Jobir Ahmedovning turli yillardagi savollari. 2002 yil. 1-savol


Javob: Viktoriya sharsharasi. 11-savol



Yüklə 68,81 Kb.
səhifə2/45
tarix04.06.2022
ölçüsü68,81 Kb.
#88859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Jobir Ahmedovning turli yillardagi savollari. 2002 yil. 1-savol

Javob: Viktoriya sharsharasi.
11-savol: Ular Zanjibarda uyning kishi diqqatini jalb etadigan asosiy va go‘zal qismidir. Ular 
boshqa san’at turlari kabi Zanjibar xalqining shon-shavkati hisoblanganidan uni oroldan 
tashqariga chiqarishmaydi. U nima?
Javob: Eshik. 
12-savol: Ular bamisoli «tirik konservalar». Ularni kemalarga to‘ldirib olib ketilaverganligining 
boisi ham shundadir. U nima?
Javob: Bahaybat toshbaqalar.
13-savol: Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Bu 
vulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada?
Javob: Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi.
14-savol: Tabiblar uni qanday ichish kerakligini yozishgan: «Bu ajoyib ichimlikni osoyishta ich, 
shundagina sen tanangga ozor beruvchi tashvishlarni yenga oladigan darajada o‘zingni tetik his 
etasan». Bu qaysi ichimlik?
Javob: Choy. 
15-savol: 
Rossiyaga u dastlab Mongoliyadan 1638 yilda dori sifatida yuborilgan; Rossiyada uni 
iste’mol qilish XVIII asr o‘rtalaridan boshlab odat tusiga kirgan. U nima?
Javob: Choy.
16-savol: Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, 
qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim 
file:///E|/DOCUMENTS/zakovat.mtrk.uz/Savollar/Zakovat/jobir_ahmedov_savollari.html (2 of 62)11.01.2009 21:36:10 Jobir Ahmedovning turli yillardagi savollari viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?
Javob: Xurmo.
17-savol: Uning vatani Bengaliya hisoblanadi. E.av. 327 yilda Iskandar Zulqarnayn Hindistonga 
yurish qilgan paytlarida uni «arisiz asal» deb atagan. U nima?
Javob: Shakarqamish.
18-savol: «Fil sichqondan qo‘rqadi, chunki sichqon filning hartumiga kirib ketarmish» deyishadi. 
Bu noto‘g‘ri. Fil hartumiga sichqon kirishidan qo‘rqmaydi. Mabodo sichqon filning hartumiga 
kirgudek bo‘lsa, uni chirpirak qilib puflab yuboradi. Lekin «fil sichqondan qo‘rqadi» degan 
iboraning zamirida haqiqat bor. Bu haqiqat nimadan iborat?
Javob: Sichqon va kalamushlarning narsalarni qitirlatib kemirishi filni asbiylashtirib yuboradi
jazavasini qo‘zg‘otadi va shuning uchun fil o‘sha yerdan qochishga harakat qiladi.
19-savol: Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar 
ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin 
tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar 
arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi 
va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda 
hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?

Yüklə 68,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə