K. A. Agzamov topografik anatomiyadan amaliy qo‘llanma prof. I. Q. Qosimxo‘jaуev



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə13/124
tarix27.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#162789
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124
Anatomiyadan amaliy-fayllar.org

Asosiy vena (v. basilica). Sulcus bicipitalis medialis dan biroz ichkariroqda n. cutenus antibrachii medialis bilan birga yelkaning
pastki va o‘rta qismi chegarasigacha yuzaki fastsiyaning ustidan o’tadi, so‘ngra ikkalasi ham xususiy fastsiyani teshib, shu fastsiyaning yelkaning o‘rta qismida ikkiga bo‘lingan oralig‘ida (Pirogov kanali) yotadi. Yelkaning yuqori qismida esa v. cephalika xususiy fastsiyaning ostiga o’tib, yelka venalarining biriga yoki v. axillaris ga ochiladi.

Yelka oldingi sohasining teri nervlari n. cutenus brachii medialis va intercostabrachialis ning (ichkaridan) hamda n. cutenus brachii lateralis (tashqaridan) n. axillaris ning tarmoqlaridir. Xususiy fastsiya ostida bukuvchi mushaklar (ichkari tomondan m. corocobrachialis va oldindan- m.m. biceps va brachialis) bilan asosiy qon tomirlar va nerv tutamlari (a.n.v.v.v. brachialis, n. medianus) yotadi. Bundan bir oz ichkariroqda v. basilika et n. cutaneus antibrachi medialis va bulardan yana ham ichkariroqda n. ulnaris o’tadi. Ikki boshli mushak bilan yelka mushagining orasida n. musculocutaneus yotadi. Yelka qon tomirlar va nerv tutamlarining umumiy joylanish topografiyasi uning ko‘ndalang kesimining yuqori, o‘rta va pastki 1/3 qismlarida quyidagicha bo‘ladi (5- rasm).


Yelkaning orqa sohasi (regio brachii posterior). Terisi oldingi yuzasiga qaraganda qalinroq, ammo harakatchan. Teri nervlari qo‘ltiq osti chuqurchasi nervlarining (cutenus brachii lateralis va n. cutenus brachii posterior) tarmoqlari hisoblanadi.
Xususiy fastsiya ostida bilak nervi bilan ta'minlangan uch boshli mushak yotadi. Bundan tashqari, bilakni yozishda qatnashadigan kichik tirsak mushagi (m.anconeus) ham shu sohaning pastki qismida yotadi. Uch boshli mushak ostidan yelkaning orqa chuqur qon tomirlari va nerv tutamlari (n. radialis va a. profinda brachii) o‘zining ikkita venasi bilan o’tadi. Yelkaning pastki uchligida bu qon tomirlar va nerv tutamlari yelkaning oldingi yotqichiga o’tadi.
Tirsak sohasi (regio cubiti). Buning chegarasi (shartli ravishda): yelka suyagining medial va lateral g‘adir - budur tepachalarini birlashtiradigan chiziqdan, ikki barmoq eni ustidan va ostidan o’tkazilgan ko‘ndalang chiziqlar o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Tepachalar orqali o’tkazilgan tik chiziqlar uni ikkita: oldingi va orqa sohalarga bo‘ladi.
Tashqi belgilari: ikki yon tomonda bilak suyagining medial va lateral g‘adir- budur do‘mboqchalari, orqadan tirsak suyagining tirsak o‘simtasi (olecranon) yaxshi bilinib turadi. Olekranon dan tashqarida, tashqi do‘mboqchadan taxminan 1 sm pastroqda, terida chuqurcha ko‘rinadi. Uning tubida bilak suyagining boshchasini paypaslab topish mumkin. Shu suyak boshchasining ustki yuzasida yelka suyagining bo‘g‘im yuzali boshchasi (capitulum humeri) paypaslanadi. Tirsak o‘simtasi bilan ichki g‘adir-budur do‘mboqcha oralig‘ida chuqur egatcha hosil bo‘ladi. Uning ichidan tirsak nervi o’tadi. Bilakni yozganda ikki boshli yelka mushagining payi yaxshi ko‘rinadi. Shu payning ostida yelka arteriyasining pulsini aniqlash mumkin. Tirsak sohasining tashqi tomonidan – v. cephalica, ichki tomonidan – v. basilica, o‘rtasida- v. mediana cubiti nomli teri osti venalari o’tadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə