Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash ning pedagogik asoslari


Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi prinsipi



Yüklə 273,5 Kb.
səhifə8/25
tarix23.09.2023
ölçüsü273,5 Kb.
#123406
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi prinsipi: tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilgandigi prinsipi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko‘ra bilishga yordam beradi.
Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’naviy etuk, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni, komil insonni shakllantirishdan iboratdir. SHunga ko‘ra tarbiya mazmuni, shakli, usullari shu maqsadga qaratilgandir. Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o‘ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga mo‘ljallanadi, g‘oyaviy-siyosiy darajasini ko‘taradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofiq keladi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratik prinsipi: tarbiyaviy faoliyatni demokratlashtirish va insonparvar-lashtirish o‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra uni qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi, shaxsning rivojlanish va o‘zligini anglash huquqini ta’minlaydi.
Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bolaning o‘ziga xosligini hurmat qilish, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratlashtirish esa uni ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi prinsipi: ma’naviy qadriyatlar va g‘oyalar har xil millatga mansub o‘quvchilarni birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam beradi. O‘zbek halqining madaniy merosini o‘rganishda va rivojlantirishda milliy o‘ziga xosligi, ma’naviy xususiyatlari hisobga olinib, xalq pedagogikasi an’analariga suyangan holda ish ko‘riladi.
Tarbiyada izchillik, tizimlilik - tarbiyaviy ta’sir-larning uyg‘unligi va uzluksizligi prinsipi: tarbiyada izchillik muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarga birdaniga juda ko‘p qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. Bu borada izchillikka amal qilish lozim. Tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish tarbiyaning pirovard natijasiga yunaltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va vazifalar uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyaviy ta’sirdagi tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholinining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak. Tarbiyaviy ta’sirda izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya etish, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini tarbiya usullari va shakllarini o‘z vaqtida aniqlab olish juda muximdir. Bu qoida tarbiyaviy ishlar, hamda tarbiyani amalga oshiradigan barcha bug‘inlarining hamjihat va bamaslahat ish ko‘rishini ko‘zda tutish kerak.

Yüklə 273,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə