Kapital bozori va uning shakllanish yo'nalishlari


Jahon moliya tizimida moliya bozorini tahlil qilishning ahamiyati



Yüklə 107,68 Kb.
səhifə8/10
tarix11.12.2023
ölçüsü107,68 Kb.
#145068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kapital bozori va uning shakllanish yo\'nalishlari-fayllar.org

Jahon moliya tizimida moliya bozorini tahlil qilishning ahamiyati
III.1. Jahon iqtisodiyotida moliya bozorining ahamiyati va uning xususiyatlari.
moliya – moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. moliya munosabatlari o’ziga valyuta munosabatlari, kredit munosabatlari, investitsiya munosabatlari, savdo munosabatlari, soliq munosabatlari, lizing munosabatlari, mamlakatlar to’lov balansini boshqarish, moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi. Globallashuv jarayoni – jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning oqimini rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xarakati moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlarning va moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlarini murakkablashuviga olib keldi. moliya doimiy o’zgaruvchan pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining o’zgarishini, moliya bozorlari, moliyaviy korporatsiyalar, bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. moliya tizimining asosiy ishtirokchilar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va rasmiy karzdorlar. moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi kuch hisoblanadi. moliya o’zida ob’ektiv asosga ega bo’lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. moliyaning moddiy asosi bo’lib mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan moliyaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari – import qilingan mahsulot va xizmatlarning to’lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo’ladi, shu boisdan mamlakatlar o’rtasidagi pul oqimlari xarakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit mablag’lari oqimi ham ikki tomonlama bo’lib hisoblanadi, bir tomondan qarzning berilishi bo’lsa boshqa tomondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to’lanishi namoyon bo’ladi. Shunday qilib, mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar o’rtasidagi xarakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi bir tomondan valyuta kurslari asosida ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi. Moliyaviy resurslar moliya tashkilotlari va institutlari faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Mazkur institutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilmaga ega bo’lib muayyan funktsiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umumlashgan (masalan, BMT byudjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun mo’ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslarning muayyan qismini darajada markazlashuvi jahon xo’jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi, bunday resurlarni shakllantirishning iqtisodiy shartsharoitlari bo’lib, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi loyiha va dasturlarni amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiroki, kredit va savdo munosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi. Shunday qilib, moliya – bu moliya bozori va institutlar tomonidan shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini o’z ichiga olgan moliyaviy resurslar xarakati asosida hosil bo’lgan munosabatlar tuzilmasi bo’yicha murakkab tizimdir. Mamlakat davlat moliyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni kelitirish mumkin: – bitta mamlakat xududidan chiqmaydi; – xorijiy sub’ektlarni jalb qilmaydi; – milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi; – mamlakat ichida amalga oshiradigan hisob-kitoblarni o’zida ifodalaydi. moliya esa turli xildagi jihatlarni o’rganadi. Bularga: – iqtisodiy kategoriya sifatida – moliyaviy resurslarning fondlari bo’lib, iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish asosida tashkil etilgan hamda ahamiyatga ega bo’lgan umumiy ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta’minlash uchun foydalaniladi. – institutsional jihatdan – bu banklar, valyuta va fond birjalari, moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari, va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalar majmui bo’lib ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining xarakati amalga oshiriladi. – iqtisodiy munosabat sifatida – bu, jahon bozorida kapital, xizmatlar, tovarlar xarakati vaqtida milliy mahsulotlarning qayta taqsimlanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko’rinishidagi munosabat. Davlatlararo va transmilliy moliya-kredit munosabatlarini o’z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi. moliyaning asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi: – taqsimlash funktsiyasi; – nazorat funktsiyasi; – takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan bog’liq tartibga solish funktsiyasi; barqarorlashtirish funktsiyasi Mazkur funktsiya jahon xo’jaligi tizimida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun barqaror sharoitni yaratishda namoyon bo’ladi. moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat: 1. Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari. 2. mehnat taqsimoti. 3. Iqtisodiy aloqalarning baynalmilallashuvi va globallashuvi. 4. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi. 5. Ilmiy-texnika taraqqiyoti; 6. moliya munosabatlarining ko’p tomonlama tartibga solish tizimini takomillashtirilishi; 7. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuvi. moliya jahon xo’jaligining aniqlovchi tizimlaridan biri hisoblanib, milliy va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta’sir ko’rsatadi.


Yüklə 107,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə