Kirish Dissertatsiya ishining dolzarbligi


Tadqiqotdan ilmiy yangiligi



Yüklə 28,62 Kb.
səhifə2/3
tarix13.06.2023
ölçüsü28,62 Kb.
#116985
1   2   3
Dissertatsiyaga kirish Yuldasheva X.T

Tadqiqotdan ilmiy yangiligi. Spamni aniqlash algoritmlari spam xabarlarni aniqlash va filtrlash uchun mo'ljallangan. Spamni aniqlash algoritmlarining bir nechta turlari mavjud, jumladan, Leksik tahlil, Bayes filtrlash va Mashinali o'qitish algoritmlari. Leksik tahlil algoritmi spam xabarlarni aniqlash uchun xabarlardagi maxsus kalit so'z va iboralardan foydalanadi. Ushbu algoritmlarning ba'zilari qoidalarga asoslangan yondashuvlar bo'lib, ularda elektron pochta spam yoki qonuniy ekanligini aniqlash uchun qoidalar tuziladi va qo'llaniladi. Bunda quyidagi Bayes filtrlash algoritmi statistik yondashuvdan foydalanadi va Mashinali o'qitish algoritmlari spam-xabarlar paydo bo'lishini bashorat qiladi, shuning uchun bu usullar xabarlarning statistik profilini yaratish va kirish qutisidagi har bir xabarga spam balini belgilash uchun oldindan yig’ilgan ma'lumotlardan foydalanadi. Ushbu ball algoritmga xabarning spam bo'lishi yoki bo'lmasligi ehtimolini baholash uchun asos hisoblanadi. Mashinali o'qitish algoritmlari ma'lumotlarni doimiy ravishda o'rganish va ushbu ma’lumotlar ustida yaxshiroq ishlash uchun spamni aniqlash modellarini yangilash orqali hosil qilinadi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dissertatsiya ishi tadqiqotlarini olib borishda quyidagi usullardan foydalanildi: kuzatuv, ehtimollar nazaryasi, sun’iy intellektga asoslangan modellar, ma’lumotlarga intellektual ishlov berish, matematik statistika, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash.
Tatqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar shakli. Spamni aniqlash va tasniflash algoritmlaridan foydalanish elektron xabarlarda spam-xabarlar sonini sezilarli darajada kamaytirildi, jumladan, N.A.Xomskiy, D.Jurafskiy, A.Jeyms, G.Fant, R.Delmonti, L.Danlos, R.G.Piotrovskiy, V.SBayevskiy, V.F.Zaysev, A.V.Zubov, V.A.Tuzov, N.Leonteva, K.Shilixina, L.A.Turigina, L.Y.Shipitsina, Y.I.Bolshakova, M.O’rxin, A.Sharipbay va boshqalarning bu borasidagi ishlari qiyosiy o’rganib chiqildi.
Respublikamizda axborotlarni tahlil qilish, sintezlash, elektron habarlarni filtrlash kabi jarayonlarni tavsiflovchi modellar va algoritmlarni tadqiq qilish bo’yicha Sh.Foziliv, D.Muhammadiyeva, M.Aripov, M.M.Musayev, Sh.A.Nazirov, M.H.Hakimov, O’.Hamdamov va O.Yusupovlar olib borgan ilmiy tadqiqotlar axborotlarda xavflarni aniqlash va tasniflash, elektron xabarlarda axborotlarni tahlil qilish, sintezlash va tasniflash hamda ushbu muammolarni tadqiq qilish orqali matematik modellari hamda algoritmlarini yaratish masalalariga qaratilgan.
Yuqorida qayd etilgan ilmiy ishlar tadqiqoti uchun spamni aniqlash va tasniflash algoritmlarini yaratish bugungi kunda tayanch sifatida xizmat qilayotgan bo’lsa-da, biroq hozirgacha axborot xavflarni tahrirlash va intellektual tahlil qilish bo’yicha matematik modellar, algoritmlar va interfaol dasturiy vositalarni yaratishga qaratilgan muammolari yetarli darajada o’rganilmagan.

Yüklə 28,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə