Kirish Fortopiono o’rgatishda innovatsion texnologiyalar


II BOB. FORTEPIANO CHOLG’U IJROCHILIGIDA FORTEPIANO O’RGATISHNING PRINTSIPI VA TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə5/7
tarix10.04.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#104981
1   2   3   4   5   6   7
FORTEPIANO

II BOB. FORTEPIANO CHOLG’U IJROCHILIGIDA FORTEPIANO O’RGATISHNING PRINTSIPI VA TEXNOLOGIYALARI
2.1 Boshlang’ich sinflarda fortepiano o’rgatish texnologiyasi o’quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish
Musiqa bilan shug‘ullanish umumiy va maxsus qobiliyatlarning muayyan majmuini talab qiladi. Qobiliyat deganda kishining biror ijtimoiy foydali faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga layoqatini ifodalaydigan xususiyatlari yoki sifatlari tushuniladi.
Qobiliyatlar muammosi psixologiyaning eng muhim muammolaridan biridir.
Qator olimlar qobiliyatlarni dialektik materialistik tushunishga tayanib ularni «peshonaga yozilgani» kabi loqayd talqin qilishga qarshi kurashib keladilar.
Psixologlarining kо‘p asarlarida musiqiy qobiliyatni biron bir darajada rivojlantirishning imkoniyatlari borligiga ishonmaslik sezilib turadi. Bunday qarashlar rivojlanish umuman ta’lim va tarbiya jarayonlariga bog‘liq emasligi, bu jarayonlar gо‘yo tug‘ma iste’dodlarni aniqlashga xizmat qiladigan tashqi shartlar ekani haqidagi nazariy qoidalar bi­lan tо‘ldiriladi.
Bizninig psixologiya-pedagogika fanimiz mana shu masalaga boshqacha nuqtai nazardan yondashadi va qobiliyatlarning mohiyatini tushuntirishda: insonni ka­mol toptirish unIng qobiliyatlarini rivojlantirishdir, degan asosiy metodologik qoidani olg‘a suradi. Shunga kо‘ra «qobiliyatllr masalasn kamol topish masalasi bilan, aqliy qobiliyat masalasi esa aqliy . barkamollik masalasi bilan qо‘shilishi kerak»
Barcha psixologlarimiz qobiliyatga inson shaxsininig о‘ziga xos psixologik xususiyatlari sifatida fao­liyat bilan chambarchas bog‘liq holda qaraydilar va tegishli faoliyatsiz umuman qobiliyat bо‘lishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Shu sababli qobiliyatni shakllantirshi va rivojlantirish uchun yashirin qobiliyatlarni yuzaga chiqarishi va ularni yuksak darajaga yetkazishi mumkin bо‘lgan faoliyatni tashkil etish zarur:
Qobiliyatlarning yashirin va aktual qobilnyatlarga bо‘linishi ularning shakllanishi va о‘sishini tahlil qilish imkonini beradi. Bunda shaxsning shakllanishi dialektikasi о‘z ifodasini topadn: ijtimoiy shaxsni shakllantiradi va unda kishining u yoki bu yashirin psixik xususiyatlari mavjudligining haqiqiy daliliga aylantiradi.
Shaxsning yashirin qo-biliyatlariga kishining о‘ziga xos xususiyatlari sifa­tida qaraladi va bu xususiyatlar uning yanada kamol topishiga asos bо‘ladi, unda о‘ziga xos fe’l-atvorni vujudga keltiradi, har bir kishi о‘zining psixik tabiatiga eng muvofik faoliyatni tanlashida yaqqol kо‘rinadi.
Pedagogika mana shu xulosalarga asoslanib bola ta’lim va tarbiya natijasida psixik rivojlanadi, degan asosiy fikrni olg‘a suradi. Lekin musiqa mashg‘ulotlari psixik faoliyat namoyon bо‘lishining shakllaridan biri ekani sababli musiqa pedagogikasi umumiy pedagogika va oliy nerv faoliyati fiziologiyasi fanlarnning qoidalarini, ilmiy yutuqlarini va xulosalarini nazarda tutishi lozim.
Ta’lim bilan rivojlanish о‘rtasidagi bog‘liqlik murakkab bо‘lib, о‘quvchilar ijtimoiy tajribaning u yoki bu elementlarini о‘zlashtirishi ularning faoliyati saviyasini darrov oshirmaydi, shaxsda yangi fazilatlarni tezda shakllantiravermaydi. Bular avvalo о‘qituvchi ta’lim jarayonini qanday boshqarishiga bog‘liq. Kо‘pincha о‘qitish qobiliyatlarni rivojlantira olmaydigan, hatto, ularning rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladigan saviyada olib boriladi. Ta’lim "jarayonida bolaning о‘sishiga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish uchun uning о‘ziga xos xususiyatlarini yaxish bilish kerak.
Qobiliyatlar hayotda, iste’dodlar asosida shakllanadi. Shuning uchun ham tug‘ma va о‘zlashtirilgan qobiliyatlarning muvofiqligi masalasi keng muhokama qilinadi. Qobiliyatning rivojlanishida organizmning anatomik-fiziologik xususiyatlari, nerv sistyomasining tuzilishi, nerv jarayonlarining harakatchanligi,
miya faoliyatining xususiyatlari katta ahamiyatga ega. Avloddan avlodga mustahkamlanib kelgan mana shu shartlarning hammasi qobiliyatlarning rivojlanishi uchun iste’dod snfatida xizmat qiladi.
Taniqli olim B. M. Teplov musiqiy qobiliyatlar muammosini chuqur tadqiq etib, hech qanday psixologik xususiyat tug‘ma bо‘lmasligini faqat iste’dod tug‘ma bulishi mumknnligini qayd qildi. U iste’dodlar asosida musiqiy qobiliyatni yaxshi rivojlantirishnnng sharti kishini mazkur qobiliyat uzluksiz asqotadigan faoliyatga jalb qilish ekanini isbotladi.
Tabiiyki, fan iste’dodning sifati har xil bо‘lishnni va shular asosida musiqiy qobiliyatlar ham turli darajada rivojlanishini inkor etmaydi, ammo u tabiiy xususiyatlar bilan bog‘liq cheklanishlarga emas, balki har bir kishining ta’lim va tarbiya jarayonida rо‘yobga chiqadigan imkoniyatlariga e’tibor beradi.
I.Pavlovning ta’riflashicha, kamol topish jarayonida vujudga keladigan har bir xususiyat tug‘ma va о‘zlashtirilgan xususiyatning «qotishmasi» bо‘ladi. Mana shu «qotishma»dagi tug‘ma va о‘zlashtirilgan xu­susiyatlar nisbati mazkur xususiyatning xarakteriga, murakkabligi va о‘ziga xos kamol topishda vujudga kelishiga bog‘liq holda har xil bо‘ladi. I. Pavlov oliy nerv faoliyati turli bog‘lanishlar uchun imkoniyat yaratadigan bо‘lishini ifodaladi. U shunday yozadi: «Hech narsa harakatsiz, qotib qolmaydi, balki doimo о‘sishi, yaxshi tomonga о‘zgarib borishi mumkin, buning uchun faqat tegishli sharoit yaratilsa, bas».
Musiqachi-pedagog uchun umumii va maxsus xususiyat­lar, ularning о‘zaro bog‘lanishi, shuningdek, iste’dod­ning sifatini aniqlash masalalari muhim ahamiyatga molikdir. Psixologiyada iste’dod faoliyat qobiliyatiga nisbatan umumiyroq tushuncha bо‘lib, maxsus qobiliyatlar unib chiqadigan zamin sifatida talqin qilinadi. B.Teplovning ta’riflashicha, maxsus qobiliyatlar faoliyatning ayrim maxsus sohalariga munosabatda namoyon bо‘ladi, shu bilan birga u yoki bu maxsus qobiliyatlar ichida umumiy iste’dod ham bо‘lishi mum­kin. Muayyan faoliyatga moyillik qobiliyat paydo bо‘lishining dastlabki belgisl hisoblanib, qobiliyatning rivojlanishi uchun sharoit mavjudligini bildiradi.
“Bunda kо‘p yirik pedagoglar, ijrochilar va metodistlar' (L. Barenboym, T. Berkman, A. Goldenveyzer, G. Neigauz, A. Nikolayev, V. Shapov va boshqalar) musiqa tarbiyasi sohasidagi ta’lim bilan kamolotning о‘zaro bog‘liqligi masalasini tahlil qildilar. Ular о‘quvchi chinakam kamol topishi uchun faqat unga ta’­lim va tarbiya vositalarining tashki ta’siri yetarli ema'sligini, balki uning ichki о‘ziga xos sifatlari va xususiyatlarini hisobga olish xam zarurligini ta’kidladilar. Bunda asosiy vazifa ta’limni tо‘g‘ri yо‘naltirishdir, ta’lim kamolotdan oldinda bornshini ta’minlashdir. Kamol toptirishning eng istiqbolli yо‘llaridan biri о‘quvchi oldiga ijodiy vazifalar qо‘yiladigan va uni ana shu vazifalarning yechimini mustaqil izlashga rag‘batlantirlladigan yо‘naltiruvchi ta’limdir.
Ma’lumki, musiqiy qobiliyatlar barvaqt, kо‘pincha bolalar musiqa bilan maqsadga muvofiq ravishda shug‘ullanishni. boshlashidan ancha ilgari yuzaga keladi. Shunga asoslanib bolalarni musiqa bilan shug‘ullanish uchun «qobnliyatli» va «qobiliyatsiz» deb farqlanadi. Lekin ayrim olimlarning tadqiqotlari va tajriba ishlari tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilgan ta’lim jarayoni kishida mutlaqo bо‘lmagan qobiliyatlarni ham rivojlantirishi mumkinligini isbotladi. Gap shundaki, kishining barcha psixik jarayonlari bir qancha ketma-ket bosqichlarda rivojlanadi va shu bosqichlarda ular yashirin holda hamda tarbiyaning nazoratidan tashqari о‘z-о‘zidan shakllanadi. Ulardan birortasi shakllanmagan yoki notо‘g‘ri shakllangan bо‘lsa, «qobiliyatsizlik» hollari vujudga keladi. Bordi-yu, ana shu jarayon topilsa va shakllantirilsa, keyingi rivojlanish о‘z maromida davom etadi.
Shunga kо‘ra biz har bir bola musiqa bilan shug‘ullanishi lozim, binobarin musiqiy ma’lumotlarni faqat musiqa mashg‘ulotlarining maqsadga muvofiq va izchil sistemasi orqali aniqlash, shakllantirish hamda rivojlantirish mumkin, deb bilamiz.
Bolalarda musiqiy qobiliyatni rivojlantirish uchun ular haqida bunday tasavvur hosil qilish qiyin.Bunday hollarda ularning musiqaga munosabatini qanday aniqlash kerak? Eng avvalo bolani sinab kо‘rish, lekin bunda unga ayrim mavhum, о‘zi anglamaydigan tovushlarni aytish yoki ritmik shakllarni chertish kabi topshiriqlarni berish kerak. Musiqiy o’quvni aniqlashning yaxshi yо‘li bolaga mazmuni va xarakteri turlicha qо‘shnqlarni ayttirib kо‘rishdir. Bola bunday qо‘shiqni ijro etayotganda musiqani idrok etishi, musiqiy xotirasi, ritmni bilishi va eshitish qobiliyati aniqlanadi. Qо‘shiqni tо‘g‘ri va ifodali ijro etish ijro qilinayotgan musiqaga munosabatni, musiqiy obrazlarni tо‘g‘ri tоushunishni kо‘rsatadi.
Bundan tashqari, bolalar guruhiga turli xarakterdagi musiqani eshittirish, ularning qanday ta’sirlanishini kuzatish, ulardan tinglangan ohanglar qanday birlashuvini, tinglayotganda kо‘z oldiga nimalarni keltirishini sо‘rash ham mumkin.
Musiqiy qobiliyatlar muammosini tahlil qilishda avvalo ular о‘zaro bog‘liq, bir-biridan ajralgan holda mavjud bо‘lmaydigan snfatlarning keng majmuasidan iboratligini aytish lozim. Musiqiy qobiliyatlarga musiqani anglash, musiqani tinglay olish, tinglashni nazorat qilish, musiqiy xotira, shuningdek, diqqat, tasavvur va maxsus ijrochilik qobiliyatlari kiradi.
Musiqiy qobiliyatlarning eng muhimlaridan biri musiqani anglashdir. Uni psixologiyada musiqani idrok etish, uning gо‘zalligi va ifodaliligini his qilish, muayyan badiiy mazmunini kо‘z oldiga keltirish va uni о‘z hissiyotlari hamda kechinmalariga bog‘lash deb tushuniladi.
Musiqani anglashni tarbiyalash mumkin va uning rivojlanishi musiqa mashg‘ulotlarining qanday tashkil etilishiga bog‘liqdir. Musiqani anglash yorqin ob­raz va bolalar tushunadigan yuksak badiiy material-lar asosida tarbiyalanadi. Bolada musiqa mashg‘ulotlariga ishtiyoq uyg‘otish, musiqaning bо‘yoqlaridan, musiqiy asarlarning obrazliligidan zavqlanishni vujudga keltirish kerak.
Agar bolalarda musiqiy ma’lumotlarniig tabiiy, erkin rivojlanishi tahlil etilsa, bu rivojlanish tovushlarga qiziqish asosida amalga oshishini yaqqol his qilish mumkin. Zotan qiziqishgina bolaning diqqatini tо‘xtata oladi va uni tovushlarga jalb eta oladi, unda о‘zi eshitgan narsalarni eslab qolishga hamda aniq ifodalashga yordam beradigan «kuzatuvchanlikni» vujudga keltiradi.
Lekin tovushlarning yoqimli ixtiyoriy birikishiga emas, balki bolada hissiy kechinma yoki obrazli tasavvurni paydo qilib, biron bir kayfiyatni vujudga keltiradigan yaxlit va yorqin kuyga (qо‘shiqqa, mavzuga) qiziqishgina chinakam qiziqish bо‘la oladi.
Musiqaga qiziqish uyg‘otishda qо‘shnqning matni ham muhim rol о‘ynaydi.
Bunday ta’sir bolaning xotirasida iz qoldiradi va unda о‘ziga yoqqan qо‘shiqni aytish yoki uning kuyini biror asbobda chalish istagini vujudga keltiradi. Bunda taassurot qanchalik yorqin bо‘lsa, tinglangan narsani tо‘g‘ri eslab qolishga va aniq ijro etishga intilish shunchalik kuchli bо‘ladi. Shu tariqa musiqiy ma’lumotlar rivojlanib boradi.
Musiqiy ma’lumotlar ham rivojlanib о‘zida bezosita musiqiy taassurotlarning boyishiga va shu orqali musiqaga qiziqishning ortishi hamda kengayishiga yordam beradi.
Mana shu о‘zaro bog‘liq jarayon bolada musiqani anglash tabiiy va erkin rivojlanishining muhim omili bо‘ladi. Bu jarayonga maksimal darajada yaqinlashish musiqiy barkamollikning asosi bо‘lishi lozim.
Mana shularga asoslanib tajribali mutaxassislar bolalar bilan ishlashda xalq musiqasining yorqin va xilma-xil kuylaridan, ritmlaridan, shuning­dek, musiqiy obrazlari va kayfiyati bolalarga yaqin pyesalardan foydalanadilar. Ular avvalo bolalarda tasavvurni qо‘zg‘ashga, kayfiyatni hosil qilishga, ularni tushunarli va yorqin obrazlarga qiziqtirishga , turli xarakterdagi — quvnoq, g‘amgin, tantanavor, raqs, qо‘shiq va boshqa kuylarni tushunishni о‘rgatishga harakat qiladilar.
Shu tariqa bolaning diqqati tabiiy ravishda jamlanishi va unda «tinglash kuzatuvchanligi» vujudga kelishi uchun sharoit yaratiladi.
Ishga mana shunday yondashishdan musiqiy ma’lumotlarning ayrim elementlari (tinglash, ritm, xotira) ning о‘sishi va takomillashuvi bolada umumiy musiqani anglash ortishi bilan chambarchas bog‘lanadi. Bunda bolaning birinchi ta’sirlanishi yaxlit, bog‘lanishli musiqani anglashga qaratiladi va keyin tarkibiy elementlarga о‘tadi. Boshqacha aytganda, bola idrokining asosini odatda alohida qisqa ichki turtkilar emas, balki uzoq jamlanish tashkil qiladi. Shunga kо‘ra musiqani idrok etish yaxlitning ta’siridan detallarni о‘zlashtirishga, mazmunning g‘oyasi va xarakteridan tuzilishiga qarab shakllanadi.
Musiqiy ma’lumotlar rivojidagi ushbu yо‘nalishning ijobiy natijalari maktabgacha davr bilan cheklanmaydi. Ta’limning keyingi davrida ham mazkur prinsiplarni izchil amalga oshirish ijroning uzluksizligi, yaxlitligi va mazmundorligi kabi muhim sifatlar shakllanishiga, shuningdek, texnik yо‘l va usullariga ta’sir qilishi mо‘mkin.
Bolalarni musiqiy kamol toptirish uchun asosan musiqiy ma’lumotlarning elementlari: yaxlit va yorqin kuyga bog‘lanmagan alohida tovushlar yoki tovush komplekslari yoki ohanglar mashq qilinadigan (ya’ni musiqiy ma’lumotlar musiqiy taassurot na hissiy kechinmalarga bog‘lanmay, alohida ryvojlantiriladigan joylarda mutlaqo boshqacha holat vujudga keladi. Ishga bunday yondashishda intonatsiyaning, ritmning aniqligida, shuningdek, xotirani rivojlantirishda kо‘pincha katta natijalarga erishiladi. Ana shunday mashg‘ulotlar jarayonida bolaning diqqati tо‘planishini ham, hatto о‘ziga xos qiziqishini ham aniqlash mumkin. Qisqasi, tabiiy jarayonning deyarli barcha komponentlari vujudga keladi. Faqat bir narsa musiqaning hissiy ta’siri va kechinma yetishmaydi. U balki keyinchalik paydo bо‘lar? Bunday bо‘lishi ehtimoldan uzok. Bolada hissiy kechinma, hatto, mukammal detallar bо‘lsada, uzuq- yuluq holda vujudga kelmaydi. U yaxlit kuyning bevosita ta’siri natijasi sifatida hamda tinglangan narsalarga birinchi javob, sifatida paydo bо‘ladi. Agar diqqatning birinchi javobi bir-biridan ajralgan alohida tovushlarga yо‘nalsa, diqqat qisqa turtkilarga bо‘linadi va bu hol yaxlit hamda bog‘lanishli idrokka xalaqit beradi. Mana shu usulda tarbiyalangan bola uyg‘un yaxlitlikka bog‘lanmagan alohida elementlar bо‘yicha anglashga о‘r-ganadi. U yaxlit jо‘shqin kuyni bevosita idrok etish о‘rniga alohida tovushlardan vujudga keltiradi.
Natijada hissiy ta’sirdek, muhim rag‘batlantiruvchi kuchdan mahrum bо‘lgan musiqaga qiziqish manbaidan ajralgan anik quriganidek darrov sо‘nib bo­lada va bolada musiqiy ma’lumotlarning muhim elementlarini rivojlantirishda erishilgan yutuqlarga qaramay, u biron bir cholg‘u asbobi bilan о‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga tayyorlanmagan bо‘lib qoladi.
Vaholanki, bola cholg‘u asbobi bilan shug‘ullanishi uchun «yetilishi» lozim. Bunday yetiliga yo tabiiy yо‘l bilan yoki bolaning musiqiy ma’lumotlarini rivoj-lantirib, unda kuyga, musiqaning xarakteri va kayfiyatiga qiziqish uyg‘otadigan tajribali mutaxassis rahbarligida rо‘y beradi.



Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə