Kapital bozori va uning shakllanish yo'nalishlari


Milliy iqtisodiyot rivojlanishida moliya



Yüklə 107,68 Kb.
səhifə4/10
tarix11.12.2023
ölçüsü107,68 Kb.
#145068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kapital bozori va uning shakllanish yo\'nalishlari-fayllar.org

1.3. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida moliya
munosabatlarining roli va ahamiyati
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni moliya munosabatlarining rivojlanish evolutsiyasi bilan uzviy bog'liqdir. moliya munosabatlari jahon xo'jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi. moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda moliya munosabatlarini jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Jahon xo‘jaligi bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi moliya munosabatlari orqali o‘zaro bog‘liq milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir. Jahon xo‘jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy iqtisodiyotlar holati muhim o'rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati, mamlakatning moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o‘rin tutadi. Mamlakatning moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog‘liqdir. Ta’kidlash joizki, moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim tarkibiy qismni o‘ziga qamrab oladi, ya’ni moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. Ma’lumki, mamlakatlar o‘rtasidagi moliya munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda tashkilotlar tomonidan belgilangan me’yoriy normalar, davlatlararo darajadagi shartnoma va bitimlar, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi. moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konvensiya) iqtisodiy munosabat larni rivojlantirishga qaratilgan yo‘l-yo‘riqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi moliya tashkilotlari kiradi. moliya munosabatlari jahon xo‘jaligi tizimida teztez takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va subyektlari, alohida tashkilotlar o'rtasidagi aloqalarni o‘z ichiga oladi. moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o‘rganishni taqozo etadi:

— savdo munosabatlari;


—investitsiyalar va kapitalning harakati;
—mamlakatlar to‘lov balanslarini boshqarish;
— hisob-kitoblarni amalga oshirish;
— moliya tashkilotlari faoliyati va boshqalar.
moliya munosabatlarining obyektiv asosini mehnat taqsimoti va jahon xo'jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi milliy iqtisodiyotlar yig‘indisidan iborat bo'lgan global iqtisodiy tizim bo‘lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning harakatiga muvofiq tarzda o‘zgarib boradi. moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo‘ladi: Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
— mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish;
  • ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global bozorlarini barpo etish;


  • jahon xo'jalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish;


— moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning qoidalarini universallashtirish;


—yirik ishlab chiqarishga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish.
Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy iqtisodiyotlarning mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi. moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi. Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o‘rin egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi. Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni kuchayishi, ya’ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli kompaniyalar va banklar faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali yuzaga keldi. Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun muayyan shart-sharoitlarning yaratilishi, xususan, savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda valuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim o‘rin tutadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning me’yoriy-huquqiy bazasini qabul etilishi. Mamlakatlar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarni jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimining tashkil qilinishi. Alohida olingan milliy iqtisodiyotning moliya munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko'rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin:
— eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi;
  • import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi;


  • tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylanmasi hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi.


Mazkur ko'rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin. Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan o‘zgarishlar moliya munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendensiyalarini belgilab berdi:


  • moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko‘p tomonlama munosabatlarga o‘tish;


  • jahon xo‘jaligida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;


  • savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko‘rsatish vositasiga aylanib borishi;


  • kapital migratsiyasining globallashuvi;


  • hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada kengayishi va jadallashuvi.


moliya munosabatlari rivojlanishida kapitalning harakati, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek, savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar ko‘rsatish, texnologiyalar sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda ishchi kuchi migratsiyasi moliya munosabatlarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishiga, moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadallashuviga imkon yaratdi Moliyaviy globallashuv sharoitida moliyaning vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:


milliy iqtisodiyotlarning yagona tizimga integratsiyalashuvini ta’minlash; savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashning oqilona harakatini tashkil etish; milliy iqtisodiyotlarni iqtisodiy va moliyaviy o‘zgarishlarga moslashtirish; mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida tavsiyalar berish. moliya munosabatlari tarkibiga aylanmaga kelib tushgan va iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezidentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida qo‘llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi kiritiladi. moliya quyidagilarga xizmat qiladi: birinchidan, turli mamlakat rezidentlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va o‘zaro hamkorlikka; ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar bilan yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlariga; uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining moliya bozorlaridagi operatsiyalarini tashkil etishga. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida moliya munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Bunda, avvalo mamlakatlar o'rtasidagi savdo munosabatlarining taraqqiy etishi alohida o‘rin tutmoqda. Ushbu holat o‘z navbatida valuta munosabatlari va hisob-kitoblarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


Yüklə 107,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə