Kafedrasi fanidan mustaqil ishi


Rasmiy dilerlar (market-meykerlar)



Yüklə 151 Kb.
səhifə5/7
tarix13.12.2023
ölçüsü151 Kb.
#148986
1   2   3   4   5   6   7
Toshkent fond birjasi

3. Rasmiy dilerlar (market-meykerlar)
Birja listingiga kiruvchi qimmatli qog‘ozlarning doimiy kotirovkasini va ularning fond birjasidagi likvidligini ta’minlash uchun market-meykerlar tashkiloti faoliyat ko‘rsatadi. Rasmiy dilerlar birja tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari safidan tayinlanadi. Rasmiy diler maqomini olish uchun investitsiya muassasasi muayyan talablarga javob berishi, chunonchi: qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga, qimmatli qog‘ozlar bozorida kamida bir yil ish tajribasiga ega bo‘lishi; rasmiy dilerning birja zalida ish yurituvchi xodimlari «Toshkent» RFBning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarida maxsus o‘qitilishi va birja Malaka komissiyasining shahodatnomasiga ega bo‘lishi lozim.
Rasmiy diler listing korxonalarining qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun o‘z aktivlariga ega bo‘lishi kerak. Uning eng kam miqdori birjaning boshqaruvi tomonidan belgilanadi.
Listing maydonchasida operatsiyalar o‘tkazish uchun rasmiy diler qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat etish haqidagi guvohnoma asosida birjaning tegishli ro‘yxatga olish raqamini oladi. Bu raqam u berilgan kundan boshlab to taqvim yili tugagunga qadar amal qiladi.
Investisiya dilerlari sifatida investitsiya vositachilari, investitsiya kompaniyalari, aksiyadorlik-tijorat banklari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari ishtirok etishi mumkin.
Har yili yanvar oyi mobaynida birja dilerlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqadi va rasmiy ro‘yxatga yangi dilerlarni kiritish (kiritmaslik) yoki amaldagilarni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Quyidagi holatlarda birja investitsiya muassasasini rasmiy dilerlar ro‘yxatidan chiqarishi mumkin:

  • investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‘rsatish litsenziyasidan mahrum bo‘lish;

  • market-meyker to‘g‘risidagi nizom, birjaning ichki hujjatlari qoidalarining buzilishi;

  • davlat noziri diler tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqida hisobot bergan hollarda;

  • birja Malaka komissiyasining qaroriga ko‘ra.




Yüklə 151 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə