Kafedrasi fanidan mustaqil ishi



Yüklə 151 Kb.
səhifə1/7
tarix13.12.2023
ölçüsü151 Kb.
#148986
  1   2   3   4   5   6   7
Toshkent fond birjasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



_______________________________ KAFEDRASI
__________________________________ FANIDAN


MUSTAQIL ISHI
Moliya” yo’nalishi SMM-51 guruh


Talaba: Ro‘ziyev Muxiddin
Qabul qildi:_______________________________


Toshkent-2023 yil.

Toshkent Respublika fond birjasining (RFB) faoliyati


Reja:



1. «Toshkent» RFB bo‘limlari va ularning vazifalari
2. Broker va diler (market-meyker) larning faoliyati. Birjadagi brokerlik joyi
3. Rasmiy dilerlar (market-meykerlar)
4. Qimmatli qog‘ozlarning listing tadbirlari
1. «Toshkent» RFB bo‘limlari va ularning vazifalari
«Toshkent» Respublika fond birjasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilganligi tufayli uni boshqarish otganlarining tarkibi o‘ziga xos xususiyatga ega. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi boshqaruvning oliy organi hisoblanadi, bu faqat investitsiya muassasalari bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari oralig‘idagi davrda birjani boshqarish bilan Kuzatuv kengashi shug‘ullanadi. Kengashning a’zolari Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi. Birjaning joriy faoliyatini boshqarishni birja a’zolaridan tarkib topgan Boshqaruv amalga oshiradi, unga rais boshchilik qiladi. Boshqaruv faoliyatini tekshiruvchi organ Taftish komissiyasi bo‘lib, uning xulosalarisiz aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi Boshqaruvning yillik hisobotini tasdiqlash huquqiga ega emas.
«Toshkent» RFBning barcha funksional bo‘linmalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
Birinchi guruh – bu oddiy korxonalarga xos bo‘linmalardir. Bunga quyidagilar kiradi: ishlar boshqarmasi, birjaga to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar va to‘lovlarning o‘z yilida kelib tushishini nazorat qiluvchi hisob-kitob to‘lovining moliya boshqarmasi, huquqiy boshqarma, nashriyot xizmati, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash xizmati va tashqi aloqalar xizmati bilan axborot boshqarmasi. Mazkur bo‘linmalarning vazifalari barchaga ma’lum, ya’ni istalgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan bir xil.
Ikkinchi guruh – bu muayyan birja xususiyatlariga ega bo‘lgan faqat fond birjalariga xos bo‘lgan bo‘linmalar. Ularga quyidagilar kiradi:

  • savdolarni tayyorlash va o‘tkazish boshqarmasi – u savdolarni tashkil etishga doir amalga oshiriladigan butun chora-tadbirlar majmuasiga brokerlarni tenglashtirishdan tortib to ular tomonidan bitimlar tuzish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha operatsiyalarning to‘liq tugallanishigacha javob beradi. Unga quyidagilar kiradi: savdolarni tayyorlash va o‘tkazish xizmati, u savdolarni tayyorlash, tashkil etish va o‘tkazish ishlarining to‘liq jarayonini, ya’ni brokerlardan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga doir talabnomalarni qabul qilishdan tortib to maxsus dasturiy-texnik savdo majmuasi yordamida o‘tkaziladigan savdolarga xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi;

  • bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish xizmati – u birjada tuzilgan bitimlarni ro‘yxatga olish, savdo tadbirlarining yakunlovchi bosqichida ularning rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi;

  • XIFlar dasturiga xizmat ko‘rsatish, u maxsus kompyuter dasturidan foydalangan holda xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini XIFlarga sotish bo‘yicha elektron kimoshdi savdolarining o‘tkazilishini tashkil etishning o‘ziga xos vazifalarini amalga oshiradi;

  • aksiyadorlar, birja a’zolari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, u aksiyadorlar bilan ishlash, birjaga a’zolikni rasmiylashtirish, brokerlik idoralarini akkreditatsiyalash, ularning pasportlarini yuritish, tashkiliy talablarga rioya etishini nazorat qilish (brokerlarda shahodatnomalarning mavjudligi, a’zolik badallarining o‘z yilida to‘lanishi, yil davomida brokerlik joyidan foydalanish), brokerlik joylarining ijara shartnomalarini, birja a’zolarining tarkibidan chiqishni rasmiylashtirish vazifalarini amalga oshiradi, shuningdek, birjaning mintaqaviy sho‘ba korxonalari faoliyatini nazorat qiladi;

  • texnikaviy ta’minot boshqarmasi birja tizimlari xizmati, orgtexnikadan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish hamda aloqa xizmatidan tarkib topgan.

Birja tizimlari xizmati qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilishning amaldagi tizimi tegishlicha ishlashini ta’minlaydi, uning faoliyat ko‘rsatishini nazorat qiladi, takomillashuvi ustida ish olib boradi. Birja savdo tizimlarining rivojlanishini birjaning faoliyat ko‘rsatishining boshlang‘ich bosqichidan (u yilda savdolar bitta binoda «ovoz orqali» o‘tkazildi (1994–1995)), oraliq bosqichidan (unda savdolar «ovoz orqali», lekin selektor aloqasi orqali birjaning viloyatlardagi mintaqaviy bo‘linmalarini qo‘shish bilan (1995–1996)) boshlab to hozirgi bosqichgacha (unda savdolarning elektron tizimi mavjud bo‘lib, uning faoliyat ko‘rsatishi zamonaviy asbob-uskuna va aloqa vositalari, shu jumladan, yoidosh aloqasi bilan jihozlangan yagona savdo majmuasini ta’minlaydi) kuzatish mumkin.
Orgtexnikadan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish xizmati murakkab birja savdo tizimi hamda fond birjasining turli bo‘linmalarida mavjud bo‘lgan kompyuter parkini ta’minlaydi.
Aloqa xizmati ishining o‘ziga xosligi shundaki, aniq yil tizimida birja savdolarini o‘tkazishda birjaning markaziy savdo zali va respublika mintaqalarida joylashgan savdo maydonchalari o‘rtasida barqaror aloqa ta’minlanishi zarur. Yana shuni ta’kidlash joizki, savdo zalidagi avtomatlashtirilgan brokerlik joylari telefonlar bilan jihozlangan, ular orqali brokerlar savdolarning butun jarayoni davomida mijozlar bilan turli mavqelar bo‘yicha shartlarni aniqlashi mumkin.
Ekspert-kotirovka xizmati, tahliliy xizmat va metodologiya xizmatini o‘z ichiga olgan ekspert-tahliliy boshqarma tegishli ravishda qimmatli qog‘ozlar narxining birja kotirovkasi, qimmatli qog‘ozlari birja savdolarida kotirovka qilinayotgan yoki kotirovkaga taqdim qilingan emitentlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladi; o‘tgan savdolar haqida turli xil hisobotlar va ma’lumotlarni tayyorlash (birja aylanmalarini viloyatlar, tarmoqlar, uyushmalar, konsemlar, birlamchi hamda ikkilamchi bozorlar va shu kabilar bo‘yicha guruhlash) bilan bog‘liq ishlar majmuasini amalga oshiradi; yaqin va uzoq xorij fond birjalarining ish tajribalarini ham qonuniy, ham texnikaviy nuqtayi nazardan, shuningdek, uni mahalliy sharoitlarda qo‘llash imkoniyatlarini tadqiq qiladi.
Fond birjasining tarkibiy tuzilmalari qatorida komissiyalar alohida o‘rin tutadi. Ular, odatda, fond birjasining xodimlari – yuqori malakali, tajribali mutaxassislaridan tarkib topadi.
Ekspert-kotirovka komissiyasi qimmatli qog‘ozlarning birja savdolarida kotirovka qilinishiga ruxsat etilishi imkoniyatlarini aniqlaydi, listing, delisting, relisting va shu kabi tadbirlarni amalga oshiradi.
Malaka komissiyasi tegishli imtihonlarni o‘tkazish yo‘li bilan brokerlarga birja savdolarida qatnashish uchun ruxsat berish imkoniyatlarini aniqlaydi.
Nizolar bo‘yicha komissiya savdolarni o‘tkazish, bitimlarni ijro etish jarayonida brokerlar o‘rtasida, brokerlar va ularning mijozlari o‘rtasida, mijozlar va birjaning mutaxassislari o‘rtasida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarni hal etish bilan shug‘ullanadi.
Intizomiy komissiya birja savdosi qoidalari, ustav va birjaning boshqa asosiy hujjatlari buzg‘unchilarining aybdorlik darajasini aniqlaydi hamda tegishli jazolarni tayinlaydi, jazolarning ijro etilishini nazorat qiladi.
«Toshkent» Respublika fond birjasi respublikaning har bir viloyatida o‘zining sho‘ba bo‘linmasiga ega.
Broker – kontragentlar haqida turli xil axborotlarni olish, birja faoliyatining ayrim jihatlari bo‘yicha maslahatlar olish imkoniyatlari, zarur hujjatlardan nusxalar ko‘chirish, shartnomalarni to‘ldirish va rasmiylashtirish bo‘yicha birja xizmatlaridan foydalanish.
«Toshkent» RFBdagi brokerlik joyi noma’lum muddatga sotib olinadi, ya’ni brokerlik joyini sotib olib (bir karralik badalni to‘la gan holda) uning egasi birja tomonidan unga qo‘yiladigan talablarga rioya qilgan holda birja xizmatlaridan chegaralanmagan muddatda foydalanishi mumkin. Brokerlik joyiga egalik qilishning butun yili davomida birja a’zolari unchalik katta bo‘lmagan summadagi muntazam a’zolik badallari to‘lashadi. A’zolikning bunday tizimi brokerlar uchun juda tejamli sanaladi. Boshqa mamlakatlarda birjadagi a’zolikni saqlab turish uchun har ovda yoki har yili ramziy emas, balki juda katta miqdordagi badal to‘lanadi.



Yüklə 151 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə