O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti



Yüklə 50,13 Kb.
tarix23.01.2018
ölçüsü50,13 Kb.
#22088




Reja:
1.FOYDALI QAZILMALAR TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
2.QATTIQ YONUVChI QAZILMALAR: TORF, KO’MIR VA YONUVCHI SLANES
3.KO’MIRNING PAYDO BO’LISh JARAYoNLARI, BOSqIChLARI VA UNING GENETIK TURLARI

FOYDALI QAZILMALAR TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Neft, gaz, toshko’mir, yonuvchi slanes va torf kabi yonuvchi foydali qazilmalar energiyaning asosiy manbai hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda yonuvchi foydali qazilmalar kimyo sanoati uchun ham asosiy xom ashyodir.

Bunday foydali qazilmalar cho’kindi, otqindi va metamorflashgan tog’ jinslari bilan bog’liq.

Ilmiy-texnik jarayonlar va ilm-fanning yuqori sur'atlar bilan rivojlanishi yonuvchi foydali qazilmalarga, ayniqsa kaustobiolitlarga bo’lgan talablar oshmoqda. Kaustobiolitlar asosan uch guruhga bo’linadi:

Neft qatoriga kiruvchi kaustobiolitlar. Bular neft, asfalt, ozokerit va boshqa yarim suyuq hamda qattiq bitumlar;

Ko’mir qatoriga kiruvchi kaustobiolitlar - gumit va torflar;

Sapropelitlarga kiruvchi kaustobiolitlar - har xil aralash sapropelit (gumuslar, yonuvchi slans)lar.

Lekin kaustobiolitlarning yanada umumlashtirilgan tasnifi hozircha ishlab chiqarilmagan. Chunki ularning fizik-kimyoviy xossalari, xususiyatlari, paydo bo’lish sharoitlari, tarkibiy qismi, texnologik alomatlari bir-biridan tubdan farqlanadi.

Yonuvchi foydali qazilmalar dunyo yoqilg’i-energetika balansi hisoblanadi. Kaustobiolitlardan termik-kimyoviy yo’l bilan ishlab olingan 3500 dan ortiq mahsulotlar xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida (qishloq xo’jaligida, yengil va og’ir sanoatda, transportda, maishiy ishlarda) keng qo’llanilmoqda.

Kaustobiolitlarning hozirgi insoniyat faoliyatida tutgan o’rni katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham fanda neft "qora oltin", gaz esa "zangori olov" deb yuritiladi. Haqiqatan ham neft va gaz xalq xo’jaligida o’zining tutgan o’rni bilan oltindan ancha yuqori turadi.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi hududlarida 160 dan ortiq neft, gaz va gazokondensat konlari ochilgan. Ulardan 90 tasi ishlab chiqarishga topshirilgan.

Bu konlar Buxoro-Xiva, Surxondaryo, Farg’ona va Ustyurt neft-gaz oblastlarida joylashgan.

Oxirgi yillarda Ustyurt platosining ham neft va gazga bqlgan istiqbollari kundan-kunga oshmoqda va hozirgi kunda 10 dan ortiq gazokondensat konlari ochildi.

Undan tashqari 28 dan ortiq istiqbolli ko’mirli maydonlar aniqlangan. Toshko’mirning asosiy zaxiralari Surxondaryo viloyatidagi Boysun va Sharg’un konlarida joylashgan.

Ko’ng’ir ko’mirning eng katta zaxirasi Angren konida joylashgan. O’zbekistonda torf va yonuvchi slanes belgilari juda ko’p. Lekin sanoatda yaroqlilari kam.

Shunday qilib, geologik qidiruv, xaritalash, geofizik tekshirishlar va burg’ilash quduqlarini kovlash hisobiga respublikamiz hududlarida yana ko’plab yonuvchi foydali qazilmalarning konlarini va istiqbolli maydonlarini topish mumkin.


QATTIQ YONUVChI QAZILMALAR: TORF, KO’MIR

VA YONUVCHI SLANES
Torf

Torf yonuvchi foydali qazilma sifatida yuqori namlik, kam kislorodli sharoitda biokimyoviy jarayonlar ta'sirida o’simliklarning tabiiy chirishi va chala parchalangan qoldiqlarining to’planishidan hosil bo’ladi.

Torf yer yuzasida yoki o’n metrlar chamasidagi chuqurliklarda joylashadi. Torf tqrtlamchi davrda yuzaga kelgan mineral mahsulotlardan organogen birikmalarining ko’pligi (50% dan kam bo’lmagan) bilan, qo’ng’ir ko’mirdan esa namligining va o’simlik parchalarining ko’pligi bilan farqlanadi.

Shunday qilib, torfning organik moddasi turli darajada parchalangan qsimlik qoldiqlaridan iborat.

Chirindi (gumus) torfga qoramtir tus beradi. Hujayra to’qimalarini yo’qotgan mayda o’simlik tikanlari torfning parchalanish darajasini aniqlaydi. Shuning uchun torfning parchalanishi kuchsiz (20%), o’rtacha (20-35%) va kuchli (35% dan ortiq ) bo’ladi.

Torfning botanik tarkibiga, paydo bqlish sharoitiga va xossalariga qarab uch turga (yuqori, qtkinchi, pastki) bo’lish mumkin. Torfning fizik-kimyoviy tarkibi uning turiga, darajasiga qarab aniqlanadi.

Uning tarkibida S-48-65%; O-25-45%; N-4,7-7%; N-0,6-3,8%; S-1,2% ayrim holda-2,5% ga yetadi. Torfning rangi uning turiga, parchalanish darajasiga qarab-och sariqdan to’q jigar ranggacha (yuqori), kulrang-jigarrangdan sertuproq qoragacha (pastki) o’zgaradi.

Torfning zichligi - namlikka, parchalanish darajasiga, kullanishiga, mineral tarkibiga va organogen qismlariga bog’liq bo’lib, oddiy sharoitda yotganda 800-1080 kg/m3 ga yetadi. G’ovakligi 96-97% ga teng o’rtacha yonish issiqligi-21-25 mJ/g. Torfning yonish issiqligi parchalanish darajasi va tutunning oshishi bilan yana ko’tariladi. Torf yirik elektr stansiyalarida, issiqlik elektr markazlarida, zavod va fabrika qozonxonalarida yoqish uchun ishlatiladi. Torfdan qurilish materiallari (plitalar) tayyorlanadi.

Gazlashtirish va chala kokslash yo’li bilan kimyoviy moddalar olinadi. Qishloq xqjaligida mineral o’g’itlar va ohak aralashmasini tayyorlashda torf-mineral ammiakli qg’itlar ishlab chiqarishda, sabzavotchilik va gulchilikda biologik yonilg’i, torf-chirindili tuvakchalar yasashda ham ishlatiladi.
Ko’mir

Ko’mir-yonuvchi tog’ jinsi hisoblanib, o’simlik va organizm qoldiqlarining parchalanishidan paydo bo’ladi. U sertuproq, yaxlit, qat-qat yoki donador teksturaga, bir xil yoki har xil strukturaga ega. Rangi jigar rangdan kul rang va qoragacha; yaltiroqligi-(nursiz), yaltiroqsiz va metallsimon. Ko’mir yer sharida eng ko’p tarqalgan yonuvchi foydali qazilmadir. Uning 3000 dan ortiq konlari va havzalari ma'lum. O’zbekistonda ko’mirning Sharg’un, Angren va boshqa konlari mavjud. Ko’mir asosan ikki qismdan iborat: organogen moddalar va mineral aralashmalar. Organogen moddalar orqali ko’mirning muhim xossalari aniqlanadi. Organogen moddalar asosan uglerod, kam holda kislorod, vodorod, oltingugurtdan; oz miqdori azot, fosfor va mineral aralashmalardan tashkil topgan.

Organogen moddalar massasi-quruq ko’mir massasining 50-97 % ni tashkil qiladi. Mineral aralashmalari organogen massada yoki ko’mir tabaqalarida kristall, konkresiya, mayda qat-qatlik va linza shaklida bo’ladi. Bunda gilli mineral juda ko’p tarqalgan. Ular noorganogen materiallar massasining umumiy 60-80% miqdorini tashkil qiladi. Kam miqdorda karbonatlar, sulfidlar, temir va kvarslar kuzatiladi. Undan tashqari juda kam miqdorda rangli va kamyob metallar sulfidi, fosfatlar, sulfatlar, metallarning ishqorli tuzlari uchraydi.
Yonuvchi slanes

Yonuvchi slaneslar mergelli, gilli, kremniy tarkibli cho’kindi jinslardan tarkib topib, uning tarkibida 10-50%, ayrim hollarda 60% gacha singenetik yo’l bilan cho’kkan organogen moddalar ishtirok etadi.

Ular jigar rang, sariq, kul rang tusga va varaqsimon yoki yaxlit teksturaga ega. Ayrim hollarda "yonuvchi slanes" atamasi kaustobiolitlarni anglatadi.

Ular yer ostida ko’milib qolgan o’simlik va hayvonot qoldiqlaridan paydo bo’lgan. Ularning qattiq navlari- torf, ko’mir, sapropelitlar, suyuq navlari esa - neft va uning o’zgarishidan paydo bo’lgan asfalt, ozokeritdir. Yonuvchi slanesdagi organik moddalarning dastlabki materiallari biomassadan, oddiy suv o’tlaridan, kam darajada oliy o’simlik va kam holda hayvonot organizmlaridan hosil bo’lgan. Yonuvchi slaneslarning organogen moddalari tarkibida yuqori miqdorda vodorod (7-10%)ning bo’lishi, termik qayta ishlashda uchuvchi komponentlarning ko’p ajralib (90% gacha) chiqishi va yonganda yuqori miqdorda issiqlik chiqarishi bilan xarakterlanadi.

Asosiy mineral komponentlari: kalsit, kvars, gilli minerallar, kam miqdorda dala shpati, pirit, aksessor minerallar hisoblanadi. Yonuvchi slanesning yonish issiqlik hajmi 5 mJ/kg bo’lgandagina sanoatga yaroqli yoqilg’i sifatida foydalaniladi. Konlarning ko’pchilik qismi platforma viloyatlariga taalluqli bo’lib, gorizontal va kuchsiz qiyshaygan holda yotadi.

Yonuvchi slaneslardan yog’ va gaz haydashda, qattiq yoqilg’i sifatida, slanesli smolalardan kimyoviy xom-ashyo (fenol, plastifikator) va uning chiqindisi - kuldan qurilish materiallari sifatida foydalaniladi.

Ayrim yonuvchi slanes konlarida yuqori miqdorda mis, molibden, uran, qo’rg’oshin, sink, vanadiy uchraydi. Ular ma'dan xom ashyosi sifatida baholanadi.
Ko’mirli yotqiziqlarning hosil bo’lishi

Ko’mirning paydo bo’lishi ikki bosqichda, ya'ni gumitlanish (gumifikasiyalanish) va ko’mirlanish jarayonida sodir bo’ladi.

Gumitlanish bosqichi o’simlik tikanlarining yer usti suvlari ta'sirida parchalanishidan boshlanib, torf yoki sapropelitlarning paydo bo’lishi bilan tugallanadi.

Torfning paydo bo’lishi uchun parchalangan o’simlik materiallarining to’planishi oksidlanishga nisbatan ustunlik qilishi kerak.

Bunday jarayon kislorodning chegaralangan ishtirokida namlik sharoitida namoyon bo’lishi mumkin.

O’simlik moddalari qurigandan keyin namlik sharoitiga tushib aerob va anaerob mikroorganizmlarning faol ta'siriga uchraydi.

Undan tashqari parchalanish jarayonida suv, havo, iqlim va ishqorlar qatnashadi. Parchalanish jarayoni gumin kislotasini hosil qiladi. Gumin kislotasi ko’ng’ir rangli amorf gumin moddasini vujudga keltiradi. Oddiy kisloroddan to’liq chegaralangan sharoitda o’simlik va oddiy xayvonot organizmlarining parchalanishidan sapropellar tashkil topadi. Sapropel paydo bo’lish jarayoni "bitumlanish" deb ataladi.

Bitumlanish moy va mumning parchalanishi natijasida moyli kislota va bitumlarning paydo bo’lishidir.

Bitumlanish muhiti - ishqorli; shuning uchun ham, uning xossasi guminlanishga qarama-qarshidir. Agar guminlanishda (gumifikasiya) o’simlik materiallari oksidlansa, bitumlanish jarayonida esa ularni qayta tiklashga imkoniyat tug’iladi.

Ikkinchi ko’mirlanish bosqichi paydo bo’lgan torf yoki sapropellar ustini cho’kindi jins qatlamlari qoplangandan keyin hosil bo’ladi.

Bu sharoitda torf va sapropel ko’mir qazilmasiga o’tishi mumkin. Lekin gumusli va sapropelli ko’mirlar bir biridan tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi, sifat ko’rsatkichlari bilan farqlanadi.

Cho’kindi jinslar va ular ichida joylashgan ko’mir tabaqalari bilan birgalikda ko’mirli yotqiziqlarni tashkil qiladi. Ularning paydo bo’lishi uzoq vaqt davom etgan bo’lib, uning o’alinligi 10-15 km ga yetishi mumkin.

Ko’mirli tabaqalar ko’mirli formasiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Asosiy ko’mir tabaqalari oddiy va murakkab bo’ladi.

Ikki xil tog’ jinsi qatlamlari o’rtasida joylashgan ko’mir tabaqalarining qismi "ko’mir pachkasi" deb ataladi.

Agar tog’ jinsi qatlamchasining qalinligi pachka qalinligiga nisbatan kattaroq bo’lsa, unda pachka "mustaqil tabaqa" deb ajratiladi. Ko’mir tabaqalarining soni ularning qalinligiga, joylashish sharoitlariga, ko’mirlanish darajasiga, ko’mirli qatlamlarga yondosh tog’ jinslarining litologik tarkibiga bog’liq. Ularning paydo bo’lishi qanday geotektonik zona bilan bog’liqligiga qarab aniqlanadi.

Geosinklinal zonalardagi ko’mir kon tabaqalarining uzoq masofalarga cho’zilishi, ularning ko’p sonliligi (200 gacha) ko’mir yotqiziqlarining katta qalinligi, tagidagi qatlamlarga muvofiq (mos) joylashishligi, tog’ jinslarining siklik tuzilishligi, ularning kuchli metamorflashganligi, ko’mirning har xil tarkibliligi, konning kuchli buzilganligi bilan xarakterlanadi.

Ko’mir konining o’tkinchi turi geosinklinal va platforma konlari o’rtasida chegara hisoblanadi. Ularning katta tarqalish maydoniga egaligi, ko’mirli qatlamlarning o’rtacha qalinlikdaligi (100 m dan 1-2 km gacha), ko’mirli qatlamlarning siklli tuzilishligi, davriy (2-3 birlikdan 20-30 gacha), ko’mir tabaqalarining o’rta miqdordaligi (2-3 birlikdan-20-30 gacha), umumiy yuvilib ketishligi, oddiydan (tinch) burmalanishgacha o’zgarib yotishligi, boshlang’ich metamorflashganligi (qo’ng’ir ko’mirdan-toshko’mirgacha; markasi D. J.) xarakterlidir.

Platformaning qattiq zaminida hosil bo’lgan ko’mir konlari - o’zining tagida yotgan tog’ jinslarining yuvilib ketgan yuzasida yotishligi, har xil maydonda tarqalganligi, ko’mir tabaqalarining kamligi va gorizontal (tekis) yotishligi bilan xarakterlanadi. Ko’mir konlarining paleogeografik belgilariga qarab parallik (okeanga yaqin) va limli (dengiz) sharoitida hosil bo’lishi mumkin.

Parallik konlari stratigrafik kesimining turg’unligi, okean cho’kindilarining katta maydonlarga tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Limli ko’mir konlarida litologik kesimlari turg’unsiz va o’zgaruvchan, cho’kindilari esa kontinental qiyofaga ega. Bu konlar uncha katta emas.

KO’MIRNING PAYDO BO’LISh JARAYoNLARI, BOSqIChLARI VA UNING GENETIK TURLARI
1. Ko’mirlar va ko’mir paydo bo’lishining belgilari qattiq yonuvchi foydali qazilmalarning paydo bo’lishi (genezisi) to’g’risida hech kimning e'tirozi yo’q.

Chunki metamorflashgan hamma tog’ jinsi turlarida o’simlik va hayvon organizm qoldiqlarini topish mumkin. Hatto eng kuchli metamorflashgan toshko’mirlarda ham mikroskop orqali ayrim o’simlik qoldiqlarining reliktlarini yoki spora va gul changlarini aniqlash mumkin.

Bu dalillarning hammasi ko’mirning biogen yo’l bilan hosil bo’lganligidan dalolat beradi.

Neft va gazlarning genezisi to’g’risida har xil nazariy fikrlar ma'lum. Lekin neftda ko’mirnikidek dastlabki jins qoldiq reliktlari yo’q. Uning kimyoviy tarkibi ko’mirniki bilan bir xil.

Neftning organogen yo’l bilan hosil bo’lganligiga ko’pgina dalillar ma'lum. Shuning uchun neft va gaz konlarini qidirish ishlari ularning biogen yo’l bilan paydo bo’lgan degan nazariya asosida olib boriladi. Shu bilan bir qatorda neftning abiogen yo’l bilan paydo bo’lganligini tasdiqlovchi dalillar ham ma'lum.

Hozirgi vaqtda magma jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan neft konlari aniqlangan. Ma'lumki, ma'lum bir bosqichda magmaning sovishi natijasida ularda vodorod va uglerod reaksiyasi sintezi namoyon bo’lib, uglevodorod hosil qiladi.

Differensiasiya va kristallizasiya natijasida ularning molekulalari murakkablashadi.

Tarkibi va xossasi neftnikiga juda o’xshash bo’ladi.

Neft va gaz konlarining paydo bo’lish muammosi katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki yer qobig’idagi neft va gaz zaxiralari ular bilan bog’liq.

Agar neftning magma yo’li bilan paydo bo’la olishligi aniqlansa, bu holda ularning yangi katta uyumlarini ochish istiqbollari ancha kengayadi.

Neftning paydo bo’lish masalasi alohida mavzuda ko’riladi. Bu yerda biz torf, ko’mir, yonuvchi slaneslarning manbalari to’g’risida to’xtaymiz.

Ma'lumki, hamma yonuvchi foydali qazilmalarning paydo bo’lishida uglerodning o’rni juda kattadir.

Uglerodning mantiyada paydo bo’lishini quyidagi dalillar bilan tasdiqlash mumkin. Ya'ni ular arxey va proterozoy qadimiy tog’ jinslarida keng tarqalgan bo’lib, yerda hayot boshlanishidan ancha oldin paydo bo’lgan. Ozod (erkin) uglerodning eng ko’p to’planishi 500 mln. yil oldin boshlangan hayotning eng yuqori rivojlangan davriga to’g’ri keladi. Shuningdek, uglerodning yig’ilishida asosiy o’rinni biosfera tashkil qilib, atmosfera va gidrosferadagi uglerodlar miqdorini tartibga solib turadi.

Biosferada uglerodning to’planishida vulqon gazlarining ham o’rni katta bo’lib, uglerodni yer mantiyasiga tarqoq holda safarbar qiladi.

Ma'lumki, uglerod bilan biokimyoviy bog’langan organizmning eng sodda qismi - hujayra hisoblanadi.

Hujayra pardasi hujayrachalardan tuzilib, organik birikmalar guruhiga kiradi va uglerodlar deb yuritiladi.

O’’simlik va hayvonlarning halokati va ularning keyingi parchalanishi natijasida organik birikmalar mineral moddalar bilan birga qayta o’zgarib, cho’kindi yotqiziqlarini, ayrim holda torf va ko’mir uyumlarini vujudga keltiradi. Ulardan keyingi metamorfizm yoki oksidlanish natijasida uglekislota (karbonat kislota) holida uglerodlar ajralib, har doim atmosferaga tarqaladi.

Shunday qilib, gazsimon uglerodning suyuq yoki qattiq fazaga o’tishi va orqaga qaytishi moddalarning aylanib yurishiga misol bo’la oladi.

Shunday ekan, uglerod tirik moddada va ko’milgan shaklda birlamchi endogen xarakterga ega.
a) Iqlim va tektonik sharoitlar

Bu omillar o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Istiqbolli ko’mirlarning to’plami faqat shunday shart - sharoitlar bo’lgandagina namoyon bo’ladi.

Ko’mir to’planishining asosiy dastlabki materiali o’simlik qoldiqlari hisoblanadi. Ularning tez rivojlanishi iqlimga bog’liq. Iqlim o’z navbatida tektonik harakat darajasiga bog’liq.
b) O’simlik materiallari

Ma'lumki, ko’mir uchun dastlabki material - hayvonot va o’simlik dunyosi hisoblanadi. Shunday ekan, ko’mirning vujudga kelishining boshlanishi faqat yerda hayot paydo bo’lgandan keyingina namoyon bo’ladi.

Erda suv, hayot tokembriy davrida (suvli muhitda) paydo bo’lgan.

Shunday qilib, yer ustidagi eng yuqori o’simlik dunyosi ko’kimtir va qo’ng’ir suv o’tlaridan tashkil topgan. Ulardan silur, kembriyga mansub bo’lgan cho’kindilar, yonuvchi, uncha katta bo’lmagan qatlamchalar, ordovikda esa yonuvchi slaneslar vujudga kelgan.

Sanoatda yaroqli ko’mirlar to’planishi faqat devondan boshlanadi. Ular uchun dastlabki material isplofitlar hisoblanadi. Ular ildizi va yaproqlari bo’lmagan yer yuzidagi birinchi o’simlikdir.

O’simliklarning keyingi rivojlanishi toshko’mir va perm davrining boshlariga to’g’ri keladi.

Bu davr evolyusiyasi natijasida isplofitlar o’rniga balandligi 40 m, yaproqlarining uzunligi 1 m bo’lgan, plaunsimon (lepidodendron) va paporotniksimon (paporotnik, kordait) lar paydo bo’ladi.

Perm davrida kordaitlar bilan birga ginkli va ignabarglilar ham o’sa boshlaydi. Paleozoyning oxiriga kelib gigant tosh ko’mirli o’rmonlar umuman quriydi (o’ladi).

Mezozoy ko’mirlarining (triasli, yurali, quyi bo’rli) paydo bo’lishida, yalang’och urug’li o’simliklar (ginkli, ignabargli) alohida o’rin tutadi.

Ularning eng ko’p rivojlanishi yura davriga to’g’ri keladi. Bularga Markaziy Osiyo, Kavkaz, Sibir, ko’mir konlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu davrdan boshlab floralar, o’simlik qoldig’i rivojlanib, kaynazoyda ko’p tarqalib, yopiq urug’li o’simliklar paydo bo’ladi va ular kaynazoyda hukmronlik qiladi. Hozirgi vaqtda ham keng tarqalgan yopiq urug’li o’simliklarning eng ko’p rivojlanishi paleogen, kam holda neogen davriga to’g’ri keladi.

Natijada paleogen, neogen ko’mir konlari vujudga keladi (Saxalin, Kamchatka). Shunday qilib, o’simlik dunyosi hamma vaqt o’zgaradi va takomillashadi. O’simliklarning eng ko’p rivojlangan davrlarida o’simlik qoldiqlarining katta massalari paydo bo’ladi. Ular qulay sharoitlarda ko’mir qazilmalarini hosil qilishi mumkin. Bunday sharoitlar toshko’mir, perm, yura, bo’r, paleogen va neogen davrlarida bo’lgan. Dunyodagi ko’mir zaxiralarining asosiy qismi shu davrlarga to’g’ri keladi.
v) Iqlimiy sharoitlar

Sayyoramizning rivojlanish tarixida iqlim sharoitlari bir xil bo’lmagan. Iqlimning o’zgarishi o’simlik dunyosining o’zgarishiga olib kelgan. Shuning uchun o’simliklarning evolyusiyasiga qarab iqlim sharoitlarini kuzatish mumkin. O’simlik qoldiqlarining ommaviy to’planish joylarini o’rganishda ularning sharoitlarini aniqlash talab qilinadi. Bunday sharoitlarga issiqlik, namlik va oziqlanish mineral moddalari kiradi.

Bu sharoitlar yerning rivojlanish tarixida o’z o’rniga ega va bir necha marta qaytarilgan. Nam va issiq iqlim o’simliklarning tez rivojlanishiga olib keladi. Havo muhitidan chegaralangan o’simlik qoldiqlari oldin torflanishga, keyin ko’mirlanishga uchraydi.

Shunday qilib, eng ko’p ko’mir to’planishini ta'minlagan toshko’mir davrida qalin, yumshoq katta yaproqli o’simliklar ko’p, ildizli sistemalar esa kam rivojlangan.

Ular issiq va nam iqlim sharoitida o’sgan va toshko’mir davrida ham yashagan.

Yura davrida ham iqlim taxminan shunday bo’lgan. quyi bo’rda iqlim ancha quruq bo’lgan. Lekin namgarchilik joylarda yangi urug’li o’simliklar paydo bo’ladi.

Ular bo’r, paleogen, neogen davrlariga mansub bo’lgan ko’pgina ko’mir konlarining paydo bo’lishida dastlabki material hisoblanadi.
g) Tektonik omillar

Har qanday iqlim va o’simlik uchun qulay sharoit bo’lishidan qat'iy nazar, ular ko’mir paydo bo’lishini ta'minlay olmaydi. Bu jarayonda ma'lum darajada tektonik omillarning ahamiyati katta. Ko’mirning paydo bo’lishida yer ustidagi tik tebranma harakatning o’rni juda katta.

Bu harakat ta'sirida dengizning quruqlikka, quruqlikning dengizga qaytishi natijasida qirg’oq usti tekisliklarida o’simlik qoldiqlarining to’planishiga va torf paydo bo’lishiga qulay sharoit tug’iladi. Ular keyingi cho’kish natijasida torf botqoqligi qazilma holatga o’tadi va ko’mir paydo bo’lish jarayoni sodir bo’ladi. Torf botqoqligi suv ostiga cho’kmasdan turib, o’simlik qoldiqlari ko’mir paydo bo’lishi uchun dastlabki material bo’lib xizmat qila olmaydi.

Chunki, havo muhitida ularning tez parchalanishidan faqat kul va suv qoladi.

Donesk ko’miri kesimida 260 dan ortiq ko’mir qatlamlari mavjud. Bu shuni ko’rsatadiki, yer po’sti uncha katta bo’lmagan chuqurlikda 260 marta cho’kkan va shuncha marta ko’tarilgan. Donbass hududining umumiy cho’kishi natijasida 12 km. qalinlikda ko’mirli qatlamlarning to’planishi sodir bo’lgan.
2. Ko’mirning paydo bo’lish jarayonlari.

Gumid iqlim sharoitida o’simliklarning ommaviy o’sishi va parchalanishi namoyon bo’ladi. Lekin o’simlik qoldiqlari qulay sharoitda ko’mir qazilmasiga o’tishi mumkin.

Lekin uning asosiy sharti o’simlik qoldig’ini havo muhitidan yakkalab chegaralashdan iborat. Chunki ularning oksidlanishidan faqat kul qolishi mumkin. O’simlik qoldiqlarini oksidlanish jarayonidan saqlashning eng yaxshi sharoiti - ozod kislorodsiz suv muhiti hisoblanadi.

Undan tashqari o’simlikning o’sishi uning parchalanishiga nisbatan ko’proq bo’lishi kerak, aks holda ko’mirning hosil bo’lishi umuman to’xtaydi.

Hozirgi torf botqoqliklarini o’rganish natijalari shuni ko’rsatadiki, bunday sharoitlar botqoqlik va oqmas suv havzasi rivojlangan viloyatlarda sodir bo’ladi. Ma'lumki, namlikning yetarli darajada bo’lganligi sababli yer po’stining asta-sekin cho’kish jarayonida botqoqlik tarkibi uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.

Botqoqlik namligi va atmosfera qoldiqlari ko’p bo’lgan yer po’stining hamma issiq viloyatlarida ko’mir paydo bo’lishi mumkin.

Botqoqlikning tagi esa gilli hosilalardan tarkib topgan bo’lishi kerak. Botqoqlarning namlik bilan oziqlanish xarakteriga qarab pastki botqoqlik, yuqori botqoqlik va o’tkinchi botqoqlik turlari mavjud.

Past botqoqliklar relefning pasaygan joyida namoyon bo’lib, hamma vaqt ozgina pasayishi natijasida suv ostida qoladi.

Bu yerda oziqlanish moddalarining yetarliligi sababli o’simliklarning rivojlanishi uchun hamma sharoitlar yaratiladi.

Grunt suv sathiga qarab past botqoqliklar - liqildoq (tryasin), cho’kuvchi (topyan) va turg’un turlarga bo’linadi.

Liqildoq (tryasin) botqoqliklar shunday botqoqlik-ki, o’simlikning qoldiq massalari suvda suzib yuradi. Botqoqlikdagi suvning sathi torf yuzasidan pastda bo’ladi. Bunday botqoqliklar o’simlik qoldiqlarini parchalanishdan saqlaydi. Shuning uchun torf va ko’mir paydo bo’lishi uchun qulay emas.

Suv sathi torf qatlamlaridan yuqoriroq bo’lgan botqoqliklar ko’mir paydo bo’lishi uchun juda qulay muhit hisoblanadi. Chunki unga tushgan o’simlik qoldiqlari tez atmosfera ta'siridan chegaralanadi.

Turg’un (oqmas) botqoqliklar ham liqildoq (tryasin) botqoqliklari singari torf paydo bo’lishi uchun noqulaydir. Chunki torf botqoqliklarining yuzasi suv sathidan yuqorida joylashgan. Yuqori botqoqliklar suv ayirg’ich maydonlarida rivojlanib, ularga grunt suvlarining kelishi chegaralangan.
3. O’simlik qoldiqlarining to’planish usullari.

Ko’mirning sifati ma'lum darajada o’simlik qoldiqlarining qanday sharoitda to’planganligiga bog’liq. To’planish ikki usulda namoyon bo’ladi:

Avtoxton va alloxton to’planish.

Avtoxton to’planishda - o’simlik qoldiqlari o’zi o’sgan joyida, ya'ni boshqa joyga ko’chmasdan qattiq yonuvchi foydali qazilmalar ustida saqlanib qoladi.

Avtoxton to’planishning paydo bo’lishi - ko’mir qatlam tuprog’ida 3 juft ildizli qoldiqlarning borligi, tuproqda daraxt ildizlarining ko’mirlanganligi, dumaloq shakldagi ohakli pachkalarning mavjudligi, ko’mir qatlami qalinligining uzoq masofagacha bir xil bo’lishligi bilan xarakterlanadi.

Alloxton to’planishda - parchalangan o’simlikning qattiq mahsulotlari tashqaridan olib keltiriladi.

Daryoning suv oqimlari o’simlik materiallarini uzoq masofalarga olib kelish qobiliyatiga ega. Ular qatoriga daraxt ustunlari ham kiradi. Keyin daryo zovurlarida, og’zilarida, deltalarida ushlanib, uning tagiga cho’kadi va to’planish jarayoni namoyon bo’ladi.

Alloxton to’planishning dastlabki materiallari kul miqdori 15% bo’lgan yuqori kulli ko’mirlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda to’planishning avtoxton jarayoni kam kulli (7%gacha) ko’mirni ham hosil qilishi mumkin.


4. Ko’mir hosil qiluvchi o’simliklar tarkibi.

Ko’mirning paydo bo’lishida dastlabki material asosan o’simlik dunyosi hisoblanadi. Ular tuzilishi va rivojlanishiga qarab oliy va quyi sinflarga bo’linadi.

Ko’p hujayrali oliy sinf o’simliklari yaxshi ko’ringan organlari bilan xarakterlanadi. Bularga: o’simlikning ildizi, navi va yaproqlari kiradi.

Quyi o’simliklar asosan bir hujayralilardan tarkib topgan. Ularga ildizsiz, yaproqsiz suv o’tlari misol bo’la oladi. Chunki ular plankton kabi hayot kechiradi.

Agar bir hujayralilar faqat suvli muhitda yashasa, ko’p hujayralilar esa yer ustida yashashga ham moslashgan.

Lekin oliy va quyi o’simliklarning kimyoviy tarkibi keskin har xil. Shuning uchun ulardan paydo bo’lgan ko’mirlar bir-birlaridan fizik xossasi va kimyoviy tarkibi bilan farqlanadi (3.1-jadval).

Ko’mirlarning dastlabki moddalari tarkibi to’g’risida biz hozirgi davr o’simliklariga o’xshash ekanligi bilan fikr yuritamiz (torf va sapropelning vujudga kelishi).

Torf va sapropelni vujudga keltiruvchi o’simliklar - sellyuloza, gemisellyuloza, lignin (uglerodga boy modda), yog’, mo’miyo, kutika, smola, sternina, sporonina, polenina, oqsilli, niktenli moddalardan tuzilgan.



Oliy sinfli o’simliklar asosan sellyuloza, legnina va kam miqdorda oqsil, yog’, mo’miyo, smoladan tarkib topgan. quyi o’simliklar esa oqsilga, yog’ga boy, sellyulozaga, ligninga kambag’alroq bo’ladi (3.2-jadval).
Yüklə 50,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə