K. A. Agzamov topografik anatomiyadan amaliy qo‘llanma prof. I. Q. Qosimxo‘jaуev



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə9/124
tarix27.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#162789
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124
Anatomiyadan amaliy-fayllar.org

Kurak sohasi (regio scapularis). Bu soha kurak suyagini qoplab turgan yumshoq to‘qimalarni o‘z ichiga oladi. Uning chegaralarini yuqoridan akromion o‘simtasini YII bo‘yin umurtqasining orqa o‘simtasi bilan birlashtiruvchi chiziq, pastdan – kurakni pastga qaragan burchagidan o’tkazilgan ko‘ndalang chiziq, ichkaridan – kurakni ichki qirrasidan o’tkazilgan to‘g‘ri chiziq, tashqaridan – akromion asosidan payga qarab o’tkazilgan to‘g‘ri chiziqlar tashkil qiladi. Kurakning baland qirrasi (spina scarularis) bu sohani ikkita: qirra usti va qirra osti chuqurchalar (fossa supraspinata уet fossa infraspinata) ga bo‘ladi.
Teri, teri osti yog‘ to‘qimasi va yupqa fastsiyadan so‘ng trapetsiyasimon (m. trapezius) va orqaning serbar (m. latissimus dorsi) mushaklari joylashadi. Ammmo bular kurakning butun yuzasini yopmay, qirra osti qismining tashqi tomonini ochiq qoldiradi.
Orqaning serbar va trapetsiyasimon mushaklari ostida kurak qirra osti va usti fastsiyasining varag‘i (fascia supra et infra spinata) yotadi. Bu varaqlar kurak orqa yuzasi bilan suyak - fibroz yopqichini hosil qilib, uning ichini mushaklar va yog‘ to‘qimalari to‘ldirib turadi. Qirra usti yopqichida qirra usti (m. surpaspinatus), qirra ostki yopqichida qirra osti (m. infraspinatus) joylashadi. Kurakning tashqi
qirrasidan kichik yumaloq (m.teres minor), pastki qirrasidan esa katta yumaloq (m. teres major) mushaklari boshlanadi.
Kurak sohasida ikkita qon tomirlar va nerv tutamlari bo‘lib (1 - rasm), bulardan birinchisi vasa suprascapularis (a.v.n. suprascarularis) bo‘lib, bular oldin m. suprasrinatum ostida joylashib, so‘ngra kurakning baland qirrasini aylanib o’tgach, baland qirra osti yopqichiga o’tadi va u уerda kurakni aylanib o’tuvchi arteriya (a.circumflexiae scapulae) tarmoqlari bilan tutashma hosil qiladi. Ikkinchi qon tomir va nerv tutamlari esa bo‘yin ko‘ndalang arteriyasining pastga tushuvchi shoxi va shu nomli vena hamda kurakning orqa nervlaridan hosil bo‘lib, kurakning ichki yuzasi bo‘ylab joylashadi. Bu arteriya kurak, sohasida arteriyalar anastomozini hosil qilishda qatnashib, qo‘ltiq osti arteriyasi bog‘langanda, kollateral qon aylanishi tiklanishida muhim vazifani o’taydi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə