Kimyoviy texnologiyada energiya reja: Energiya va uning turlari


Energiyadan ratsional foydalanish



Yüklə 41,5 Kb.
səhifə2/3
tarix31.05.2023
ölçüsü41,5 Kb.
#114463
1   2   3
kimyoviy texnologiyada energiya (1)

Energiyadan ratsional foydalanish. Sanoat tarmoqlari ko`mir, neft, yonuvchi slanetslar, tabiiy gaz, gidro va atom elektrostansiyalari kabi energiya manbalaridan foydalaniladi. Sanoatda energiya juda ko`p miqdorda ishlatilganligi sababli u sanoatning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlariga katta ta`sir ko`rsatadi. Energiyadan tejamli foydalanish darajasi “energiyadan foydalanish koeffitsiyenti” ήe bilan belgilanadi. Bu koeffitsiyent quyidagi nisbat bilan ifodalanadi:
ήe=
Bu yerda Wnaz – bir birlik og`irlikdagi mahsulotni olish uchun sarflanadigan nazariy energiya miqdori, Wamal – bir birlik og`irlikdagi mahsulotni olish uchun amalda sarflangan energiya miqdori.
Ko`p korxonalarda bu koeffitsiyent juda past ko`rsatkichga ega bo`lishi energiyadan tejamsiz foydalanganligidan darak beradi. Energetika resurslarining cheklanganligi energiyani tejash va undan ratsional foydalanish masalasini qo`yadi.
Sanoat korxonalarida hamma energiya turlaridan issiqlik energiyasi ko`p ishlatiladi. Undan texnologik jarayonlarda foydalanish darajasi “issiqlikning foydali ish koeffitsiyenti” (F.I.K.) ήt bilan ifodalanadi:
ήt=
Bu yerda Qt – bevosita asosiy texnologik jarayonlarni bajarish uchun sarflangan issiqlik miqdori, Qpr – umumiy sarflangan issiqlik miqdori.
Issiqlikning foydali ish koeffitsiyenti energiyadan foydalanish koeffitsiyentining xususiy xolidir. Sanoatda issiqlikning foydali ish koeffitsiyenti uncha katta emas. Masalan, ohak kuydirish pechlarida asosiy jarayon kalsiy karbonatning termik dissotsiatsiyasi bo`lib, unda issiqlikning foydali ish koeffitsiyenti taxminan 65% ga teng. Bunda 25% ga yaqin issiqlik apparatidan chiqib ketayotgan (gazsimon) mahsulotlar bilan keltiriladi va 10% chasi atrof-muhitga tarqaladi. Issiqlikning foydali ish koeffitsiyentini oshirish uchun texnologik jarayonlarda hosil bo`layotgan mahsulotlar issiqligidan foydalanish va atrof-muhitga sarflanayotgan issiqlik miqdorini kamaytirish choralarini ko`rish kerak.
Texnologik jarayon gazlarini yoki chiqindi gazlar issiqligini apparatlarga beriladigan materiallarni qizdirishda ishlatish mumkin.
Reagentlar issiqlik almashtiruvchi xonaga beriladi, u yerda ular jarayon mahsulotlaridagi issiqlik hisobiga qizigan trubalar atrofidan o`tib, kerakli darajagacha qiziydi ca so`ngra u reaksion kameraga o`tkaziladi. Bu xildagi issiqlikdan foydalanish apparati
Yüklə 41,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə