Davrlarga ajratilmagan

2700-3500

Bakteriyalarga o’xshash bir hujayrali organizmlar paydo bo’lgan.

Geologlar keyingi vaqtlarga qadar ham hodisalardan qaysi biri oldinroq, qaysi biri keyinroq bo`lib o`tganligini aniq qayd qila olar edilar. Shuning uchun geologik sana (geoxronologiya) nisbiydir Yer po’stida tog jinslarining hamma qatlamlari guruhlarga, har bir grux sistemalarga, sistemalar esa bo`limlarga (seriyalarga)bo’linadi va hokazo. Bir guruhdagi tog’ jinslari qatlami hosil bo’lguncha o`tgan vaqtni era deb, sistema hosil bo’lguncha o`tgan vaqtni davr deb atashga kelishilgan. Kichikroq vaqt birliklari (tog’ jinslarining kichikroq komplekslari hosil bo`lgan kamroq vaqtlar) epoxa, asr deb ataladi va hokazo (bunda, masalan, asr epoxadan ko’ra kamroq davrni o’z ichiga oladi).
Absolyut geoxronologiya yaratish, ya'ni hodisalarning qancha vaqt davom etganligini absolyut vaqt birligida ifodalash uchun qilingan ko`pdan-ko`p harakatlar radioximiya metodi qo’llanilgandan keyingina real asosga ega bo`ldi. Bu sohadagi yutuqlar hali katta emas va nisbiy geologik sanani surib chiqara olmaydi (nisbiy geologik sana avvalgidek hukmrondir), lekin Yer po’sti tarixida vaqtning ba'zi bir umumiy miqdorlari hozirdanoq aniqlandi; bu era va davrlarning qancha vaqt davom etganligi haqida ma'lumot berishimizga va biron geologik era hozirgi zamondan necha million yil ilgari o`tganligini ko’rishimizga imkon berdi.
Jinslarning yoshini hisoblab chiqarishning radioximiya metodi shunga asoslanganki, minerallardagi radioaktiv elementlar o’z-o`zidan yemiriladi va yemirilish natijasida bir qancha oraliq mahsulotlar hosil qilib, muayyan vaqtdan so`ng radioaktiv bo`lmagan, boshqa barqaror elementlarga aylanadi. Masalan, uran qo’rg’oshini va toriy qo’rg’oshini, uran va toriyning yemirilishidan hosil bo`lgan so`nggi mahsulotlardir, kaliyning radioaktiv xili yemirilishi natijasida argon dosil bo`ladi va hokazo.
Yerning geologik yoshi, ya'ni Yer po’stidagi eng qadimgi otqindi jinslarning yoshi taxminan ikki milliard yil hisoblanadi. Yerning kosmogonik yoshi, ya'ni uning planeta shaklida tarkib topganligidan buyon o`tgan davr 5-6 milliard yil deb hisoblanadi.
5. Yer tuzilishi hamda taraqqiyotida bir butunlik, uyg’unlik, takrorlanish, zonallik va azonallik
Yer gallaktikadagi barcha jismlar bilan bog`liq, holatda harakatda bo’ladi. Yerdagi ko`p hodisalar magnit maydonlari, havoning ionlashishi, atmosferada yuz beradigan fizik va kimyoviy hodisalar, atmosferaga koinotdan kirib keladigan nurlar va zarralar ta'sirida paydo bo`ladi. 1909-yilda rus olimi V.I.Vernadskiy Yerning fizik va kimyoviy evolyusiyasi ustida tadqiqotlar olib borgan hamda dastlab, yer o’ta sovuq, bo`lganligi, keyinchalik esa radioaktiv elementlar atomlari ta'sirida qizigan, bu esa suv bug’lari va gazlarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan, degan xulosaga kelgan.
1915-yilda nemis geofizigi A.Vegener qit'alarning paydo bo`lishi to`g`risida suz yuritib, karbon davrida Pangeey (grekcha "Butun yer") nomli yagona quruqlik bo`lganligini, keyinchalik u ikki quruqlikka, ya'ni Lavraziya va Gondvanaga ajralib ketganini; 135 million yil ilgari Afrika Janubiy Amerikadan ajralganligini, 85 million yil muqaddam Shimoliy Amerika Evropadan ajralganligini, 40 million yil ilgari esa Hind quruqligi Osiyo bilan tutashganligini va natijada Tibet Ximoloy tizmalari paydo bo`lganligini bashorat qilgan.
Zonallik landshaft qobig’ining eng harakterli struktura xususiyatidir. Zonallikning asosiy sabablari - Yerning shakli va Yerning quyoshga nisbatan tutgan holatidir. Quyoshdan keladigan nur energiyasi zonalar hosil qilinganligidan temperatura, bug’lanish va bulutlar, yog’inlar, barik relef va shamollar, iqlim, nurash va tuproq, hosil bo’lish jarayonlari, gidrografik tarmoqlari tavsifi, o’simlik va boshqalar zona-zona bo`lib tarqalgan. Quruqlik va dengizlarning bir tekisda taqsimlanmaganligi, sovuq, va iliq, oqimlarning mavjudligi va yer relefining xilma-xilligi zonalarning joylashishini buzadi.
Dokuchayev zonallikni yerni yuzasida ko’ramiz, yerning ichki qismida zonallik kuzatilmaydi. Yerning tebranishi, zilzila, bulqon otilishi, tog’ning burmalanishi hodisalari azonal hodisalardir. Azonal hodisalar yerning ichki qismidagi harakatlarga bog’liq.

XULOSA
Yer po‘stining geologik rivojlanish tarixini tiklashda yer po‘sti kesmasida stratigrafik ketma-ketlikda (pastdan balandga - qarisidan yoshiga qarab) joylashgan yotqiziqlarni o‘rganish favqulodda muhim ahamiyatga ega. Biz faqat shu yotqiziqlarni har tomonlama va mukammal o‘rganishimiz orqaligina geologik tarixni tiklashimiz mumkin.
Yer po‘stining uzoq davom etgan geologik rivojlanish tarixi akron deb nomlanuvchi ikkita eng yirik geoxronologik tabaqaga: arxey (yunoncha «arxeo» - qadimiy) va proterozoy (lotincha «proteros» - birinchi, zoe-hayot) bo‘linadi.

Yüklə 61,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə