Jobir Ahmedovning turli yillardagi savollari. 2002 yil. 1-savol



Yüklə 68,81 Kb.
səhifə7/45
tarix04.06.2022
ölçüsü68,81 Kb.
#88859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Jobir Ahmedovning turli yillardagi savollari. 2002 yil. 1-savol

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Javob
Javob: Tabaka.
50-savol: U qadimgi Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik materiallarga qaraganda, dastlab paypoq 
yoki boshmoq shaklida qamishdan to‘qib tayyorlangan, keyinchalik ilmoqli temir 
plastinkachalarni arqon yoki qayish bilan bog‘lab qo‘yilgan. U nima?
Javob: Taqa. 
51-savol: Bu butun jahonni o‘z qobiliyati va iste’dodi bilan zabt eta olgan buyuk ijodkor roppa 
rosa 56 yoshida, ya’ni o‘zining tug‘ilgan kunida vafot etgan. U kim?
Javob: Vilyam Shekspir.
52-savol: O’tmishda Yevropaning ayrim mamlakatlarida chopar orqali yetkazilgan xat-xabar 
shunday atalgan, hozirgi kunda esa bu so‘z bilan bir sport musobaqasi ataladi. Bu qaysi so‘z?
Javob: Estafeta.
53-savol: Bu so‘z frantsuzcha «darveshning kulbasi, hilvat joy» degan ma’nolarni anglatadi. 
Shahardan tashqarida qurilgan villa,atroflari bog‘li pavilonlarning nomi hisoblanadi. Bu so‘z 
bilan jahon madaniyati durdonalari bilan bog‘liq bir joy ataladi. Bu qanday nom? 
Javob: Ermitaj.
54-savol:Bu so‘zning ma’nosi «yo‘q joy, hayoliy joy», boshqa taxminlarga ko‘ra «farovon joy» 
degan ma’nolarni bildiradi. Bu ilmiy asoslab berilmagan, ideal ijtimoiy tuzum tasviridir. Bu qaysi 
so‘z?
Javob: Utopiya.
55-savol: G’arbiy Yevropada o‘rta asrlarda ritsarlarning xarbiy musobaqasi bo‘lib o‘tgan. Uning 
maqsadi – ritsarlarning jangovarlik qobiliyatlarini namoyish qilishdan iborat bo‘lgan. 16-asrga 
kelib ko‘pchilik mamlakatlarda barham topib ketgan. Ushbu musobaqa qanday nomlangan?
Javob: Turnir.
56-savol: 1492 yilning avgustida Ispaniya sohilidan Palos shahriga 3 ta yelkanli kema yo‘lga 
chiqdi. Bular: «Santa Mariya», «Ninya» va «Pinta» edi. Ularning kapitani kim bo‘lgan?
Javob: Xristofor Kolumb. 

57-savol: 
Ochiq dengiz Kolumb boshchiligidagi dengizchilarni cho‘chitardi, chunki ular 
avvallari faqat sohil bo‘ylab suzishardi. Shuning uchun ufqda yashil tasmani ko‘rishganida bexad 
sevinib ketishdi. Lekin u yer emas, balki u edi. Nima edi?
Javob: Yuzi qalin suvo‘tlar bilan qoplangan Sargasso dengizi edi. 
file:///E|/DOCUMENTS/zakovat.mtrk.uz/Savollar/Zakovat/jobir_ahmedov_savollari.html (7 of 62)11.01.2009 21:36:10 Jobir Ahmedovning turli yillardagi savollari 58-savol: Ilgaridan olimlar ushbu osmon jismlarini «ko‘rinadigan hech narsa» deb atashardi. 
Qaysi osmon jismlarini?

Yüklə 68,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə