|
Journal of new century innovationsJOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS60-67JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–27_Issue-6_April_2023
65
yoyildi. Shu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham
yuritiladi.
IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda
muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori deganda ham
iste’mol, ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi. Makro ko‘lamda milliy ishlab
chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o‘zgarishi
o‘rtasida bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim
davrlarda barqaror o‘sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun
yalpi talab - yalpi taklif (ADAS aggregate demand – aggregate supply) modelidan
foydalanamiz.
Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish
hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular o‘zgarishining
oqibatlarini o‘rganish uchun asosiy model bo‘lib hisoblanadi va boshqa bir qancha
modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida
davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab va yalpi taklif modelini
qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo‘lib, uning
xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o‘laroq bu
modelda narxlar darajasi va ish haqi o‘zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu
sababga ko‘ra tovar moddiy zahiralarining o‘sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy
muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning
oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur.
Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko‘p hollarda jami talab
nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning
o‘zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
makroiqtisodiy muvozanatga erishishning roli va ahamiyati benihoya kattadir.
Makroiqtisodiy muvozanat mamlakat iktisodiyotining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yo‘ldan
borayotganligini ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki, iqtisodiyotda
bo‘layotgan doimiy o‘zgarishlar xar qanday mamlakatni ham iqtisodiy muvozanatdan
chiqarib yuborishi mumkin.
Xulosa.
Iqtisodiy o‘sishninq natijasi jamiyat a’zolarini ta'minlovchi foydali real moddiy
ne’matlardir. Aynan ular iqtisodiy о‘sishning haqiqiy mezonidir. Ijtimoiy
taraqqiyotning oliy mezoni ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti darajasidir.
Mezonga iqtisodiy o‘sishni aniqlovchi ko‘rsatkichlar muvofiq kelishidir. Ular o‘z
navbatida statistika va dinamik hamda miqdor, sifat ko‘rsatkichlarga egadir.
|
|
|