Tereftal kislotasi va dimetiltereftalatning toluoldan olishning ikki XII usuli mavjud



Yüklə 125,46 Kb.
səhifə1/2
tarix29.09.2023
ölçüsü125,46 Kb.
#124852
  1   2
Tereftal kislotasi va dimetiltereftalatning toluoldan olishning ikki xii usuli mavjud


Tereftal kislotasi va dimetiltereftalatning toluoldan olishning ikki xii usuli mavjud:
I) toluolni xlormetillash, keyinchalik xlormetittoluolni oksidlash bilan olinadi;
2) toluolni bcnzoy kislotasigacha oksidlash, keyinchalik kaliy benzoat olish va diskroporsioniriash usuli bilan olinadi.
Toluolni xlormetillash uchun vodorod bilan to'yintirilgan 37% formaldegidning suvdagi critmasini toluol ta'siridan olinadi. Katalizator (ZnCI2) ning ishtirokida olib borilsa, jarayon sezilarli ortadi, lekin shu bilan birga qo'shimcha mahsulotlar hosil bo'ladi, asosan kondensatsiya mahsulotIari (metanning toluoli) va mctinning dixmerli birikmalar.
Shuning uchun jarayonni 70°C temperaturagacha, katalizatorsiz, olib boriladi. Xlormetillash birin-ketin 3 ta reaktorda olib borish maqsadga muvofiq, birinchisida toluolni 65% Ii konversiya darajasiga, ikkinchisida 85% va oxirida 97% gacha konversiyalanadi. Olingan xlormetillangan aralashma mahsulotlari 57% para va 43% orto-izomer ushlab turadi. Hosil bo'lgan xlormetil toluolni keyinchalik ikki xii usul bilan: ikki bosqichli nitrat kislotasini oksidlash bilan yoki xlormetil gruppasini gidrolizlashi nitrat kislotasi va metil benzil spirtning oksidlanishi bilan hosil bo'ladi.
Xlormetil gruppasini yuqori reaksiyaga kirishuvchanligi UChUli nisbatan nitrat kislotasi bilan past t da oson reaksiyaga kirishadi. Alkil gruppasini oksidlanishi [aqat suyuq, muhitda yuqori t da va yuqori bosimda boradi.

Xlormetil va alkil gruppasining oksidlanishi quyidagicha~ olib boriladi: xlormetil toluol -40% li HN03 bilan aralatiriladi va 1 soat davomida qizdiriladi. Bunda xlor ushlamaydigan toluol kislota hosil bo'ladi. So'ngra HN03 ning konsentratsiyasi kamaytiriladi va oksidlash jarayoni 160° C temperaturada va 20 atm bosimda olib boriladi.
Natijada unumdorligi 50% tereftal kislotasi va 35% fial kislotasi hosil bo'1adi. Boshqa usulda xlormetitni gidrolizlab ishqoriy muhitda metilbenzil spirti olinadi. 125°C temperatura, bosim ostida gidrolizlashda qo'shimcha mahsulotlami hosil bo'lish jarayoni kamayadi.
Tereftal kislotasiga aylanuvchi tereftal kislotasi va silikogel (katalizator) aralashmasi 280-290Q C temperaturada reaksiya apparatida dimetil tereftalatni olish uchun metil spirti bilan quyidagicha eteri fikatsiyalanadi.
Qo'zg'aluvchi qatlamli katalizator (silikogel) yordamida reaktordagi tereftal 280-290Q C temperaturada ko'pirtirib aralashtiriladi. Reaktordan dimetil efir, suv va met it spirti bug' aralashmasi ajratib olinadi va rektifikatsiyalash kolonnasiga jo'natiladi. Dimetiltereftalatning hosil bo'lishi (t suyuqlanishi=140,60q 99% ga yetadi.
Uglevodorodni xlormetillashdan so'ng uni oksidlash yo'li bilan ksiloldan piromellit (l,2,4,5-benzol-tetrakarbon) kislotasi olish mumkin (C6H2(COOH)4
Piromellit kislotasi angidridi yuqori molekular polimerlar olishda qo'lIash keng tus olmoqda. Tereftal kislota va dimetiltereftalatning toluoldan olishning ikkinchi qo'shma (aralashma) usuli, amaliy ahamiyatga ega. U quyidagi bosqichlardan iborat:
1) Toluolning oksidlanishi bilan benzoy kislota sintezi.
2) Benzoy kislotasini kaliy ishqori bilan qayta ishlash natijasida kaliy benzoat olish:

3) Kaliy benzoatni katalizator ta'sirida disproporsionirlash:

Kaliy benzoat va katalizator aralashmasi quritiladi va tabletka holiga keltiriladi. Tabletkalar reaktorga solinadi. Disproporsioniriash jarayoni uglerod to'rt oksidi muhitida 400°C temperaturada olib boriladi. Qo'shimcha mahsulot (benzol) bug' holatida uglerod to'rt oksidi bilan reaktordan ajratib olinadi.
Quruq kaliy tereftalat va katalizator aralashmasi sig'imga yuboriladi, u yerda kaliy tereftalat suvda eritiladi. Katalizatorli suspenziya sentrifugada ajratib, quritiladi va qayta kaliy benzoat bilan aralashishi uchun yuboriladi.
Eng faol katalizatorlarga, suvda erimaydigan kadmiy birikmalari misol bo'la oladi (kadmiy benzoat, ftalatlar, oksidlar yoki karbonatlar kiradi). Ularning ruxli birikmalari ham disproporsionirlash reaksiyalari katalizatorlari hisoblanadi, biroq faolligi jihatidan kadmiyligi ruxga nisbatan faoldir.
Kaliy tereftalatni suvli eritmasini va H2S04 bilan nordonlashtirib tereftal kislota olish:

Olingan tereftal kislota metanol bilan eterifikatsiyalanadi, tozalanadi. Bu usul bilan yuqori tozalikda tereftal kislota olish mumkin.
Degidrirlash, gidrirlash, katalizatorlar, oksidlovchi vositalar, to'liq va to'liq bo'lmagan oksidlanish, parafin, naften, olefin, alkilaromatik uglevodorodlar, spirtlar va aldegidlar, destruktiv oksidlash, qo'sh bog' bo'yicha oksidlash, oksidlanish-ammoliz, molekular kislorod, nitrat kislota bilan oksidlash, peroksidli birikmalar.


Yüklə 125,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə